🎭 “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining 2026-yilgi respublika final bosqichi o‘tkazilgan edi. Unda oliy ta’lim tashkilotlarining teatr jamoalari o‘z spektakllari bilan ishtirok etib, o‘zaro bellashgan.
📺Final bosqichida namoyish etilgan spektakllarni YouTube sahifamiz orqali premyera qilib boramiz.
◀️Ilk spektakldan so‘ng O‘zbekiston xalqaro Islomshunoslik akademiyasining “Akademiya” jamoasi Nasrullo Qobulning “To‘da” romani asosida rejissyor Oybek Maxsudov tomonidan sahnalashtirilgan “Adashganlar” spektakli namoyish etildi. Unda insonning ma’naviy dunyosi, hayot yo‘lida duch keladigan sinovlari hamda to‘g‘ri yo‘ldan adashish oqibatlari badiiy talqin orqali yoritilgan.
➡Spektakl premyerasini ko‘rish
🎬 Tanlov doirasida namoyish etilgan spektakllar har hafta chorshanba va shanba kunlari ushbu telegram kanalga joylab boriladi. Videoga YouTubeda like bosib, izohlarda fikrlaringizni yozib qoldiring.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram