TGViewer
Oliy sud | Rasmiy kanal Oliy sud | Rasmiy kanal @oliysuduz · 18.5K subscribers
Post #52629 3.46K
❗️Hal qiluv qarorining sudya tomonidan imzolanmaganligi yoxud hal qiluv qarorida ko'rsatilganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolanganligi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini har qanday holda bekor qilish uchun asos bo'ladi.

🔹Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2023 yil 7 dekabrdagi hal qiluv qarori bilan da'vogar - “United trade system” mas'uliyati cheklangan jamiyati bankrot deb topilib, tugatishga doir ish yuritish boshlangan va tugatish (sud) boshqaruvchisi etib F. Niyazmetov tayinlangan.

🔹Tugatishga doir ish yuritish jarayonida, da'vogarga xizmat ko'rsatuvchi bankdan olingan bank aylanmasiga ko'ra, da'vogarning bank hisob raqami orqali javobgar - “Dadajon-Asilbek” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga pul mablag'i o'tkazilganligi, biroq, javobgar da'vogarga mahsulotni qisman yetkazib, qolgan 3 997 451 000 so'mlik maishiy texnika mollari yetkazib berilmaganligi aniqlangan.

🔹Shu sababli, da'vogar sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgardan 3 997 451 000 so'm asosiy qarzni undirishni so'ragan.

Birinchi instansiya sudining 2025 yil 17 noyabrdagi hal qiluv qarori bilan da'voni qanoatlantirish rad etilgan.

Apellyatsiya instansiyasi sudining 2025 yil 23 dekabrdagi qarori bilan hal qiluv qarori o'zgarishsiz qoldirilgan.

Taftish instansiyasi sudining 2026 yil 16 martdagi qarori bilan sud qarorlari o'zgarishsiz qoldirilgan.


📌Iqtisodiy protsessual kodeksining 302-moddasi 4-qismi 4-bandiga ko'ra, hal qiluv qarorining sudya tomonidan imzolanmaganligi yoxud hal qiluv qarorida ko'rsatilganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolanganligi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini har qanday holda bekor qilish uchun asos bo'ladi.

Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, apellyatsiya instansiyasi sudida ma'ruzachi sudya S. Q. bo'lgan hamda u apellyasiya instansiyasi sudining qarorini imzolagan. Shuningdek taftish instansiyasi sudida ma'ruzachi sudya M. F. bo'lgan, biroq taftish instansiyasi sudining qarorini M. F. emas balki S. Q. imzolagan.


📌Iqtisodiy protsessual kodeksining 324-7-moddasi 1-qismi 6-bandiga asosan ishni taftish tartibida ko'radigan sud ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish bo'yicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini o'z kuchida qoldirishga haqli.

✅Shu bois sudlov hay'ati qaror boshqa sudya tomonidan imzolanganligi hamda shu bilan protsessual qonunbuzilishga yo'l qo'yilganligini inobatga olib, taftish instansiyasi sudining qarorini bekor qilishni lozim topgan.

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'ati tomonidan 2026 yilning birinchi yarmida taftish tartibida ko'rilgan ishlar bo'yicha sud amaliyoti obzoridan

Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
More from @oliysuduz
  1. Oct 13, 2026E'TIBOR VA YECHIM Qashqadaryo viloyat sudida fuqarolarning murojaatlariga qanday e'tibor q…
  2. Oct 13, 2026❗️Vakil arz qilingan talabning asosini yoki predmetini o'zgartirishga vakolati ishonchnoma…
  3. Oct 13, 2026#IQTIBOS Adolat va qonuniylik xalq va mamlakat xotirjamligining asosidir Alisher Navoiy Ve…
  4. Oct 12, 2026Samarqand viloyat sudining mutasaddilari tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi Veb-say…
  5. Oct 12, 2026O'z tanishini qasddan o'ldirgan erkak 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi Veb-sayt I…
  6. Oct 12, 2026Jizzax viloyati sudlari tashabbusi bilan tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotdan r…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →