TGViewer
Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti @mv_univer · 5.34K subscribers
Post #15329 858

Forwarded from Mudofaa — LIVE

⚡️⚡️⚡️Serjantlar tayyorlash oliy maktabida oliy ta’lim muassasalarining psixolog-o‘qituvchilari ishtirokida “Emotsional bosim aslida nima?” mavzusida navbatdagi psixologik trening mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida emotsional bosim tushunchasi, uning asosiy belgilari va psixologik oqibatlari batafsil tahlil qilindi. Shuningdek, stressli vaziyatlarni to‘g‘ri baholash, salbiy hissiy kechinmalarni boshqarish, o‘zini-o‘zi nazorat qilish hamda turli murakkab vaziyatlarda psixologik muvozanatni saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Treningning amaliy qismida ishtirokchilarning stressga chidamliligini oshirish, emotsional holatni muvozanatlashtirish, konstruktiv muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda psixologik bosimlarga nisbatan to‘g‘ri munosabatni shakllantirishga qaratilgan turli mashq va topshiriqlar bajarildi.

Jarayon davomida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, xizmat faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli psixologik vaziyatlarni muhokama qildi. Bunday holatlarda hissiyotlarni nazorat qilish, vaziyatga xolis baho berish va to‘g‘ri qaror qabul qilishning samarali usullari yuzasidan mutaxassislarning tavsiyalarini oldi.


👉@mudofaalive
  • 👍 6
  • ❤ 3
  • ⚡ 2
More from @mv_univer
  1. Oct 7, 2026#Harbiy_xavfsizlik_va_mudofaa_universiteti ⚡️Magistraturaning masofaviy ta’lim: yakuniy sa…
  2. Oct 6, 2026#TV "YOSHLAR" Vatanparvar | Serjantlar tayyorlash oliy maktabida "Ma'naviyat qalqoni" ko'r…
  3. Oct 5, 2026#TV "YOSHLAR" Vatanparvar | “Amir Temur” stipendiyasi sohibi haqida 📆04.10.2026 ➡️Univers…
  4. Oct 5, 2026#Kun_hikmati "Eng baland minora ham yerdan koʻtarilgay" 🖌 Amir Temur ➡️Universitet rasmiy…
  5. Oct 5, 2026#Harbiy_xavfsizlik_va_mudofaa_universiteti ⚡️Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida t…
  6. Oct 4, 2026🔉«VATANPARVAR» gazetasining 2026-yil 2-oktabr 40-sonida leytenant Mansur Jabborovning "Sp…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →