TGViewer
MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV MARKAZIY STUDIYA | MY5 TV @markaziytv · 2.99K subscribers
Post #16643 345
Qisqasi, O’zbekiston media bozoridagi eng yirik xalqaro tadbirda ishtirok etmoqda!

🌍 Fransiyaning Kann shahrida o‘tayotgan 100 dan ortiq davlat, jami 10 000 dan ziyod ishtirokchini birlashtirgan MIPCOM xalqaro kontent bozorida Kontent markazi jamoasi ham qatnashmoqda. Tadbir 350 dan ortiq ko‘rgazmachilar va 3 300 tadan ko’proq kontent xaridorini birlashtiradi.

🤝 Unda O’zbekiston delegatsiyasi a’zolari Xitoy, Yaponiya, Turkiya, Hindiston, Singapur va Meksikaning 10 dan ortiq kompaniyasi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Ular 2027-yil 4–5-fevralda bo‘lib o‘tadigan Tashkent Content Market tadbiriga rasman taklif etildi.

🏛 Turkiya, Malayziya, Braziliya va Qatarning media sohasiga mas’ul yirik davlat tashkilotlari bilan ularning yetakchi kompaniyalarini Toshkentga jalb qilish va TCMda stendlar tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

🎬 Shuningdek, “CapCut” vakillari bilan esa TCM forumlarida spiker sifatida qatnashish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. MIPCOM tadbiri 15-oktabrgacha davom etadi.

Do'stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
✅ Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 You Tube
  • ❤ 2
More from @markaziytv
  1. Oct 16, 2026🦋 Kontent markazi 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan "Ona tili — umumxalq m…
  2. Oct 3, 2026✨ ODDIY OILANING KATTA ORZUSI VA ENG HAYAJONLI LAHZALAR! Musofir Shouning yangi 14-sonida…
  3. Sep 24, 2026⚡ BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasida O‘zbekistonning pozitsiyasi bildirildi BMT Bosh Ass…
  4. Sep 21, 2026#KelajakMarkazlari #JadidlarIzidan 📢 “JADIDLAR IZIDAN” TANLOVINING UCHINCHI MAVSUMI BOSHL…
  5. Sep 18, 2026❗️”Biz sizni yaxshi ko‘ramiz” Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi 24/7 ishlaydig…
  6. Sep 15, 2026⚡️ Ilk marotaba Tashkent Content Market bo‘lib o‘tadi 🗓 2027-yil 4–5-fevral kunlari Toshk…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →