TGViewer
O'zMU | Rasmiy kanal O'zMU | Rasmiy kanal @nuu_uz · 16.4K subscribers
Post #30820 2.34K

Forwarded from Edu.uz

#so‘rovnoma

“Talabalar shaharchasi — yoshlar nigohida”: fikringiz va taklifingiz muhim!


Toshkent shahridagi talabalar shaharchasida taʼlim va yashash sharoitlarini oʻrganish, talabalar duch kelayotgan muammolar hamda ularning yechimiga doir takliflarni aniqlash maqsadida my.hemis.uz platformasi orqali soʻrovnoma oʻtkazilmoqda.

Soʻrovnoma taʼlim olish, yashash sharoiti, talabalar turar joylari, kundalik xizmatlar, xavfsizlik, madaniy hordiq va sport bilan shugʻullanish sharoitlarini qamrab oladi.

Quyidagi oliy taʼlim tashkilotlari talabalarini soʻrovnomada faol ishtirok etishga taklif qilamiz:
🔹 Shaharcha hududida joylashgan:
• Oʻzbekiston Milliy universiteti;
• Toshkent davlat texnika universiteti;
• Toshkent davlat tibbiyot universiteti;
• “Tosh Tech” texnika universiteti (Tashtech);
• Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti;
• Profi universitetining Tillar fakulteti.

🔹 Shaharcha hududida talabalar turar joylari mavjud:
• Toshkent davlat yuridik universiteti;
• Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti;
• Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
• Renesans universiteti.

Hurmatli talabalar! Qaysi muammo kundalik hayotingizga taʼsir qilmoqda? Qanday madaniy va sport imkoniyatlari yetishmayapti? Birinchi navbatda nimani oʻzgartirish zarur?

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
  • ❤ 5
More from @nuu_uz
  1. Oct 17, 2026O'zbekiston Milliy universiteti magistranti “Til bilimdonlari” respublika tanlovi g‘olibi…
  2. Oct 16, 2026O‘zMU olimlari hammuallifligidagi monografiya Germaniyada nashr etildi 🇺🇿 Mirzo Ulug‘bek…
  3. Oct 16, 2026O‘zbekiston va Ozarbayjon rektorlarining II forumi bo‘lib o‘tmoqda Ozarbayjon Respublikasi…
  4. Oct 16, 2026E’LON O’zbekiston Milliy universiteti talabalari diqqatiga! 🏠 AT "Aloqa Bank" tomonidan b…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →