TGViewer
O'zMU | Rasmiy kanal O'zMU | Rasmiy kanal @nuu_uz · 16.3K subscribers
Post #30821 3.15K
O'zbekiston Milliy universiteti magistranti “Til bilimdonlari” respublika tanlovi g‘olibi bo'ldi


16-oktabr kuni Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” va “Til bilimdonlari” tanlovlari hamda yana bir qator respublika tanlovlarining g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etildi.

Tadbirda oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Til bilimdonlari” respublika tanlovi g‘oliblari ham e’lon qilinib, tantanali taqdirlandi. Quvonarlisi, O'zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika va o'zbek filologiyasi fakulteti magistranti Komila Tuxtasinova 2-o'rinni qo'lga kiritdi.

🥇1-o‘rin: Akbarali Mexmanov – Namangan davlat universiteti talabasi;
🥈2-o‘rin: Komila Tuxtasinova – O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti;
🥉3-o‘rin: Farangiz Abdurahmonova – Termiz davlat universiteti talabasi;
🔹4-o‘rin: Mohibonu Sanakulova – Navoiy davlat universiteti magistranti va Mushtariybonu Olimova – Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi;
🔹5-o‘rin: Dilruh Hayitova – Buxoro davlat pedagogika instituti magistranti va Dilnoza Boymurodova – Jizzax davlat pedagogika universiteti magistranti.

G‘oliblar Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan diplom va 1-o‘rin uchun 8 mln, 2-o‘rin uchun 6 mln, 3-o‘rin uchun 5 mln, 4-o‘rin uchun 3 mln va 5-o‘rin uchun 2 mln so‘mlik vaucherlar bilan taqdirlandi. Shuningdek, final bosqichida faollik ko‘rsatgan 7 nafar ishtirokchiga vazirlikning faxriy yorliqlari topshirildi.


Taqdirlash marosimida “Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovi, “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovi hamda “Women in science” maqolalar tanlovi g‘oliblari ham tantanali taqdirlandi.

Ma'lumot o'rnida, O‘zbekiston Milliy universiteti 2-bosqich tayanch doktoranti Nasiba Narzullayeva “Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovi g'olibi bo'lgan edi.

👉 На русском
👉 In English

📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin 🕊Telegram
  • ❤ 4
  • 👍 2
  • 🔥 2
  • 👏 1
More from @nuu_uz
  1. Oct 18, 2026Pedagog xodimlar farzandlari uchun kontrakt chegirmasiga ariza berish tartibi Davlat oliy…
  2. Oct 16, 2026#so‘rovnoma “Talabalar shaharchasi — yoshlar nigohida”: fikringiz va taklifingiz muhim! To…
  3. Oct 16, 2026O‘zMU olimlari hammuallifligidagi monografiya Germaniyada nashr etildi 🇺🇿 Mirzo Ulug‘bek…
  4. Oct 16, 2026O‘zbekiston va Ozarbayjon rektorlarining II forumi bo‘lib o‘tmoqda Ozarbayjon Respublikasi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →