TGViewer
Yoshlar.edu.uz Yoshlar.edu.uz @yoshlareduuz · 123K subscribers
Post #24675 7.07K
🇺🇿O‘zbek tiliga bo‘lgan mehr, ehtirom va muhabbat birlashtirgan tanlov: finalning dastlabki shartlari yakunlandi!

🏛 Bugun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida xorijlik talabalar o‘rtasida tashkil etilgan “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” tanlovining final bosqichiga start berildi.

Finalda ishtirok etayotgan 15 nafar xorijlik talaba dastlabki shartda o‘zlarini tanishtiruvchi videoroliklar orqali o‘zbek tiliga bo‘lgan muhabbati, yurtimizga munosabati hamda ijodiy salohiyatini namoyon etdi. Ikkinchi shartda esa xorijlik yoshlar o‘zbek tilida esse yozib, fikrlarini davlat tilimizda erkin, ravon va ta’sirchan ifodalash borasidagi bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.

☑️Ertaga, 16-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida finalning uchinchi – erkin mavzudagi badiiy chiqish sharti bo‘lib o‘tadi va g‘oliblar aniqlanadi. Mazkur shart yakunida tanlov g‘olib va sovrindorlari aniqlanib, tantanali taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

Xorijlik talabalarning o‘zbek tilidagi badiiy chiqishlarini tomosha qilish istagida bo‘lsangiz, Sizlarni soat 10:00 da Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tadbirlar zaliga taklif qilamiz.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
  • ❤ 24
  • 🔥 3
More from @yoshlareduuz
  1. Oct 15, 2026🇺🇿 Respublika tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi! 🏛16-oktabr kun…
  2. Oct 15, 2026#xulosa_sizdan 🔺 Ilmli inson har qanday sharoitda o‘z yo‘lini topa oladi Bizni kuzating:…
  3. Oct 15, 2026Post #24674
  4. Oct 15, 2026#tabiatni_asraylik 🌍 Eko volontyor loyihasi! 🔻“Eko volontyor” loyihasi doirasida ekologi…
  5. Oct 15, 2026#kun_hikmati 🎤 Odamning qadri uning bilimi va xulqi bilan o‘lchanadi. 🪶 Abu Ali ibn Sino…
  6. Oct 14, 2026🗣O‘zXIA “Akademiya” jamoasi | “Adashganlar” spektakli 🎭 “Talabalar teatr studiyalari” ko…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →