🔥 “O‘zlik” loyihasida tarix darslarini muvaffaqiyatli yakunlab, navbatdagi muhim sahifani ochyapmiz. Loyihamizda 2-modul — “Til oyligi” boshlanmoqda!
🐺 Biz har kuni gaplashadigan, o‘ylaydigan va his qiladigan tilimizning asl ildizlari qayerga taqaladi? Turkiy til qanday qilib ulkan hududlarga tarqalib, qudratli davlatlarning asosiy muloqot vositasiga aylangan edi? Nega keyinchalik u taqiqlar va bosimlarga uchradi? O‘tgan asrlar davomida biz nimalarni yo‘qotdik va nimalarni saqlab qola oldik?
Til oyligining ilk ochiq darsida aynan shu og‘riqli, ammo har birimiz bilishimiz shart bo‘lgan mavzu atrofida suhbatlashamiz.
🎙 Spiker: Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Altaistika va turkologiya markazi rahbari, turkshunos Anvar Bo‘ronov
🔊 Mavzu: Turkiy til: Tarqalishi, taqiqlar va yo‘qotishlar
🗓 Vaqt: 11-sentabr, soat 19:00
📍 Manzil: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
Barchani ushbu muhim va qizg‘in suhbatga taklif qilamiz. Ishtirok etish barcha uchun erkin. Kelib, o‘zligingizni biz bilan birga anglang!
🔻 Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishni unutmang:
Telegram | Instagram | Facebook | X
