TGViewer
Channel Public Channel
Oliy sud | Rasmiy kanal

Oliy sud | Rasmiy kanal

@oliysuduz

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy kanali

_________

Официальный канал Верховного суда Республики Узбекистан

https://www.instagram.com/oliysud.uz/
Subscribers
18.5K
Photos
32.2K
Videos
15.5K
Links
29.1K
Recent Posts 20 shown
Post #52638 2.29K
Toshkent viloyat sudida yerga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni ko'rishda qonunchilik normalarini to'g'ri qo'llash va sohada yagona sud amaliyotini shakllantirish masalalariga bag'ishlangan seminar o'tkazildi

Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
Post #52637 2.2K
BAXMALDA SAYYOR SUD MAJLISI: SAKKIZTA OILA YARASHTIRILDI

Jinoyat ishlari bo'yicha Baxmal tuman sudining sudyasi I. Muhammedova raisligida sayyor sud majlisi o'tkazilib, oilaviy nizo oqibatida sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar ko'rib chiqildi.

Sud majlisida olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 8 ta oila yarashganligi munosabati bilan ma'muriy ishlarni yuritish tugatildi.

Sayyor sud davomida sudya tomonidan mazkur oilalarga kelgusida qayta huquqbuzarlik sodir etmaslik va nizolarga yo'l qo'ymaslik bo'yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
Post #52636 2.65K
SUIISTE'MOL QILINGAN ISHONCH

Mamlakatimizda keyingi yillarda korrupsiyaga qarshi qat'iyat bilan kurash olib borilmoqda. Bu borada yosh avlodni ushbu illatga nisbatan murosasiz, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Xususan, ilk konstitusiyaviy bilimlar va huquqiy tushunchalar ta'limning dastlabki bo'g'ini hisoblangan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolajonlar ongiga singdirilmoqda.

Afsuski, Yangibozor tumanidagi 15-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mudirasi Shoira Ro'zimbetova (ism-shariflar o'zgartirildi) o'zining shaxsiy manfaatini o'yladiyu, ammo qo'l urgan qilmishi qora dog' bo'lib tushishini xayoliga keltirmadi.

Gap shundaki, Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 6 yanvardagi “Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog'lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida bog'cha tarbiyalanuvchilarini autsorsing usulida sog'lom ovqatlantirishni tashkil etish belgilangan. Autsorsing xizmatini ko'rsatuvchi tadbirkorlik sub'ekti esa, tender tanlovi asosida aniqlanadi.

Mazkur Nizomda qayd etilishicha, taomnoma har 10 kunda maktabgacha ta'lim tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi. Autsorser, ya'ni tadbirkor tasdiqlangan taomnoma hamda hisob-varaq fakturalarini tuman, shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga taqdim etgach, unga haq to'lanadi.

Xullas, 2025 yil avgust oyida Yangibozor tumanida o'tkazilgan tender tanlovida “Smart meat shop” mas'uliyati cheklangan jamiyat tumandagi boshqa muassasalar singari 15-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga xizmat ko'rsatish bo'yicha ham g'olib deb topiladi. Binobarin, tadbirkor belgilangan talablar bo'yicha xizmat ko'rsatishni boshlaydi. Ammo bog'cha mudirasi Shoira Ro'zimbetova avvaliga taomnomani tasdiqlashni paysalga soladi-yu, keyin imzolab beradi.

Hash-pash deguncha kunlar o'tib, sentabr oyi ham oxirlaydi. Shunda mudira “Smart meat shop” mas'uliyati cheklangan jamiyat vakili Q. Quljonovga masalani ko'ndalang qo'yadi.

👉 Batafsil

Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
Post #52629 3.32K
❗️Hal qiluv qarorining sudya tomonidan imzolanmaganligi yoxud hal qiluv qarorida ko'rsatilganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolanganligi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini har qanday holda bekor qilish uchun asos bo'ladi.

🔹Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2023 yil 7 dekabrdagi hal qiluv qarori bilan da'vogar - “United trade system” mas'uliyati cheklangan jamiyati bankrot deb topilib, tugatishga doir ish yuritish boshlangan va tugatish (sud) boshqaruvchisi etib F. Niyazmetov tayinlangan.

🔹Tugatishga doir ish yuritish jarayonida, da'vogarga xizmat ko'rsatuvchi bankdan olingan bank aylanmasiga ko'ra, da'vogarning bank hisob raqami orqali javobgar - “Dadajon-Asilbek” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga pul mablag'i o'tkazilganligi, biroq, javobgar da'vogarga mahsulotni qisman yetkazib, qolgan 3 997 451 000 so'mlik maishiy texnika mollari yetkazib berilmaganligi aniqlangan.

🔹Shu sababli, da'vogar sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgardan 3 997 451 000 so'm asosiy qarzni undirishni so'ragan.

Birinchi instansiya sudining 2025 yil 17 noyabrdagi hal qiluv qarori bilan da'voni qanoatlantirish rad etilgan.

Apellyatsiya instansiyasi sudining 2025 yil 23 dekabrdagi qarori bilan hal qiluv qarori o'zgarishsiz qoldirilgan.

Taftish instansiyasi sudining 2026 yil 16 martdagi qarori bilan sud qarorlari o'zgarishsiz qoldirilgan.


📌Iqtisodiy protsessual kodeksining 302-moddasi 4-qismi 4-bandiga ko'ra, hal qiluv qarorining sudya tomonidan imzolanmaganligi yoxud hal qiluv qarorida ko'rsatilganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolanganligi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini har qanday holda bekor qilish uchun asos bo'ladi.

Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, apellyatsiya instansiyasi sudida ma'ruzachi sudya S. Q. bo'lgan hamda u apellyasiya instansiyasi sudining qarorini imzolagan. Shuningdek taftish instansiyasi sudida ma'ruzachi sudya M. F. bo'lgan, biroq taftish instansiyasi sudining qarorini M. F. emas balki S. Q. imzolagan.


📌Iqtisodiy protsessual kodeksining 324-7-moddasi 1-qismi 6-bandiga asosan ishni taftish tartibida ko'radigan sud ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish bo'yicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini o'z kuchida qoldirishga haqli.

✅Shu bois sudlov hay'ati qaror boshqa sudya tomonidan imzolanganligi hamda shu bilan protsessual qonunbuzilishga yo'l qo'yilganligini inobatga olib, taftish instansiyasi sudining qarorini bekor qilishni lozim topgan.

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'ati tomonidan 2026 yilning birinchi yarmida taftish tartibida ko'rilgan ishlar bo'yicha sud amaliyoti obzoridan

Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
Post #52627 5.62K
❗️Ayni paytda Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazining server qurilmalarida takomillashtirish ishlari amalga oshirilayotganligi sababli Oliy sudnig Interaktiv xizmatlar portalida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkinligi ma’lum qilinadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so'raymiz.

Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
Post #52625 3.69K
Xorazm viloyati sudlari | Rasmiy kanal TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT Xorazm viloyat sudlarining tashabbusi bilan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish va yechimiga ko‘maklashish maqsadida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot…
Xorazm viloyat sudlarining tashabbusi bilan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish va yechimiga ko‘maklashish maqsadida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
Post #52624 3.62K
❗️Iqtisodiy sudning ayni bir shaxslar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo'lsa, sud ish yuritishni tugatadi.

🔹Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi da'vogar - “Samarqand suv ta'minoti” AJ manfaatida sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilib, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi 194-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Iste'molchilarga suv ta'minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari ko'rsatish qoidalari”ga rioya etilishi yuzasidan rasmiylashtirilgan 2022 yil 4 fevraldagi 00019051-sonli dalolatnomaga ko'ra, javobgar - “ROFEEV” MCHJ suv ta'minotiga D-20 mm. li plastmassa quvur (ichki D-15 mm. li) orqali ulanib, suv o'lchagich asbobini davlat qiyoslov ko'rigi muddati o'tganligi aniqlanganligini asos qilib, javobgardan qoida buzilishi natijasida suv va oqava sarfi uchun hisoblangan 86 621 327 so'm undirishni so'ragan.

Birinchi instansiya sudining 2025 yil 18 fevraldagi hal qiluv qarori bilan da'vo qisman qanoatlantirilgan. Javobgardan da'vogar foydasiga 5 958 264 so'm undirilgan, da'voning 67 797 288 so'm undirish qismini qanoatlantirish rad etilgan.

Apellyatsiya instansiyasi sudining 2025 yil 22 apreldagi qarori bilan hal qiluv qarori o'zgarishsiz qoldirilgan.

Taftish instansiyasi sudining 2025 yil 9 oktyabrdagi qarori bilan sud qarorlari o'zgarishsiz qoldirilgan.


📌Aniqlanishicha, sudlar tomonidan da'vo talabining 27 367 470 so'm undirish qismi mazmunan ko'rilib, prosessual xatolikka yo'l qo'yilgan.

Chunki, 4-1401-2402/975-sonli iqtisodiy ish yuzasidan ayni bir shaxslar o'rtasidagi, ayni bir predmet yuzasidan qabul qilingan Samarqand shahar iqtisodiy sudining 2024 yil 4 iyundagi hal qiluv qarori bilan javobgarning 2022 yil 21 sentyabrdagi murojaatiga asosan suvoqova xodimi va iste'molchi vakili ishtirokida 2022 yil 23 sentyabrda rasmiylashtirilgan 00027924-sonli dalolatnoma-ko'rsatmada suvni hisobga olish asbobi qabul qilinganligi hamda 2022 yil 4 fevraldagi 00019051-sonli dalolatnoma-ko'rsatma o'z vaqtida bajarilmaganligi qayd etilganligi, javobgarga tegishli bo'lgan suvni hisobga olish asbobi plombasi yechilgan vaqtidan boshlab plombalanib, qayta qo'yilgungacha 30 kalendar kundan oshganligi, shuning uchun da'vo arizasida Qoidalarning 70, 76, 78-bandiga muvofiq javobgarga nisbatan qayta hisob-kitob natijasida 92 kunga D-15 mm = 40,5 m3 x 92 kun x 7 345 so'm = 27 367 470 so'm to'lov hisoblanib, undirish so'ralganligi aniqlangan. Javobgar Qoidalarning ushbu bandlarda nazarda tutilgan qoidabuzarlikni sodir etgan deb topilib, qoidabuzarlik uchun qayta hisob-kitob qilinganda ham formuladagi N-suv tarmog'idagi bosim miqdori 0,1 atm. dan kelib chiqib hisoblangan va javobgardan da'vogar foydasiga 27 367 470 so'm undirilgan.


🔹Iqtisodiy protsessual kodeksining 110-moddasi 2-bandiga ko'ra, iqtisodiy sudning ayni bir shaxslar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo'lsa, sud ish yuritishni tugatadi.

✅Shu bois sudlov hay'ati sud qarorlarining 27 367 470 so'm undirish haqidagi da'vo talabini qanoatlantirishni rad etish qismini bekor qilib, ushbu talab bo'yicha ish yuritishni tugatish haqida yangi qaror qabul qilishni lozim topgan.

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'ati tomonidan 2026 yilning birinchi yarmida taftish tartibida ko'rilgan ishlar bo'yicha sud amaliyoti obzoridan

Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
Post #52623 2.72K
Jinoyat ishlari bo'yicha Qarshi shahar sudida Jinoyat kodeksning 167-moddasi (o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan erkakka oid jinoyat ishi ko'rib chiqildi. Natijada...

Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
Older posts →

About this channel

How can I read @oliysuduz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Oliy sud | Rasmiy kanal: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Oliy sud | Rasmiy kanal have?
Oliy sud | Rasmiy kanal (@oliysuduz) has 18.5K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Oliy sud | Rasmiy kanal know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →