TGViewer
Oliy sud | Rasmiy kanal Oliy sud | Rasmiy kanal @oliysuduz · 18.5K subscribers
Post #52624 3.68K
❗️Iqtisodiy sudning ayni bir shaxslar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo'lsa, sud ish yuritishni tugatadi.

🔹Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi da'vogar - “Samarqand suv ta'minoti” AJ manfaatida sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilib, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi 194-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Iste'molchilarga suv ta'minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari ko'rsatish qoidalari”ga rioya etilishi yuzasidan rasmiylashtirilgan 2022 yil 4 fevraldagi 00019051-sonli dalolatnomaga ko'ra, javobgar - “ROFEEV” MCHJ suv ta'minotiga D-20 mm. li plastmassa quvur (ichki D-15 mm. li) orqali ulanib, suv o'lchagich asbobini davlat qiyoslov ko'rigi muddati o'tganligi aniqlanganligini asos qilib, javobgardan qoida buzilishi natijasida suv va oqava sarfi uchun hisoblangan 86 621 327 so'm undirishni so'ragan.

Birinchi instansiya sudining 2025 yil 18 fevraldagi hal qiluv qarori bilan da'vo qisman qanoatlantirilgan. Javobgardan da'vogar foydasiga 5 958 264 so'm undirilgan, da'voning 67 797 288 so'm undirish qismini qanoatlantirish rad etilgan.

Apellyatsiya instansiyasi sudining 2025 yil 22 apreldagi qarori bilan hal qiluv qarori o'zgarishsiz qoldirilgan.

Taftish instansiyasi sudining 2025 yil 9 oktyabrdagi qarori bilan sud qarorlari o'zgarishsiz qoldirilgan.


📌Aniqlanishicha, sudlar tomonidan da'vo talabining 27 367 470 so'm undirish qismi mazmunan ko'rilib, prosessual xatolikka yo'l qo'yilgan.

Chunki, 4-1401-2402/975-sonli iqtisodiy ish yuzasidan ayni bir shaxslar o'rtasidagi, ayni bir predmet yuzasidan qabul qilingan Samarqand shahar iqtisodiy sudining 2024 yil 4 iyundagi hal qiluv qarori bilan javobgarning 2022 yil 21 sentyabrdagi murojaatiga asosan suvoqova xodimi va iste'molchi vakili ishtirokida 2022 yil 23 sentyabrda rasmiylashtirilgan 00027924-sonli dalolatnoma-ko'rsatmada suvni hisobga olish asbobi qabul qilinganligi hamda 2022 yil 4 fevraldagi 00019051-sonli dalolatnoma-ko'rsatma o'z vaqtida bajarilmaganligi qayd etilganligi, javobgarga tegishli bo'lgan suvni hisobga olish asbobi plombasi yechilgan vaqtidan boshlab plombalanib, qayta qo'yilgungacha 30 kalendar kundan oshganligi, shuning uchun da'vo arizasida Qoidalarning 70, 76, 78-bandiga muvofiq javobgarga nisbatan qayta hisob-kitob natijasida 92 kunga D-15 mm = 40,5 m3 x 92 kun x 7 345 so'm = 27 367 470 so'm to'lov hisoblanib, undirish so'ralganligi aniqlangan. Javobgar Qoidalarning ushbu bandlarda nazarda tutilgan qoidabuzarlikni sodir etgan deb topilib, qoidabuzarlik uchun qayta hisob-kitob qilinganda ham formuladagi N-suv tarmog'idagi bosim miqdori 0,1 atm. dan kelib chiqib hisoblangan va javobgardan da'vogar foydasiga 27 367 470 so'm undirilgan.


🔹Iqtisodiy protsessual kodeksining 110-moddasi 2-bandiga ko'ra, iqtisodiy sudning ayni bir shaxslar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo'lsa, sud ish yuritishni tugatadi.

✅Shu bois sudlov hay'ati sud qarorlarining 27 367 470 so'm undirish haqidagi da'vo talabini qanoatlantirishni rad etish qismini bekor qilib, ushbu talab bo'yicha ish yuritishni tugatish haqida yangi qaror qabul qilishni lozim topgan.

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'ati tomonidan 2026 yilning birinchi yarmida taftish tartibida ko'rilgan ishlar bo'yicha sud amaliyoti obzoridan

Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
More from @oliysuduz
  1. Oct 13, 2026SUDYA TÚSINDIREDI Shaxstıń ayıbın moyınlawı húkim shıǵarıw ushın jeterli me? Jınayat isler…
  2. Oct 13, 2026Toshkent viloyat sudida tadbirkorlik subektlari o'rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish,…
  3. Oct 13, 2026Sud-huquq tizimidagi yangilanishlar samarasi Oliy sud raisi Robaxon Maxmudova bilan ekskly…
  4. Oct 13, 2026E'TIBOR VA YECHIM Qashqadaryo viloyat sudida fuqarolarning murojaatlariga qanday e'tibor q…
  5. Oct 13, 2026❗️Vakil arz qilingan talabning asosini yoki predmetini o'zgartirishga vakolati ishonchnoma…
  6. Oct 13, 2026#IQTIBOS Adolat va qonuniylik xalq va mamlakat xotirjamligining asosidir Alisher Navoiy Ve…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →