TGViewer
Channel Public Channel
O'zMU | Rasmiy kanal

O'zMU | Rasmiy kanal

@nuu_uz

O'zbekiston Milliy universitetining rasmiy Telegram kanali


Rasmiy sayt: nuu.uz

📲facebook.com/nationaluniversityuzbekistan
📲instagram.com/nuu.uz
📲youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan

Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum., Universi
Subscribers
16.4K
Photos
25.8K
Videos
2.3K
Links
7.9K
Recent Posts 4 shown
Post #30760 422
Yaponiyaning Teykyo universiteti bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

 
🇺🇿 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Yaponiya Teykyo universiteti prezidenti, professor Yoshihito Okinaga boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin 🕊Telegram
Post #30750 1.21K
O‘zMUda akademik Po‘lat Habibullayevning 90 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi


🇺🇿 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Fizikada fundamental va amaliy tadqiqotlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjuman O‘zbekiston ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan akademik Po‘lat Qirg‘izboyevich Habibullayev tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlandi.

⏺Tadbirda O‘zMU rektori Inom Madjidov, Oliy Majlis vakillari, akademiklar va yetakchi olimlar ishtirok etib, olimning fizika fani taraqqiyoti, ilmiy maktablar rivoji va yuqori malakali kadrlar tayyorlashdagi xizmatlarini e’tirof etdilar.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Erkin Zahidov, Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Mamatkarimov, Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti professori Ali Axunov, akademiklar Muhsin Ashurov, Abdug‘afur Mamadolimov va Bakriddin Zaripov ishtirok etib, akademik Po‘lat Habibullayevning ilm-fan rivoji, ilmiy maktablar shakllanishi va yuqori malakali kadrlar tayyorlashdagi xizmatlarini e’tirof etdilar. Ma’ruzachilar olimning hayot yo‘li, ilmiy merosi va u bilan bog‘liq xotiralarini o‘rtoqlashdilar.


⏺500 dan ortiq ilmiy ish va 15 ta monografiya muallifi bo‘lgan Po‘lat Habibullayev 200 dan ortiq fan nomzodi va 40 nafar fan doktorini tayyorlagan. Konferensiya doirasida zamonaviy fizikaning dolzarb masalalari muhokama qilinib, mahalliy va xorijiy olimlar, yosh tadqiqotchilar o‘z ilmiy izlanishlarini taqdim etdilar.

#OzMU #PolatHabibullayev #XalqaroKonferensiya #Fizika

📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin 🕊Telegram
  • 👍 2
  • ❤ 1
  • 👏 1
Post #30743 1.94K
O‘zbekiston Milliy universiteti Nukus davlat texnika universiteti bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

🇺🇿 14-oktabr kuni O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov Nukus davlat texnika universiteti rektori Batirbek Kaipbergenov bilan uchrashdi. Muloqotda NDTUning ta’lim va ilmiy faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim standartlarini joriy etish hamda universitetlar o‘rtasidagi akademik hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

⏺Hamkorlik doirasida axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, matematika, ekologiya, gidrologiya va gidrometeorologiya yo‘nalishlarida O‘zMUning ilmiy salohiyati va ilg‘or tajribasidan foydalanish, o‘quv jarayonini takomillashtirish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy o‘quv adabiyotlarini yaratish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, dual ta’limni rivojlantirish, akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish va Orolbo‘yi ekologik muammolariga oid ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.

⏺Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik memorandumi va shartnomasini imzoladilar.

Batafsil 👉 https://nuu.uz/nukus-davlat-texnika-universiteti-bilan-hamkorlik/

👉 На русском
👉 In English

#MilliyUniversitet #NukusDavlatTexnikaUniversiteti #Hamkorlik #SuniyIntellekt #Ekologiya

📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin 🕊Telegram
  • ❤ 2
  • 🔥 1
Post #30733 2.34K
Matematika fakultetida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi

🇺🇿 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Matematika fakulteti talabalari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash!” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Universitet rektori maslahatchisi Jahongir Jabborov, birinchi prorektor Tunis Xojiyev, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi Ra’no Rustamova, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Olmazor tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi O‘ktam Boltayev, Toshkent shahar “Ma’rifiy targ‘ibot markazi” bosh mutaxassisi Mirzoniyoz domla Rajabiy ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.


Batafsil 👉 https://nuu.uz/matematika-fakultetida-targibot-uchrashuvi-otkazildi/

#DavraSuhbati #JaholatgaQarshi #Marifat

📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin 🕊Telegram
  • 🔥 4
  • 👍 1
Older posts →

About this channel

How can I read @nuu_uz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for O'zMU | Rasmiy kanal: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does O'zMU | Rasmiy kanal have?
O'zMU | Rasmiy kanal (@nuu_uz) has 16.4K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does O'zMU | Rasmiy kanal know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →