⚡️Magistraturaning masofaviy ta’lim: yakuniy saralash bosqichi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-iyuldagi “Mudofaa vazirligi harbiy kadrlarni tayyorlash tizimini transformatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–235-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti negizida o‘tgan o‘quv yilidan boshlab ofitserlar uchun “Harbiy pedagogika” yo‘nalishi bo‘yicha masofaviy ta’lim shakli yo‘lga qo‘yilgan.
Joriy o‘quv yilida “Harbiy psixologiya” yo‘nalishi bo‘yicha masofaviy shaklda tahsil olish istagini bildirgan harbiy xizmatchilar uchun qabul imtihonlarining yakuniy saralash bosqichi o‘tkazilmoqda.
Unda 200 ga yaqin nomzod ishtirok etmoqda, saralash yakuniga ko‘ra eng yuqori natijalarni qayd etgan 46 nafar harbiy xizmatchi mazkur yo‘nalishda tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Barcha nomzodlarga yakuniy saralash bosqichida muvaffaqiyat va omad tilaymiz!
➡️Universitet rasmiy sahifalari:
📱Telegram |📱Instagram |📱Facebook |🇺🇿 akad.uz |📱YouTube



