TGViewer
Channel Public Channel
Nodex kiberxavfsizlik klubi

Nodex kiberxavfsizlik klubi

@nodexcc

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktabining birinchi va yagona kiberxavfsizlik klubi

💭Bog'lanish uchun: @nodexccbot
Subscribers
212
Photos
81
Videos
3
Links
28

Showing posts older than #50 · Back to latest

Older Posts 6 shown
Post #43 4.73K
🖥 MAKTABIMIZDA ILK BOR O‘TKAZILGAN CTF MUSOBAQASI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tarixiy voqea yuz berdi — ilk bor kiberxavfsizlik bo‘yicha “Al-Khwarizmi CyberCup 1.0” CTF musobaqasi o‘tkazildi.

“Nodex” kiberxavfsizlik klubi tomonidan tashkil etilgan ushbu bellashuvda o‘quvchilarimiz axborot texnologiyalari, tarmoq xavfsizligi va kriptografiya yo‘nalishlarida o‘z bilim va mahoratlarini amalda namoyish etdilar. Maktabimiz faollar zali haqiqiy intellektual jang maydoniga aylandi!

🏆 Musobaqa natijalariga ko‘ra:
Eng yuqori ball to‘plagan TOP-3 ishtirokchi maktabimizning kiberxavfsizlik bo‘yicha terma jamoasi tarkibiga qabul qilindi. Endilikda ularni soha mutaxassislari tomonidan o‘tiladigan professional mahorat darslari va xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari kutmoqda.

Barcha g‘olib va sovrindorlarni tabriklaymiz! Maktabimizda kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish va yosh mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi ilk muhim qadam tashlandi.

💬@nodexcc — Kiberxavfsizlikni o‘rganishni bugun biz bilan boshlang!
  • ❤ 7
  • 🔥 6
  • 👏 3
Post #36 486
🌐 FIRST mintaqaviy simpoziumi — Markaziy Osiyo uchun tarixiy voqea

2026-yil 26–27-fevral kunlari Toshkent shahridagi Inha Universitetida “First Regional Symposium for Central Asia – 2026” xalqaro simpoziumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Kiberxavfsizlik markazi ko‘magida hamda FIRST doirasida tashkil etilib, mintaqa uchun ilk yirik anjuman sifatida e’tirof etildi.

✔️ Ikki kun davomida xalqaro ekspertlar threat hunting va threat modeling metodologiyalari, ethical hacking va malware tahlili, milliy erta ogohlantirish tizimlari, bug bounty platformalari, kiberbardoshlilik hamda incident response jarayonlari bo‘yicha dolzarb ma’ruzalar bilan chiqish qildilar. Tadbirning 2-kuni Bobur Abdullaev (Inha University in Tashkent rektori), Chris Gibson (FIRST ijrochi direktori) va Olimjon Mirzaev (Kiberxavfsizlik markazi direktori) ning nutqlari bilan boshlandi.

🎓 Maktabimizning Nodex kiberxavfsizlik klubi a’zolari hamda bir guruh faol o‘quvchilarimiz ushbu nufuzli xalqaro tadbirda faol qatnashib, dunyoning yetakchi mutaxassislaridan qimmatli bilim va amaliy tajriba orttirdilar.

💬 @nodexcc — bizni kuzatishda davom eting
  • 🔥 4
Post #35 393
Nodex kiberxavfsizlik klubi 🖥MAKTAB MIQYOSIDAGI ILK CTF MUSOBAQASI! Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ilk bor kiberxavfsizlik yo‘nalishi bo‘yicha “Al-Khwarizmi CyberWinter Cup 1.0” CTF (Capture The Flag) musobaqasi o‘tkazilishini ma’lum qilamiz. Mazkur bellashuv…
Assalomu alaykum barchaga!

“Al-Khwarizmi CyberWinter Cup 1.0” musobaqasi boshlanmoqda, qo'shilish uchun ushbu linkdan foydalaning: https://platform.hacknow.uz/contest/ctf/al-khwarizmi-cyberwinter-cup-10
HackNow HackNow - Kiberxavfsizlik va CTF Platformasi O'zbekistondagi eng yirik kiberxavfsizlik va CTF platformasi.
Post #34 6.8K
🖥MAKTAB MIQYOSIDAGI ILK CTF MUSOBAQASI!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ilk bor kiberxavfsizlik yo‘nalishi bo‘yicha “Al-Khwarizmi CyberWinter Cup 1.0” CTF (Capture The Flag) musobaqasi o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.
Mazkur bellashuv “Nodex” kiberxavfsizlik klubi tomonidan tashkil etilayotgan bo‘lib, o‘quvchilarning axborot texnologiyalari va xavfsizlik tizimlari bo‘yicha bilimlarini amalda sinovdan o‘tkazishga xizmat qiladi.

🏆Musobaqa g‘oliblarini quyidagi imkoniyatlar kutmoqda:
- Maktab terma jamoasi: Eng yuqori natija ko‘rsatgan TOP-3 ishtirokchi maktabning kiberxavfsizlik bo‘yicha terma jamoasiga a’zo bo‘ladi;
- Professional tayyorgarlik: Saralangan o‘quvchilar uchun soha mutaxassislari tomonidan maxsus mahorat darslari va treninglar tashkil etiladi;
- Sertifikatlar: G‘olib va sovrindorlar maxsus diplom hamda sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.

📆 Sana: 25-fevral
⏰ Vaqt: 14:00
📍 Manzil: Faollar zali

✅ Kiberxavfsizlik sohasida o‘z salohiyatingizni namoyon etish imkoniyatini boy bermang, , hoziroq ro‘yxatdan o‘ting! link: link
Post #32 440
🌙 Ramazon oyi muborak!

Assalomu alaykum, aziz do‘stlar!

Sizni va yaqinlaringizni mehr-oqibat, sabr va baraka oyi — muborak Ramazon bilan samimiy tabriklaymiz. Tutgan ro‘zangiz, qilgan duo va ezgu amallaringiz ijobat bo‘lsin. Xonadoningizga tinchlik va fayz tilaymiz. Ramazon qalblarga poklik, hayotimizga esa baraka olib kelsin.

Hurmat bilan,
NodeX jamoasi


💬 @nodexcc — Ramazon oyida ham biz bilan birga kiberxavfsizlik olamida yangi bilimlar va imkoniyatlarni kashf eting
  • ❤ 7
  • 🔥 3
  • 👍 2
Post #27 709
🇺🇿O'zbekiston fuqarolarining ma'lumotlari tarqalishi

Kecha ijtimoiy tarmoqlar hamda yopiq internet maydonlarida O‘zbekistonning ayrim davlat axborot tizimlariga oid taxminan 15 million nafar fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari sizib chiqqani haqida xabarlar tarqaldi.

🔎 Mazkur holat yuzasidan hozirda vakolatli tashkilotlar tomonidan o‘rganish va tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Rasmiy manbalarga ko‘ra, holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq taqdim etiladi. Ba’zi manbalarda ushbu ma’lumotlar sizib chiqishi “ByteToBreach” taxallusidan foydalanuvchi xorijiy shaxs bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Ushbu shaxs Gretsiya bilan aloqador bo‘lishi ehtimoli bor, biroq hozircha bu ma’lumotlar rasman tasdiqlanmagan.


📱 Nodex jamoasi barchani ehtiyot choralarini kuchaytirishga, parollarni zudlik bilan yangilashga va faqat rasmiy axborot manbalariga tayanishga chaqiradi.
  • 💯 3
  • 🔥 1
  • 🎉 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →