Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti kursantlari ishtirokida sportning bir qator turlari bo‘yicha yuqori natijalar qayd etildi.
Xususan, kursantlar Bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida umumjamoa hisobida 1-o‘rin, shuningdek, qo‘l jangi bo‘yicha Toshkent shahar ochiq chempionatida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
Musobaqalarda munosib natija ko‘rsatgan kursantlar Universitet boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bu kabi yutuqlar kursantlarning jismoniy tayyorgarligi, irodasi va sportdagi mahorati yuksalib borayotganidan dalolat beradi.
➡️Universitet rasmiy sahifalari:
📱Telegram |📱Instagram |📱Facebook |🇺🇿 akad.uz |📱YouTube


