TGViewer
Channel Public Channel
MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV

@markaziytv

✅ Rasmiy kanalga xush kelibsiz!

📲 Instagramda kuzating:
👉 https://instagram.com/markaziytv

☎️ Murojaat bo'limi: (90) 788 85 79

👉 @fuqaromurojaatbot

🎥 Xabar va yangiliklar uchun: @markaziytvmy5_bot
Subscribers
3K
Photos
972
Videos
12.9K
Links
8.8K
Recent Posts 10 shown
Post #16643 292
Qisqasi, O’zbekiston media bozoridagi eng yirik xalqaro tadbirda ishtirok etmoqda!

🌍 Fransiyaning Kann shahrida o‘tayotgan 100 dan ortiq davlat, jami 10 000 dan ziyod ishtirokchini birlashtirgan MIPCOM xalqaro kontent bozorida Kontent markazi jamoasi ham qatnashmoqda. Tadbir 350 dan ortiq ko‘rgazmachilar va 3 300 tadan ko’proq kontent xaridorini birlashtiradi.

🤝 Unda O’zbekiston delegatsiyasi a’zolari Xitoy, Yaponiya, Turkiya, Hindiston, Singapur va Meksikaning 10 dan ortiq kompaniyasi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Ular 2027-yil 4–5-fevralda bo‘lib o‘tadigan Tashkent Content Market tadbiriga rasman taklif etildi.

🏛 Turkiya, Malayziya, Braziliya va Qatarning media sohasiga mas’ul yirik davlat tashkilotlari bilan ularning yetakchi kompaniyalarini Toshkentga jalb qilish va TCMda stendlar tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

🎬 Shuningdek, “CapCut” vakillari bilan esa TCM forumlarida spiker sifatida qatnashish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. MIPCOM tadbiri 15-oktabrgacha davom etadi.

Do'stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
✅ Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 You Tube
  • ❤ 2
Post #16642 678

Forwarded from Musofir Shou

✨ ODDIY OILANING KATTA ORZUSI VA ENG HAYAJONLI LAHZALAR!

Musofir Shouning yangi 14-sonida o‘zining samimiyligi bilan barchaning qalbini to‘lqinlantirgan qahramonlarimiz ishtirok etishdi. Ular sahnada katta jasorat ko‘rsatib, butun studiyani larzaga keltirgan qiyin tanlov qarshisida qolishdi:
💰 Kafolatlangan katta naqd pulni olib to‘xtashmi yoki
🚗 Barcha tavakkalni bo‘yniga olib, oxirigacha borishmi?

Boshlovchining jiddiy taklifi, oilaviy birdamlik, ko‘z yoshlar va butun zal jim qolgan o‘sha daqiqalar...
👇 To‘liq sonni hoziroq YouTube’da tomosha qiling:
👉 14-SONNI KO‘RISH

————————————

✨ Bugun siz ularning hayajoniga sheriksiz, ertaga esa sahnadagi qahramon aynan siz va sizning oilangiz bo‘lishi mumkin!
O‘z omadingizni sinab ko‘rish va shouda ishtirok etish uchun:
👉 @musofir_shou_bot

📤 Ushbu postni do'stingizga yuboring — birga tomosha qiling va taxmin qiling, kim to'g'ri topadi!
https://youtu.be/FTZvKeb_ChA
https://youtu.be/FTZvKeb_ChA

————————————

MUSOFIR SHOU — BUTUN DUNYODAN ISHTIROK ETING!
Har shanba, MY5 telekanalida, 21:00 da! Batafsil ma'lumot uchun - +998-88-785-17-97

Loyihadan xabardor bo'lish uchun, bizga ijtimoiy tarmoqlarda obuna bo'ling:

📱 Youtube | 📱 Instagram
📱 Tiktok | 📱 Telegram
📹 Rutube
YouTube NAMANGAN 🔥 Super O‘yinda Kutilmagan Burilish: Oxirgi Tanlov Hammasini Hal Qildi! №14 #tv #show #win Musofir Shouning 14-sonida haqiqiy hayajon va kutilmagan daqiqalar! Studiya sahnasida o‘z oilasi bilan ishtirok etayotgan qahramonlarimiz katta tanlov qarshisida qolishdi: kafolatlangan katta naqd pulni olib o‘yinni to‘xtatishmi yoki tavakkal qilib Super…
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #16636 988

Forwarded from MY5 TV

⚡ BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasida O‘zbekistonning pozitsiyasi bildirildi

BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida 130 ga yaqin davlat delegatsiyalari qatorida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Sessiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi.

Nutqda bugungi dunyoda ziddiyatlar tobora kuchayib, o‘zaro ishonch susayib borayotgan bir sharoitda O‘zbekistonning aniq pozitsiyasi bayon etildi:
“Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot. Biz tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdorimiz.”

Nutqda, shuningdek, Markaziy Osiyodagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li va aholining turmush darajasi yaxshilanayotgani, BMTning bugungi dunyodagi o‘rni, Afg‘oniston masalasi, bolalar huquqlari va demografik barqarorlik, Orol fojiasi va ekologik muammolar, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi va ayollar huquqlari, Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda inson qadrini ulug‘lash kabi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tildi.
“Bugun hech bir davlat global muammolarni yolg‘iz o‘zi hal eta olmaydi. O‘zbekiston ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etish yo‘lida munosib hissasini qo‘shishga doimo tayyor.”


Do'stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
✅ Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 You Tube
  • ❤ 3
Post #16635 835

Forwarded from MY5 TV

#KelajakMarkazlari
#JadidlarIzidan

📢 “JADIDLAR IZIDAN” TANLOVINING UCHINCHI MAVSUMI BOSHLANMOQDA!

Jadidlar boshlagan ma’rifat yo‘lini bugun bilimli, izlanuvchan va mustaqil fikrlaydigan yoshlar davom ettiradi. Bu safda siz ham bo‘ling!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak” markazi tomonidan tashkil etilayotgan “Jadidlar izidan” respublika ko‘rik-tanlovining uchinchi mavsumiga start berilmoqda.

Tanlov:

🔸 6–8-sinf o‘quvchilari;
🔸 9–10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar jadidlar merosini o‘rganadi, asarlarini tahlil qiladi hamda ular ilgari surgan g‘oyalarga bugunning nigohi bilan baho beradi. Bellashuvlar tuman va shahar, hududiy hamda respublika bosqichlarida tashkil etiladi.

🏆 G‘oliblarni munosib imkoniyatlar kutmoqda:

✈️ finalda eng yuqori natija qayd etgan 14 nafar o‘quvchi xorijiy ta’lim sayohatida ishtirok etadi;

🎓 respublika bosqichida birinchi o‘rinni egallagan bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalarining kasbiy yoki ijodiy imtihonida sohaga oid fan bo‘yicha eng yuqori ball olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🗓 Arizalar 15-oktabrga qadar qabul qilinadi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish va tanlov nizomi bilan tanishish:
jadidlarizidan.uz
✅6-8-sinf
✅9-10-sinf

Maktabingizdagi “Jadidlar izidan” klubida tayyorgarlikni bugunoq boshlang!

📚 JADIDLAR MEROSINI BIRGALIKDA O'RGANAMIZ!

#JadidlarIzidan #KelajakMarkazi #YoshlarTanlovi #JadidlarMerosı #KitobxonYoshlar
Post #16634 804

Forwarded from MY5 TV

❗️”Biz sizni yaxshi ko‘ramiz”

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi 24/7 ishlaydigan ko‘chaga tashrif buyurdi.

Do'stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
✅ Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 You Tube
  • ❤ 1
Post #16633 991

Forwarded from Kontent markazi | Rasmiy

⚡️ Ilk marotaba Tashkent Content Market bo‘lib o‘tadi

🗓 2027-yil 4–5-fevral kunlari Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz”da Tashkent Content Market xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tadi.

😀 5 500 kvadrat metr maydonda tashkil etiladigan tadbirda 50 dan ortiq davlatdan 3 000 nafardan ziyod kontent yaratuvchilar, prodyuserlar, xaridorlar, investorlar va media kompaniyalar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

🦋 Kontent markazi tomonidan tashkillashtirilayotgan Tashkent Content Market ko‘lami, xalqaro ishtirokchilar soni va boy dasturi bilan mintaqadagi eng yirik media tadbirga aylanishi kutilmoqda.

😃 Tadbir ko‘rgazmalar, B2B uchrashuvlar, forumlar, skrininglar va mahorat darslarini yagona maydonda birlashtiradi.

😘 Tadbirda ishtirok etish va batafsil ma’lumot olish uchun www.TCM.uz saytiga tashrif buyuring.

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹YouTube 🔹Linkedin 🌍Veb-sayt
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #16632 2.79K
🇺🇿 Yillar davomidagi armonlar ortda qoldi — O‘zbekiston ilk bor Jahon chempionatida!

⚽️ Bu tarixiy muvaffaqiyat — futbolga kirib kelgan haqiqiy adolat va Prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlarining yaqqol natijasidir.

✨ Orzular haqiqatga aylangan davr keldi. O‘zbek futbolida tarix yozgan, Vatan nomini dunyoga ko‘rsatib qo‘ygan oltin avlodga olqishlar bo‘lsin!

#oqborilar #futbol #olgaozbekiston
Do’stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
😎Telegram 📱Instagram
  • 👍 13
  • ❤ 6
  • 🔥 3
  • 🤬 1
Post #16631 2.46K

Forwarded from MY5 TV

🇺🇿 Prezidentimiz terma jamoamizning ruhini ko‘tardi:
"Futbolchilarimiz juda katta tajribali jamoaga qarshi kuchli xarakterini ko‘rsatdi. Biz uchun birinchi jahon chempionatida birinchi golimiz - bu ham g‘alaba".


Do’stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
✅ Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 You Tube
  • 👍 7
  • 👏 1
Post #16630 2.34K

Forwarded from MY5 TV

Prezidentga berilgan va’da bajarildi: bugun o’zbek futboli haqidagi katta hujjatli film namoyish etiladi!

Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShda vatandoshlar bilan o’tkazgan uchrashuvi paytida Otabek Mahkamov o’zbek futbolining 100 yildan ortiq boy tarixi bo’yicha hujjatli film olishni va’da qilgan edi. Va nihoyat, o’sha uzoq kutilgan hujjatli film tayyor!

“O’zbek futboli: Orzu, sabr va g’urur tarixi” filmining eksklyuziv premyerasi bugun, 17 iyun kuni “MY5” telekanalida soat 23:10 da namoyish etiladi.

O’zbek futboli qanday qiyinchiliklarni yengib o’tgani va bugungi g’ururimiz qaerdan kelganini o’z ko’zingiz bilan ko’ring!

Do’stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
✅ Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 You Tube
  • 👍 3
Post #16620 2.42K

Forwarded from MY5 TV

Moskva shahriga uch kunlik tashrif davomida delegatsiyamiz Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko, Administratsiya rahbarining o‘rinbosari – Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Prezidentning strategik sheriklik va hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Vadim Titov, Prezidentning jamoat loyihalari boshqarmasi boshlig‘i Sergey Novikov hamda Prezidentning AKT va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Tatyana Matveyeva bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Shuningdek, Rossiyaning qator jamoat va yoshlar tuzilmalari, kreativ va media tashkilotlari vakillari bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Asosiy e’tibor muntazam professional muloqotni rivojlantirish, matbuot xizmatlari, tahlil markazlari va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, qo‘shma ta’lim tadbirlarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Boshqaruv kadrlarini tayyorlashga ixtisoslashgan zamonaviy markaz – “Senej” boshqaruv ustaxonasi faoliyati bilan tanishuv katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘tkazilgan uchrashuvlar tomonlarning media va kommunikatsiyalar sohasida ochiq muloqotga, tajriba almashishga hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini tasdiqladi.

Do’stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
✅ Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 You Tube
  • ❤ 4
  • 👏 1
Older posts →

About this channel

How can I read @markaziytv without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV have?
MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV (@markaziytv) has 3K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →