TGViewer
Channel Public Channel
Nodex kiberxavfsizlik klubi

Nodex kiberxavfsizlik klubi

@nodexcc

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktabining birinchi va yagona kiberxavfsizlik klubi

💭Bog'lanish uchun: @nodexccbot
Subscribers
212
Photos
81
Videos
3
Links
28

Showing posts older than #27 · Back to latest

Older Posts 17 shown
Post #26 478
"MAC vs IP: Boshlang'ich tushunchalar"


MAC Address:
- To‘liq nomi: Media Access Control Address
- Vazifasi: Lokal tarmoqda (LAN) qurilmalarni aniqlash
- Darajasi: OSI modelining 2-qavati (Data Link Layer)
- Yagonaligi: Global miqyosda noyob, ishlab chiqaruvchi tomonidan beriladi
- Formati: 12 ta o‘n oltilik (hexadecimal) belgi
(masalan: 00:1A:2B:3C:4D:5E)
- Qamrovi: Faqat lokal tarmoqda ishlaydi, odatda o‘zgarmaydi
- Misol: Switch’lar MAC manzil orqali lokal tarmoq ichida freymlarni uzatadi


IP Address:
- To‘liq nomi: Internet Protocol Address
- Vazifasi: Internet yoki keng tarmoqlarda (WAN) qurilmalarni aniqlash
- Darajasi: OSI modelining 3-qavati (Network Layer)
- Yagonaligi: Tarmoq ichida noyob, lekin o‘zgarishi mumkin (masalan, dynamic IP)
- Formati:
IPv4: 32-bit, 4 ta raqamdan iborat
(masalan:
192.168.0.1)
IPv6: 128-bit, o‘n oltilik ko‘rinishda
(masalan: 2001:0db8:85a3::8a2e:0370:7334)
- Qamrovi: Ma’lumotlarni turli tarmoqlar orasida global miqyosda yo‘naltirish uchun ishlatiladi
- Misol: Router’lar paketlarni IP manzil orqali tarmoqlar orasida uzatadi


❤️Xulosa: MAC address — qurilmaning doimiy guvohnomasi, IP address esa uning tarmoqdagi vaqtinchalik manzilidir.

💬@nodexcc — Kiberxavfsizlikni o‘rganishni bugun biz bilan boshlang!
Post #25 1.22K
#hamkorlik #nodex #hacknow

📱 Nodex × ⚔️Hacknow.uz — Hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!

Endilikda jamoamiz a’zolari Hacknow platformasida kiberxavfsizlik va CP bo‘yicha amaliy tajriba orttirishlari, o‘zbek tilidagi o‘quv kurslarini o‘rganishlari mumkin. Shuningdek, CTF musobaqalari ham ushbu platformada o‘tkaziladi.

🚀O‘rgan, sinab ko‘r va rivojlan — Nodex va Hacknow sen bilan!
  • ⚡ 1
  • 🔥 1
Post #24 411
🚧 Firewall nega kerak?


Firewall — bu tarmog‘ingizni kiberxavflardan himoya qiluvchi birinchi himoya chizig‘i. U kiruvchi va chiquvchi tarmoq trafikni nazorat qiladi, zararli urinishlarni bloklaydi va ma’lumotlar o‘g‘irlanishining oldini oladi.

🔑Afzalliklari:
- Hackerlar va malware’dan himoya
- Maxfiy ma’lumotlarni xavfsiz saqlash
- Tarmoq trafik ustidan nazorat
- Keraksiz trafikni filtrlab, samaradorlikni oshirish


💻 Firewall turlari:
- Hardware Firewall — kuchli himoya uchun alohida qurilma
- Software Firewall — qurilmaga o‘rnatiladi, moslashuvchan
- Cloud Firewall — bulut asosidagi, kengaytiriladigan himoya


💬@nodexcc — Kiberxavfsizlik yo‘lida birinchi qadam
Post #22 340
Phishing nima?


🪝Phishing — bu kiberhujum turi bo‘lib, unda hujumchilar foydalanuvchilarni aldab, maxfiy ma’lumotlarini (parollar, bank karta raqamlari yoki shaxsiy ma’lumotlar) qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Ular ko‘pincha o‘zlarini ishonchli manba sifatida ko‘rsatadi va quyidagi yo‘llardan foydalanadi:

📧Email xabarlar
🌐Soxta veb-saytlar
📱SMS yoki messenjer xabarlari

↔️Phishing’ning keng tarqalgan belgilari:

- Shoshilinch ogohlantirishlar (masalan: “Hisobingiz bloklanadi!”)
- Shubhali havolalar yoki fayl biriktirmalari
- Imlo xatolari va sifatsiz yozilgan matnlar

↘️O‘zingizni himoyalang:
Havolalarni tekshiring, noma’lum fayllarni ochmang va manbani tasdiqlamasdan turib hech qachon shaxsiy ma’lumotlaringizni bermang

💬@nodexcc — Kiberxavfsizlikni o‘rganishni bugun biz bilan boshlang!
Post #21 386
🇺🇿14-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilgan kun!

Yurtimiz tinchligi va xavfsizligini ta’minlayotgan barcha himoyachilarga mustahkam sog‘liq, kuch-g‘ayrat va sharafli xizmat tilaymiz. Bugungi kunda xavfsizlik nafaqat jismoniy, balki raqamli makonda ham muhim ahamiyatga ega. Shu yo‘lda bilimli va mas’uliyatli bo‘lish har birimizning burchimizdir.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan, NodeX jamoasi


💬@nodexcc — Raqamli dunyoda xavfsizlikni birgalikda mustahkamlaymiz
  • ❤‍🔥 2
  • ❤ 1
  • 👍 1
  • 🔥 1
Post #18 1.01K
🎉 Nodex jamoasidan Yangi yil tabrigi 🎉

Barchangizni NodeX klubi nomidan kirib kelayotgan 2026-yil bilan samimiy muborakbod etamiz! Yangi yil sizga yangi kuch-g‘ayrat, ulkan maqsadlar va yorqin yutuqlar olib kelsin. Eng muhimi, yangi yilda zamonaviy va jamiyatimiz uchun muhim bo‘lgan bilimlarni egallab, yurtimizning kiberxavfsizlik sohasidagi rivojiga munosib hissa qo‘shishingizni tilaymiz.

🛡 Nodex jamoasi esa kelayotgan yilda siz bilan birgalikda yangi loyihalar, musobaqalar hamda qiziqarli va foydali darslarni amalga oshirishni rejalashtirgan.

⭐️ Barchangizga kirib kelayotgan yil xayr-barakali, omad va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!

— Hurmat bilan, Nodex jamoasi


💬 @nodexcc — Yangi yilda biz bilan birga kiberxavfsizlik olamida yangi bilimlar va imkoniyatlarni kashf eting.
  • 🎄 8
  • ☃ 3
  • 🎉 3
  • 🔥 1
Post #15 1.09K
💻 NodeX: Kiberxavfsizlik sari birinchi qadam

Nodex kiberxavfsizlik klubi doirasida 19-dekabr kuni ilk masterklass muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazildi. Masterklass davomida klubning kelajakdagi rejalari va o‘quv dasturi bilan tanishtirildi, shuningdek kiberxavfsizlik bo‘yicha boshlang‘ich tushunchalar berildi.

✔️ Ishtirokchilar CTF (Capture The Flag) nima ekanligi, uning kiberxavfsizlikdagi o‘rni va ahamiyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Bundan tashqari, masterklass jarayonida phishing va cyber engineering yo‘nalishlariga oid qiziqarli amaliy ishlar va ko‘rgazmali ishlanmalar namoyish etildi.

‼️ Kelgusida klub doirasida kiberxavfsizlik yo‘nalishida muntazam ravishda mashg‘ulotlar va amaliy ishlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.


💬@nodexcc — Biz bilan kiberxavfsizlik sohasiga birinchi qadamni qo‘ying!
  • 🔥 6
  • ❤‍🔥 3
  • ❤ 1
Post #13 453
Nodex sizni kiberxavfsizlik olamiga chorlaydi‼️

19-dekabr kuni, 15:00 da Nodex kiberxavfsizlik klubining ilk masterclassi bo‘lib o‘tadi. Ushbu masterclassda siz qaysi darajada bo‘lishingizdan qat’i nazar, kiberxavfsizlik olami haqidagi eng muhim tushunchalar va roadmaplar bilan tanishasiz.Klubda siz bilan qanday eng muhim skillarni o'rganishimizni ko'rib o'tamiz.

Barchangizni kutib qolamiz!!!

📍 KiberSport yonidagi auditoriya
🕖19-dekabr, 15:00


🔵@nodexcc — Biz bilan kiberxavfsizlik sohasiga birinchi qadamni qo‘ying!
  • ☃ 3
  • 🔥 2
Post #12 515
👺Pentesting nima?

Pentesting — bu tizim yoki ilovalardagi zaifliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish orqali xavfsizlikni mustahkamlash jarayoni. Oddiy qilib aytganda, pentester — bu qonuniy ruxsat asosida xavfsizlikni tekshiradigan xaker.

🛡 Pentesting turlari:
🔵 Black-Box – hech qanday ma’lumot berilmaydi. Pentester tizimni xaker kabi mustaqil tekshiradi.
🔵 White-Box – to‘liq ma’lumot mavjud: kode, arxitektura, admin login va h.k. Tizim ichidagi zaifliklarni chuqur aniqlash mumkin.
🔵 Gray-Box – qisman ma’lumot beriladi. Test tezroq va samaraliroq bo‘ladi.


↘️Pentesting shuningdek quyidagi sohalarga bo‘linadi:
Web – saytlar va web API-lar
Network – tarmoq va serverlar
Mobile – Android/iOS ilovalar
Wireless – WiFi va access pointlar
Cloud – AWS, Azure, GCP kabi bulutli xizmatlari
Social Engineering – odamlar orqali zaiflik topish (phishing, tailgating)


💬@nodexcc — Biz bilan kiberxavfsizlik sohasiga birinchi qadamni qo‘ying!
  • 🔥 5
  • 👍 4
  • ❤ 1
  • 🤝 1
Post #11 463
👺Bilishingiz Kerak Bo‘lgan Xaker Turlari!

Kiberxavfsizlik dunyosida barcha xakerlar bir xil emas. Har birining maqsadi, niyati va uslubi turlicha. Quyida eng mashhur xaker turlari bilan tanishing:

Black Hat xakerlar – Tizimlarga noqonuniy kirib, zarar keltiruvchi yoki foyda olishni maqsad qiluvchi “yomonlar”.
White Hat xakerlar – Tizimni himoya qiluvchi, zaifliklarni aniqlab tuzatishga yordam beruvchi ethical xakerlar.
Grey Hat xakerlar – Qonun va etikani ham buzishi, ham himoya qilishi mumkin bo‘lgan “o‘rtacha” xakerlar.
Haktivistlar – Ijtimoiy yoki siyosiy g‘oya yo‘lida xakerlik qiluvchi guruhlar.
Script Kiddies – Tayyor vositalardan foydalanadigan tajribasiz xakerlar.
Davlat homiyligidagi xakerlar – Cyber razvedka yoki kiberurush bilan shug‘ullanuvchi maxsus guruhlar.
Phreakerlar – Telekommunikatsiya tizimlariga kirish bilan shug‘ullanadigan xakerlar.
Social Engineerlar – Inson psixologiyasidan foydalanib aldash orqali kirish huquqini qo‘lga kirituvchilar.
Blue Hat xakerlar – Tizimlar ishga tushishidan oldin zaifliklarni sinovdan o‘tkazish uchun jalb qilinadigan mutaxassislar.
Red Hat xakerlar – Qora shlyapa xakerlarga qarshi agressiv choralar ko‘ruvchi “kiber jangchilar”.
Purple Hat xakerlar – Hujum va himoyani birlashtirgan kombinatsiyalangan xakerlar.
Green Hat xakerlar – Hozirgina o‘rganishni boshlayotgan yangi xakerlar.
Yellow Hat xakerlar – Jamiyat foydasi uchun ishlaydigan falsafiy xakerlar.
Insayder xakerlar – Tizimga ruxsatli kirish huquqiga ega bo‘lgan, lekin uni yomon maqsadda ishlatadigan shaxslar.


💬@nodexcc — Biz bilan kiberxavfsizlik sohasiga birinchi qadamni qo‘ying!
  • ❤ 5
  • 🔥 4
  • 👍 2
  • 👏 1
Post #10 430
⚪️ nima? (Capture The Flag)

CTF - bu kiberxavfsizlik bo‘yicha musobaqa bo‘lib, unda ishtirokchilar maxfiy flaglarni topish uchun turli vazifalarni bajaradilar. Har bir bajarilgan challenge — yangi bilim va real tajriba.

🔍Asosiy yo‘nalishlar:
Web Exploitation — sayt xatolarini topish va ekspluatatsiya qilish
Crypto — shifrlash va deshifrlash muammolarini yechish
Forensics — fayl, tizim yoki trafikdan ma’lumot tiklash
Reverse Engineering — dasturlarni tahlil qilish va ish jarayonini tushunish
OSINT — ochiq ma’lumotlardan izlash
Steganography — rasm, audio, video ichiga yashirilgan ma’lumotlarni topish
Misc — noodatiy, kreativ boshqotirmalar (turli mavzulardan aralash vazifalar)
PWN — binary ekspluatatsiya, xotira xatolaridan foydalanish (buffer overflow va h.k.)
Network Analysis — trafikni tahlil qilish, paketlardan flag topish


‼️Nima uchun CTF ishlash kerak?

🔣Amaliy ko‘nikmalarni tez o‘rgatadi
🔣Mantiqiy fikrlash va tahlil qilish qobilyatini kuchaytiradi
🔣Portfolio va rezyumega katta plus qo‘shadi

💬@nodexcc — Biz bilan kiberxavfsizlik sohasiga birinchi qadamni qo‘ying!
  • ❤ 9
  • ⚡ 2
  • 🔥 2
Post #9 347
🛡 Kiberxavfsizlik nima?

Kiberxavfsizlik — kompyuterlar, tarmoqlar va ma’lumotlarni xakerlik hujumlaridan himoya qilishga qaratilgan soha. Raqamli dunyo kengaygan sari, kuchli kiberxavfsizlik har bir tashkilot va foydalanuvchi uchun tobora muhim bo‘lib bormoqda. Va odatda kiberxavfsizlik odatda ikki yo‘nalishga bo‘linadi:

🛡 Defensive Security (Blue Team) — tizimni himoya qiluvchi tomon. Ular tarmoqni kuzatadi, hujumlarni aniqlaydi, xavflarni bloklaydi va tizimning barqarorligini ta’minlaydi.

🥷 Offensive Security (Red Team) — tizimga hujum qiluvchi tomon. Ular zaifliklarni izlaydi, xaker fikrlash tarzida tizimni sinovdan o‘tkazadi va real hujumlarga tayyorlaydi.

💬@nodexcc — Biz bilan kiberxavfsizlik sohasiga birinchi qadamni qo‘ying!
  • 🔥 8
  • 👍 3
  • 🆒 2
Post #8 771
Nodex kiberxavfsizlik klubi Nodex Kiberxavfsizlik Klubiga qabul boshlandi! Kiberxavfsizlikni 0 dan boshlab o‘rganmoqchimisiz? Kelajakda CTF musobaqalarida qatnashish, haqiqiy pentester bo‘lish va kuchli jamoaga qo‘shilishni xohlaysizmi? Unda Nodex — aynan siz izlayotgan joy! 🤖 Qanday…
💻Qabul tugashiga 3 kun qoldi!

Kiberxavfsizlikni 0 dan o‘rganish, CTF musobaqalarida qatnashish va kuchli jamoaga qo‘shilish imkoniyati!

🤖Ro‘yxatdan o‘tish: @nodexccbot
⏰Oxirgi kun: 10-dekabr

💬Biz bilan kiber dunyoga birinchi qadamni qo‘ying: @nodexcc
  • ❤ 5
  • ❤‍🔥 3
  • 👍 1
Post #6 2.18K
Nodex Kiberxavfsizlik Klubiga qabul boshlandi!

Kiberxavfsizlikni 0 dan boshlab o‘rganmoqchimisiz? Kelajakda CTF musobaqalarida qatnashish, haqiqiy pentester bo‘lish va kuchli jamoaga qo‘shilishni xohlaysizmi? Unda Nodex — aynan siz izlayotgan joy!

🤖 Qanday qo‘shilasiz?

Quyidagi bot orqali tez va qulay ro‘yxatdan o‘ting:
🌐@nodexccbot

⏰ Ariza topshirish uchun oxirgi kun: 10-dekabr

💬@nodexcc — Biz bilan kiberxavfsizlik sohasiga birinchi qadamni qo‘ying!
  • 👍 7
  • 🔥 4
  • 🤝 1
Post #4 2.75K
💻 Nodex – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kiberxavfsizlik klubi!

🎯 Maqsad

O‘quvchilarni 0 dan kiberxavfsizlik bo‘yicha mustahkam bilimga ega qilish, musobaqalarda qatnashish imkoniyatini yaratish, tajribali mutaxassislar bilan masterklass va amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilish.

✨ Nega qo‘shilish kerak?

Bepul, sodda va interaktiv darslar orqali haqiqiy hujum va himoya asoslarini o‘rganasiz, bosqichma-bosqich rivojlanish yo‘l xaritasiga ega bo‘lasiz, amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etasiz va jamoa bilan o‘sasiz.

👥 Kimlar uchun?

Kiberxavfsizlikka qiziqadigan va kelajagini aynan shu yo‘nalishda ko‘rmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar uchun.

💬@nodexcc – kiberxavfsizlikni biz bilan o‘rganing!
  • 🔥 14
  • 👏 1
  • 🎄 1
Post #1
Channel created
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →