🔹Arizachi tuman hokimligi sudga javobgar - Davlat kadastrlari palatasi boshqarmasining “A” AJ nomiga 2019-yil 7-noyabrda va 2021-yil 26-oktabrda rasmiylashtirilgan kadastr hujjatlarining 0,5 ga qismini haqiqiy emas deb topish haqida ariza bilan murojaat qilgan.
🔹Birinchi instansiya sudida ishni ko'rish jarayonida arizachining vakili “B” talabni o'zgartirib, 2021-yilda uchinchi shaxs nomiga rasmiylashtirilgan ko'chmas mulk ob'ektlariga bo'lgan huquqning 3 690 kv. m qismini haqiqiy emas deb topishni so'ragan.
🔹Sudning ajrimi bilan talab o'zgartirilganligi qabul qilingan va ishni ko'rish natijasi bo'yicha arizani qanoatlantirish haqida hal qiluv qarori qabul qilingan. Ushbu hal qiluv qarori yuqori instansiyalarda o'zgarishsiz qoldirilgan.
Arizachi tomondan vakilga berilgan ishonchnomada Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeksning 62-moddasi 2-qismiga muvofiq arz qilingan talabning asosini yoki predmetini o'zgartirish vakolati maxsus ko'rsatilmay, “qonunda taqiqlanmagan barcha prosessual harakatlarni amalga oshirilishiga vakolat berilgan holda” ishda tuman hokimligining vakili sifatida ishtirok etishga vakolat berilganligi ko'rsatilgan bo'lgan.
📌Bunday holatda, sudlar, arizachi vakili “B”ning talabni o'zgartirishga vakolati bo'lmagan bo'lsa-da, ariza talabi o'zgartirilganligini qabul qilib, prosessual huquq normalarini buzganlar.
✅Shu sababli, Oliy sud Ma'muriy ishlar bo'yicha sudlov hay'atining qarori bilan sud qarorlari bekor qilinib, ish yangidan ko'rish uchun apellyasiya instansiyasi sudiga yuborilgan.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma'muriy ishlar bo'yicha sudlov hay'ati tomonidan 2026 yilning birinchi yarmida taftish tartibida ko'rilgan ishlar bo'yicha sud amaliyoti obzoridan
Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube