TGViewer
O'zMU | Rasmiy kanal O'zMU | Rasmiy kanal @nuu_uz · 16.4K subscribers
Post #30750 2.32K
O‘zMUda akademik Po‘lat Habibullayevning 90 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi


🇺🇿 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Fizikada fundamental va amaliy tadqiqotlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjuman O‘zbekiston ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan akademik Po‘lat Qirg‘izboyevich Habibullayev tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlandi.

⏺Tadbirda O‘zMU rektori Inom Madjidov, Oliy Majlis vakillari, akademiklar va yetakchi olimlar ishtirok etib, olimning fizika fani taraqqiyoti, ilmiy maktablar rivoji va yuqori malakali kadrlar tayyorlashdagi xizmatlarini e’tirof etdilar.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Erkin Zahidov, Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Mamatkarimov, Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti professori Ali Axunov, akademiklar Muhsin Ashurov, Abdug‘afur Mamadolimov va Bakriddin Zaripov ishtirok etib, akademik Po‘lat Habibullayevning ilm-fan rivoji, ilmiy maktablar shakllanishi va yuqori malakali kadrlar tayyorlashdagi xizmatlarini e’tirof etdilar. Ma’ruzachilar olimning hayot yo‘li, ilmiy merosi va u bilan bog‘liq xotiralarini o‘rtoqlashdilar.


⏺500 dan ortiq ilmiy ish va 15 ta monografiya muallifi bo‘lgan Po‘lat Habibullayev 200 dan ortiq fan nomzodi va 40 nafar fan doktorini tayyorlagan. Konferensiya doirasida zamonaviy fizikaning dolzarb masalalari muhokama qilinib, mahalliy va xorijiy olimlar, yosh tadqiqotchilar o‘z ilmiy izlanishlarini taqdim etdilar.

#OzMU #PolatHabibullayev #XalqaroKonferensiya #Fizika

📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin 🕊Telegram
  • ❤ 2
  • 👍 2
  • 👏 1
More from @nuu_uz
  1. Oct 14, 2026Tabiatni asrash — kelajakni asrashdir! 🇺🇿 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy uni…
  2. Oct 14, 2026Yaponiyaning Teykyo universiteti bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi 🇺🇿 Mirzo Ul…
  3. Oct 14, 2026O‘zbekiston Milliy universiteti Nukus davlat texnika universiteti bilan hamkorlikni kengay…
  4. Oct 14, 2026Matematika fakultetida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi 🇺🇿 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbek…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →