O‘zbekiston Milliy universiteti Nukus davlat texnika universiteti bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
🇺🇿 14-oktabr kuni O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov Nukus davlat texnika universiteti rektori Batirbek Kaipbergenov bilan uchrashdi. Muloqotda NDTUning ta’lim va ilmiy faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim standartlarini joriy etish hamda universitetlar o‘rtasidagi akademik hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
⏺Hamkorlik doirasida axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, matematika, ekologiya, gidrologiya va gidrometeorologiya yo‘nalishlarida O‘zMUning ilmiy salohiyati va ilg‘or tajribasidan foydalanish, o‘quv jarayonini takomillashtirish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy o‘quv adabiyotlarini yaratish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, dual ta’limni rivojlantirish, akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish va Orolbo‘yi ekologik muammolariga oid ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.
⏺Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik memorandumi va shartnomasini imzoladilar.
Batafsil 👉 https://nuu.uz/nukus-davlat-texnika-universiteti-bilan-hamkorlik/
👉 На русском
👉 In English
#MilliyUniversitet #NukusDavlatTexnikaUniversiteti #Hamkorlik #SuniyIntellekt #Ekologiya
📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin 🕊Telegram
Post #30743
2.63K







- ❤ 3
- 🔥 2