🏛16-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tashkil etilgan “Til bilimdonlari” hamda “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika tanlovlari hamda yana bir qator tanlovlarning g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.
🌍 Tadbirning o‘ziga xos jihati – “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” tanlovining yakuniy sharti doirasida O‘zbekistonda tahsil olayotgan xorijlik talabalar o‘zbek tilida sahnaviy-badiiy chiqishlar namoyish etadilar.
Shuningdek, marosim davomida respublika tanlovlari g‘oliblariga diplom, pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshiriladi.
📍Manzil: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tadbirlar zali.
🗓Sana va vaqt: 16-oktabr, soat 10:00.
Barcha OAV vakillari, talaba-yoshlar va keng jamoatchilikni mazkur tantanali marosimga taklif etamiz!
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
