TGViewer
Najmiddin Turon Najmiddin Turon @najmiddinturon · 4.7K subscribers
Post #1656 1.97K
Bu g‘arib dahrda uchrashsak yana,
Yo‘llaring oxiri chopsa ko‘zima,
Ashklaring nahridan kechib o‘tmasam,

O‘ksima.

Darz ketgan kosada may ichib tursam,
Sanasang, qovurg‘am biri bo‘lsa kam.
Qarasang, jismimda kam bo‘lsam men ham,

Ichikma.

Ko‘zlarim kadardan kiyinsa kafan,
Puflasang, qaqnuslar chiqmasa kuldan,
Kuyug‘ ko‘kayima kuldon qidirib,

Kuyunma.

Qushlarsiz uyaday ezg‘inlik hokim
umrima sochsa gar umidlar hokin,
Qayta butlamoqqa haddimiz sig‘mas,

Yig‘inma.

Ikkimiz bir dunda ikki yon ketsak,
Qismat kishanida gar tanho ketsak,
Joning omon bo‘lsin, faqat bu jonga

Ko‘nikma.

Joning omon bo‘lgur, mensiz bu jonga,
Ko‘nikma...


@NajmiddinTURON

iyun, 2019
  • ❤‍🔥 24
  • ❤ 10
  • 😭 7
  • 🔥 4
  • 👍 2
  • 💔 1
More from @najmiddinturon
  1. Sep 24, 2026Saljuqiylar hukmdori Alp Arslondan so‘rashibdi: "Shunday qudratli imperiya nega parchaland…
  2. Sep 24, 2026#jurnal #fiqra “Bobolar izidan...” uch-to‘rt ming chaqirim yo‘l bosib, goh piyoda, goh ulo…
  3. Sep 23, 2026Талабалик дамлари ётоқхонада китобларининг муқовасини йиртиб ташлаб, кунжакларга яшириб ўқ…
  4. Sep 21, 2026Xayrli kun, azizlar! @sitorabonu_audiolar
  5. Sep 18, 2026Бугун шеърларида томчининг таровати ва матонати уфурган шоира Гулноз Мўминованинг тувилди…
  6. Sep 16, 2026Тушларда қушларга қўшилиб учдим, Гоҳо булутларга тўш уриб учдим, Ўнггим оғир келди, пойинг…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →