TGViewer
O'zMU | Rasmiy kanal O'zMU | Rasmiy kanal @nuu_uz · 16.3K subscribers
Post #30812 1.26K
O‘zbekiston va Ozarbayjon rektorlarining II forumi bo‘lib o‘tmoqda

Ozarbayjon Respublikasining Xonkendi shahrida 16–17-oktabr kunlari “O‘zbekiston–Ozarbayjon oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik” mavzusida O‘zbekiston va Ozarbayjon rektorlarining II forumi bo‘lib o‘tmoqda. Nufuzli xalqaro tadbirda ikki davlatning oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlari, jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Shuhrat Toshmatov ham ishtirok etmoqda.

Forumda Ozarbayjon Respublikasi fan va ta’lim vaziri Emin Amrullayev hamda O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari vakillari qatnashmoqda.

Tadbirda Ozarbayjonning 13 ta va O‘zbekistonning 17 ta oliy ta’lim muassasasi vakillari ishtirok etib, oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilmoqda.

Forum doirasida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 56 ta hamkorlik hujjatini imzolash rejalashtirilgan. Ushbu hujjatlar o‘zaro anglashuv memorandumlari, akademik almashinuv va qo‘shma ta’lim dasturlariga oid kelishuvlarni qamrab oladi.


📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin 🕊Telegram
  • 🔥 1
More from @nuu_uz
  1. Oct 16, 2026E’LON O’zbekiston Milliy universiteti talabalari diqqatiga! 🏠 AT "Aloqa Bank" tomonidan b…
  2. Oct 16, 2026“Xalqaro oq hassa kuni” munosabati bilan seminar-trening tashkil etildi 🇺🇿 Mirzo Ulug‘be…
  3. Oct 16, 2026🇺🇿 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Fizikada fundamental va am…
  4. Oct 16, 2026O‘zMUda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari davom etmoqda 🇺🇿 Mirzo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →