SUIISTE'MOL QILINGAN ISHONCH
Mamlakatimizda keyingi yillarda korrupsiyaga qarshi qat'iyat bilan kurash olib borilmoqda. Bu borada yosh avlodni ushbu illatga nisbatan murosasiz, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Xususan, ilk konstitusiyaviy bilimlar va huquqiy tushunchalar ta'limning dastlabki bo'g'ini hisoblangan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolajonlar ongiga singdirilmoqda.
Afsuski, Yangibozor tumanidagi 15-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mudirasi Shoira Ro'zimbetova (ism-shariflar o'zgartirildi) o'zining shaxsiy manfaatini o'yladiyu, ammo qo'l urgan qilmishi qora dog' bo'lib tushishini xayoliga keltirmadi.
Gap shundaki, Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 6 yanvardagi “Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog'lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida bog'cha tarbiyalanuvchilarini autsorsing usulida sog'lom ovqatlantirishni tashkil etish belgilangan. Autsorsing xizmatini ko'rsatuvchi tadbirkorlik sub'ekti esa, tender tanlovi asosida aniqlanadi.
Mazkur Nizomda qayd etilishicha, taomnoma har 10 kunda maktabgacha ta'lim tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi. Autsorser, ya'ni tadbirkor tasdiqlangan taomnoma hamda hisob-varaq fakturalarini tuman, shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga taqdim etgach, unga haq to'lanadi.
Xullas, 2025 yil avgust oyida Yangibozor tumanida o'tkazilgan tender tanlovida “Smart meat shop” mas'uliyati cheklangan jamiyat tumandagi boshqa muassasalar singari 15-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga xizmat ko'rsatish bo'yicha ham g'olib deb topiladi. Binobarin, tadbirkor belgilangan talablar bo'yicha xizmat ko'rsatishni boshlaydi. Ammo bog'cha mudirasi Shoira Ro'zimbetova avvaliga taomnomani tasdiqlashni paysalga soladi-yu, keyin imzolab beradi.
Hash-pash deguncha kunlar o'tib, sentabr oyi ham oxirlaydi. Shunda mudira “Smart meat shop” mas'uliyati cheklangan jamiyat vakili Q. Quljonovga masalani ko'ndalang qo'yadi.
👉 Batafsil
Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
Post #52636
2.69K