TGViewer
MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV @markaziytv · 3K subscribers
Post #16636 989

Forwarded from MY5 TV

⚡ BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasida O‘zbekistonning pozitsiyasi bildirildi

BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida 130 ga yaqin davlat delegatsiyalari qatorida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Sessiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi.

Nutqda bugungi dunyoda ziddiyatlar tobora kuchayib, o‘zaro ishonch susayib borayotgan bir sharoitda O‘zbekistonning aniq pozitsiyasi bayon etildi:
“Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot. Biz tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdorimiz.”

Nutqda, shuningdek, Markaziy Osiyodagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li va aholining turmush darajasi yaxshilanayotgani, BMTning bugungi dunyodagi o‘rni, Afg‘oniston masalasi, bolalar huquqlari va demografik barqarorlik, Orol fojiasi va ekologik muammolar, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi va ayollar huquqlari, Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda inson qadrini ulug‘lash kabi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tildi.
“Bugun hech bir davlat global muammolarni yolg‘iz o‘zi hal eta olmaydi. O‘zbekiston ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etish yo‘lida munosib hissasini qo‘shishga doimo tayyor.”


Do'stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
✅ Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 You Tube
  • ❤ 3
More from @markaziytv
  1. Oct 13, 2026Qisqasi, O’zbekiston media bozoridagi eng yirik xalqaro tadbirda ishtirok etmoqda! 🌍 Fran…
  2. Oct 3, 2026✨ ODDIY OILANING KATTA ORZUSI VA ENG HAYAJONLI LAHZALAR! Musofir Shouning yangi 14-sonida…
  3. Sep 21, 2026#KelajakMarkazlari #JadidlarIzidan 📢 “JADIDLAR IZIDAN” TANLOVINING UCHINCHI MAVSUMI BOSHL…
  4. Sep 18, 2026❗️”Biz sizni yaxshi ko‘ramiz” Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi 24/7 ishlaydig…
  5. Sep 15, 2026⚡️ Ilk marotaba Tashkent Content Market bo‘lib o‘tadi 🗓 2027-yil 4–5-fevral kunlari Toshk…
  6. Jun 20, 2026🇺🇿 Yillar davomidagi armonlar ortda qoldi — O‘zbekiston ilk bor Jahon chempionatida! ⚽️…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →