TGViewer
Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti @mv_univer · 5.34K subscribers
Post #15316 1.27K
#Harbiy_xavfsizlik_va_mudofaa_universiteti

⚡️Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida texnikalarning ishonchli va samarali faoliyatini ta’minlash maqsadida mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish tadbirlari rejali va tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Xususan, barcha turdagi texnik vositalar belgilangan talablar asosida puxta tekshiruvdan o‘tkazilib, ularning texnik holati batafsil tahlil qilinmoqda. Shu bilan birga, texnikaning asosiy qismlari va mexanizmlari mavsum sharoitiga moslashtirilib, zarur ehtiyot qismlari yangisiga almashtirilmoqda.

Mazkur tadbirlar harbiy texnikalarning uzluksiz va ishonchli ishlashini ta’minlash, ularning xizmat muddatini uzaytirish hamda har qanday sharoitda doimiy shay holatda saqlashga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, shaxsiy tarkibning texnik bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida mutaxassislar tomonidan zarur tavsiyalar berilib, amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.


➡️Universitet rasmiy sahifalari:

📱Telegram |📱Instagram |📱Facebook |🇺🇿 akad.uz |📱YouTube
  • 👍 5
  • ❤ 4
  • 👏 2
  • 🔥 1
More from @mv_univer
  1. Oct 6, 2026#TV "YOSHLAR" Vatanparvar | Serjantlar tayyorlash oliy maktabida "Ma'naviyat qalqoni" ko'r…
  2. Oct 5, 2026#TV "YOSHLAR" Vatanparvar | “Amir Temur” stipendiyasi sohibi haqida 📆04.10.2026 ➡️Univers…
  3. Oct 5, 2026#Kun_hikmati "Eng baland minora ham yerdan koʻtarilgay" 🖌 Amir Temur ➡️Universitet rasmiy…
  4. Oct 4, 2026🔉«VATANPARVAR» gazetasining 2026-yil 2-oktabr 40-sonida leytenant Mansur Jabborovning "Sp…
  5. Oct 4, 2026🔉«VATANPARVAR» gazetasining 2026-yil 2-oktabr 40-sonida Harbiy xavfsizlik va mudofaa univ…
  6. Oct 3, 2026#TV "YOSHLAR" Vatanparvar | Quruqlikdagi qo‘shinlar institutida 1-oktabr — O‘qituvchi va m…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →