TGViewer
Oliy sud | Rasmiy kanal Oliy sud | Rasmiy kanal @oliysuduz · 18.5K subscribers
Post #52650 1.86K
12 YILDAN SO'NG OQLANGAN INSPEKTOR SUD QARORI BILAN ISHGA TIKLANDI

Mamlakatimiz sud-huquq tizimida izchillik bilan amalga oshirilayotgan yangilanish va o'zgarishlar jarayoni amalda kutilgan samaralarni bermoqda. Buni muqaddam nohaq sudlangan shaxslarning oqlanishi hamda o'z ishiga tiklanayotgani misolida ham yaqqol ko'rish mumkin.

Shu o'rinda fikrimizning isboti tariqasida bir fuqarolik ishiga e'tibor qaratsak, Husan Nig'matov 2009 yil may oyidan 2013 yilning fevral oyiga qadar bojxona idoralarida turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan. Aniqrog'i, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Navoiy” chegara bojxona postining “Yuklarni bojxona ko'rigidan o'tkazish, ro'yxatga olish va rasmiylashtirish guruhi inspektori” lavozimida xizmat qilgan. Albatta, bu davr mobaynida H. Nig'matov zimmasiga yuklatilgan vazifalarni belgilangan talablar asosida bajargan.

Ammo 2014 yilda uning boshiga jiddiy tashvish tushadi: jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent viloyati sudining 2014 yil 19 noyabrdagi hukmiga binoan Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 210-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari bilan aybdor deb topilib, 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi.

Buning ustiga hali sud hukmi e'lon qilinmay turib, tergov jarayonidayoq egallab turgan lavozimidan ozod qilinadi. Vaholanki, “Davlat bojxona xizmati to'g'risida”gi qonunning 17-moddasida “Bojxona organi xodimini egallab turgan lavozimidan chetlashtirish haqida jinoyat ishi bo'yicha sud qarori chiqarilganida u egallab turgan lavozimidan ozod etiladi va avvalgi xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog'liq bo'lmagan quyi yoki teng lavozimga tayinlanadi yoxud bojxona organlari ixtiyorida qoldiriladi” deya qayd etilgan. Shunga qaramay, sobiq inspektor 2017 yil 7 dekabrga qadar ozodlikdan mahrum qilish jazosini o'tagan. Ammo...

👉 Batafsil

Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
More from @oliysuduz
  1. Oct 13, 2026SUDYA TUSHUNTIRADI Xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi qa…
  2. Oct 13, 2026Jinoyat ishlari bo'yicha Baxmal tuman sudi tashabbusi bilan oilaviy qadriyatlarni mustahka…
  3. Oct 13, 2026Fuqarolik ishlari bo'yicha Qarshi, Kasbi, Koson tumanlararo sudlari, jinoyat ishlari bo'yi…
  4. Oct 13, 2026Surxondaryo viloyat sudi tomonidan tadbirkor huquqlarini himoya qilish va sud xizmatlarini…
  5. Oct 13, 2026SUDYA TÚSINDIREDI Shaxstıń ayıbın moyınlawı húkim shıǵarıw ushın jeterli me? Jınayat isler…
  6. Oct 13, 2026Toshkent viloyat sudida tadbirkorlik subektlari o'rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish,…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →