TGViewer
MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV @markaziytv · 2.99K subscribers
Post #16620 2.43K

Forwarded from MY5 TV

Moskva shahriga uch kunlik tashrif davomida delegatsiyamiz Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko, Administratsiya rahbarining o‘rinbosari – Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Prezidentning strategik sheriklik va hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Vadim Titov, Prezidentning jamoat loyihalari boshqarmasi boshlig‘i Sergey Novikov hamda Prezidentning AKT va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Tatyana Matveyeva bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Shuningdek, Rossiyaning qator jamoat va yoshlar tuzilmalari, kreativ va media tashkilotlari vakillari bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Asosiy e’tibor muntazam professional muloqotni rivojlantirish, matbuot xizmatlari, tahlil markazlari va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, qo‘shma ta’lim tadbirlarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Boshqaruv kadrlarini tayyorlashga ixtisoslashgan zamonaviy markaz – “Senej” boshqaruv ustaxonasi faoliyati bilan tanishuv katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘tkazilgan uchrashuvlar tomonlarning media va kommunikatsiyalar sohasida ochiq muloqotga, tajriba almashishga hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini tasdiqladi.

Do’stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
✅ Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 You Tube
  • ❤ 4
  • 👏 1
More from @markaziytv
  1. Oct 16, 2026🦋 Kontent markazi 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan "Ona tili — umumxalq m…
  2. Oct 13, 2026Qisqasi, O’zbekiston media bozoridagi eng yirik xalqaro tadbirda ishtirok etmoqda! 🌍 Fran…
  3. Oct 3, 2026✨ ODDIY OILANING KATTA ORZUSI VA ENG HAYAJONLI LAHZALAR! Musofir Shouning yangi 14-sonida…
  4. Sep 24, 2026⚡ BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasida O‘zbekistonning pozitsiyasi bildirildi BMT Bosh Ass…
  5. Sep 21, 2026#KelajakMarkazlari #JadidlarIzidan 📢 “JADIDLAR IZIDAN” TANLOVINING UCHINCHI MAVSUMI BOSHL…
  6. Sep 18, 2026❗️”Biz sizni yaxshi ko‘ramiz” Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi 24/7 ishlaydig…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →