TGViewer
Channel Public Channel
Marifat Jamal | Fikrlar (Uzbek)

Marifat Jamal | Fikrlar (Uzbek)

@marifatjamal

O’zim to’g’ri deb hisoblagan hamma narsa haqida yozaman)

Hamkorlik va tavsiyalar uchun👇
https://t.me/Marifat_Jamal_bot
Subscribers
14.4K
Photos
118
Videos
71
Links
124
Recent Posts 19 shown
Post #634 4.61K
va har bir dars meni Islomga qaytaradi...

Professor McDermott juda ham xotirjam inson. 15 tacha o'quvchi bilan o'tadigan darsimiz shunaqa tinch o'tadiki, o'quvchilarning nafas olishigacha eshitsa bo'ladi. Savol o'rtaga tashlanadi va butun auditoriya jimlikka g'arq bo'ladi. Eng qizig'i, o'sha jimlikni hech kim to'ldirishga shoshilmaydi, aynan shu payt hamma yanayam chuqurroq o'ylayotgandek tuyuladi. Men hech qachon gumanitar fanlarni, adabiyotni yaxshi ko'rmaganman, ora-orada she'r o'qib turishimni hisobga olmasa.

Lekin bu qandaydir o'zgaryapti.

Bu darsda biz Osiyoning eng qadimiy muqaddas kitoblarini o'qib, tahlil qilamiz. Birinchi darsdayoq ustoz "Nima uchun bu fanni o'rganyapsiz?" deb so'raganida, shunday javob bergandim: "Men musulmonman va Islom dinini eng to'g'ri din deb bilaman, bu o'zgarmaydi. Lekin turli dinlar qanday talqin qilinishini ko'rish men uchun qiziq."

Oradan bir oy o'tdi. Va bir narsani sezdim: biz o'qigan har bir kitobda dunyo ikkiga bo'lingan. Va har safar men ongli ravishda Islomga qaytaman.

Chunki har safar bitta kitobning o'zi ikki xil gapiradi...

Rig Vedani o'qish bilan boshladik. U Hindistonning eng qadimiy muqaddas kitobi, 3000 yildan oshgan madhiyalar to'plami. Bir madhiyada Indra eng buyuk xudo. Boshqasida Agni (olov xudosi), yana birida Varuna. Har biri o'z navbatida "eng oliy" deb maqtaladi. Keyin bir madhiyada: haqiqat bitta, donishmandlar uni turli nomlar bilan ataydi, deyiladi. Shunda savol: ko'p xudo bormi yoki bitta haqiqat? Kitob ikkalasini ham aytadi va oxirgi xulosani o'quvchiga qoldiradi. Yaratilish madhiyasi esa shubha bilan tugaydi: balki yaratuvchi biladi yoki u ham bilmas.

Keyin Vedalardan so'ng yozilgan, ustoz va shogird suhbatlaridan iborat Upanishadlarni o'qidik. Bir Upanishadda ota o'g'liga suvga tuz solib ko'rsatadi: tuz ko'rinmaydi, lekin hamma joyda bor. Oliy haqiqat ham shunday, ko'zga ko'rinmaydi, lekin hamma narsaning ichida bor. "Sen o'shasan".Ya'ni inson ruhi va oliy haqiqat aslida bitta. Inson Xudodan ajralgan emas, uning bir qismi.Boshqa bir Upanishadda esa bitta daraxtda ikki qush o'tiradi: biri inson ruhi, biri oliy ruh. Ular alohida. Bu yerda ham o'sha ikkilik: inson va Xudo bittami yoki alohidami? Agar inson va Xudo bitta bo'lsa, inson o'zini Xudo deb bilishi kerak. Agar alohida bo'lsa, inson Unga intilishi, Unga qarashi kerak.Keyinchalik hind falsafasi aynan shu savol ustida bo'limlarga bo'linib ketgan.

Keyin hindlarning eng mashhur muqaddas kitobi bo'lgan Bhagavad Gitani o'rgandik. Unda jang oldidan jangchi Arjuna va Krishna o'rtasidagi suhbat chuqur ta'riflanadi. Krishna ezgu fazilatlar qatorida zo'ravonlik qilmaslikni sanaydi, lekin Arjunani jang qilishga undaydi. "Natijaga bog'lanma" deydi, keyin esa: "o'lsang jannatga borasan, g'alaba qilsang yer yuziga egalik qilasan" deb natija va'da qiladi. Unda natija muhimmi yoki yo'qmi?

Buddizmda undan ham qizig'i... Bu shahzoda Siddxarta, ya'ni Budda boshlagan ta'limot. Budda doimiy "men" yo'q, ruh yo'q, deydi. Lekin qilgan amallaring keyingi hayotingga o'tadi, inson qayta tug'iladi, deydi. Agar "men" bo'lmasa, kim qayta tug'iladi? Buddistlarning o'zlari ham bu savol ustida asrlar davomida bahslashgan.

Bu matnlar ko'p asrlar davomida, ko'p odamlar tomonidan yozilgan. Ularda insonning haqiqatni izlashi ko'rinadi: chuqur, samimiy, lekin ba'zan o'zi bilan o'zi bahslashib.

Shunda men Niso surasidagi oyatni eslayman: "Ular Qur'onni tadabbur qilmaydilarmi? Agar u Allohdan boshqaning huzuridan bo'lganida, unda ko'p ixtiloflarni topgan bo'lur edilar" (Niso, 82).

Bu oyatda ikki narsa bor.

Birinchisi, oyat savol bilan boshlanadi: tadabbur qilmaydilarmi? Ya'ni o'ylab, chuqur mulohaza qilib o'qimaydilarmi? Alloh bizdan ko'r-ko'rona ishonishni emas, o'qib, tahlil qilib ko'rishni so'rayapti. Aynan biz darsda qilayotgan ish.

Ikkinchisi, oyat o'zini tekshirishga chaqiradi: agar bu kitob insondan bo'lganida, unda ko'p ziddiyat bo'lardi. Chunki inson o'zgaradi. Kayfiyati, sharoiti, bilimi o'zgaradi. Bugun aytgani ertangisiga zid kelib qolishi judayam tabiiy.

Qur'on esa 23 yil davomida nozil bo'lgan. Makkada va Madinada, tinchlikda va urushda. Shuncha yil, shuncha holatda, lekin Yaratuvchi haqidagi gap bitta: U yagona, U biladi, U bilan yaratilgan hech qachon bitta bo'lmaydi.

O'qigan kitoblarimiz asrlar davomida, ko'p qo'llar orqali yozilgan va ular o'zi bilan o'zi bahslashadi. Qur'on esa bahslashmaydi.

Va shuning uchun ham har darsda qaytadan Musulmon bo'lyabman.
  • ❤ 395
  • 🔥 97
  • 👏 47
  • 👍 23
  • 🥰 8
  • 🤩 4
  • 🎉 3
  • 😁 1
Post #633 4.5K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤ 101
  • 🔥 47
  • 🥰 23
  • 🎉 21
  • 👍 12
  • 😢 2
  • 🤩 2
  • 😁 1
Post #632 8.61K
Va endi oilaviy bayramlarni shunday tomosha qilasan💔
  • ❤ 255
  • 😢 123
  • 🔥 43
  • 🤩 17
  • 👏 10
  • 😁 1
  • 🎉 1
Post #629 11.8K
Soat 19:24. Katta leksiya zalida, taxminan 200 tacha talaba bilan kimyo lektsiyasida o'tiribmiz. Professor yakuniy, lekin eng kulminatsion tushunchalarni berayotgan edi. Soatga qaramasangiz, professor jon-jahdi bilan tushuntirayotganidan dars tugaganini sezmaysiz.

19:25... Professor oxirgi jumlasini tugatib, "savollar bormi?" demasdan, hall yarmidan ko'pi narsalarini yig'ishtirib chiqib ketishga tushishdi.

Amerikadagi aynan shu madaniyatga ko'nikib ololmasam kerak. To'g'ri, ustoz va o'quvchi orasidagi masofa kamayishi ustozni approachable (ya'ni murojaat qilishga osonroq) qiladi, va o'quvchi oson yordam so'raydi. Lekin bir tarafdan, Islom umuman boshqa narsani o'rgatadi.

Bizda ustoz shunchaki bilim beruvchi emas, hurmat qilinishi kerak bo'lgan maqom, menimcha. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) shunday deganlar: "Menga bir harf o'rgatgan kishining quliman. Xohlasa sotsin, xohlasa qullikdan ozod qilsin, xohlasa qul qilib ishlatsin." Ustozning oldida ovozni pasaytirish, uni tinglab bo'lmasdan turib chiqib ketmaslik, bularni barchasi menga kichikligimdan singdirilgan ayamni sharofatlari bilan.

Shuning uchun 19:25da hallning yarmi chiqib ketayotganida, men o'zimni g'alati his qildim. Bu hurmatsizlik emasligini aqlan tushunaman. Shunchaki boshqa tizim, boshqa madaniyat...

Balki ikkalasi ham to'g'ridir. Yaqinlik yordam so'rashni osonlashtiradi, hurmat esa ilmni qadrlashni o'rgatadi va ilm yuqishiga sabab bo'ladi. Bilmadim...

Siz nima deb o'ylaysiz?
  • ❤ 216
  • 🔥 61
  • 👏 26
  • 🥰 12
  • 🤩 9
  • 👍 4
  • 😢 4
  • 🎉 2
Post #628 12.3K
Marifat Jamal | Fikrlar (Uzbek) https://youtu.be/hdinjjgAv_s?si=mSKdk0Tj7aDIL9Ax
Vlog yaxshiroq sifatga o'tdi. Man vanihoyat youtubega post qilishni epladim😂

Ochki taqmasdan 4k da ko'rsela bo'ladi)😎
  • ❤ 135
  • 😁 59
  • 👍 22
  • 🔥 14
  • 🎉 5
Post #625 12.1K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤ 260
  • 🥰 48
  • 😁 33
  • 🔥 30
  • 🎉 22
  • 🤩 12
  • 👍 5
  • 👏 5
Post #624 12.5K
Assalomu alaykum, deyarli 1 oydan beri aytarli post qo'ymadim.

Qaytuv qilish vaqti keldi, menimcha.

Oxirgi paytlarda ko'p narsani o'yladim. Aslida vaqtim o'ylaganimdan ko'ra ko'proq ekanini, va uni nimalar bilan to'ldirayotganimga ahamiyat berdim. Tushunishingiz uchun, men oldin ko'p vaqtni oilaviy o'tkazishga harakat qilardim, va tabiiyki, kunlar tezlashib ketgandek tuyulardi. Hozir bitta o'zim bu yerda bo'lganim uchun vaqt o'tishi ancha sekin, va men bunga moslashyapman.

Bilasiz, hozir o'zim yillar davomida orzu qilgan joydaman, va juda ko'p sayohat qilishga imkonim, sharoitim bor. Toshkentda ham ishlar ancha qizg'in ketyapti. Yangi filial, jamoa kengayishi, yangi loyihalar... Oilam ham tinch va baxtli.

O'zimga savol berdim: agar 6 yil oldin ketganimda ham shunday bo'larmidi? Hozirgidek bemalol yangi soha o'rganolarmidim? Xohlagan paytim xohlagan narsamni sotib ololarmidim? Yoki professorlar va kursdoshlarim oldida tilim ikki qarich bo'lolarmidi (o'zimga bo'lgan ishonchni nazarda tutyapman)?

Menimcha, yo'q.

Endi sizga million marta aytilgan gapni aytaman. Niyatlar, vaqti soatida va eng chiroyli holatida amalga oshadi. Va bunga o'zim dalilman. O'ta katta niyat qilishdan va duo qilishdan to'xtamang.

Hamma "harakat ham qilish kerak" deydi. Men ba'zida o'zim ham orzularimni qanday amalga oshirishni bilmayman. Lekin o'sha menga kelayotgan "vision" amalga oshishi uchun duo qilaveraman va bunga ishonaman.

Ta'sirliroq tugatmoqchidim, o'xshamadi🥲
  • ❤ 321
  • 🔥 105
  • 👏 28
  • 😁 20
  • 🥰 10
  • 👍 6
  • 🎉 4
  • 🤩 2
Post #623 10.3K
Yangi yilda qilingan vision board (orzular xaritasi) edi💚
  • ❤ 155
  • 🔥 48
  • 🥰 21
  • 🎉 13
  • 👏 9
  • 🤩 5
Post #622 12.8K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤ 256
  • 🔥 76
  • 🥰 64
  • 🤩 37
  • 👍 18
  • 😢 3
  • 🎉 3
Post #621 15K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤ 424
  • 🔥 189
  • 🥰 109
  • 🤩 55
  • 👍 31
  • 🎉 11
  • 😁 7
  • 😢 2
Post #620 16.2K
Uyg’otvorsin kimdir mani🥹🩵
  • ❤ 682
  • 🥰 179
  • 🎉 149
  • 🔥 72
  • 🤩 29
  • 👍 13
  • 😢 12
  • 👏 8
  • 😁 1
Post #618 12.9K
Yo’l yursak ham mo’l yurdik😂


Bismillah deb Nyu-Yorkdagi sahifalarni boshlaymiz🩵
Men bilanmisiz?)
  • ❤ 338
  • 🤩 98
  • 🔥 53
  • 🎉 24
  • 👍 11
  • 😁 5
  • 🥰 4
  • 👏 3
Post #617 11.5K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤ 119
  • 🔥 49
  • 🤩 35
  • 🥰 15
  • 👏 10
Post #616 14.1K
📍Istanbul, Turkiya)
  • ❤ 254
  • 🔥 85
  • 😢 40
  • 🥰 18
  • 🤩 10
Post #615 15.8K
Adolat yo’q deymiz, ba’zi holatlarni ko’rib. Lekin Al-Adlning adolati doimo benuqson.

Bir necha yil oldin qattiq tuhmatga qolgandim. Bu men uchun eng qiyin paytlardan biri edi, chunki tuhmat eng qadrli deb bilgan odamlarimdan kelgandi.

O’shanda “adolat qayerda” deb ko’p o’yladim. Lekin qarangki, yillar o’tsa ham, Alloh haqiqatni ko’rsatdi.
  • ❤ 237
  • 👏 63
  • 🔥 41
  • 🤩 19
  • 👍 7
  • 😢 7
  • 🥰 4
  • 😁 2
Post #614 12.4K
Ayajonim: “Ikki yuz ming pulim bor, nima qilib berey? Yuvelik vizengni)”

Men: “Yo’g’e, men sizga berey”

Ayajonim: “Yo’q, mayli, men suyunchi qilib beryapman”

Men: 🥹❤️

Taxminan 5sekunddan keyin, sumkasini titib…

Ayajonim: “Voy, ishlatib qo’yibman-ku”🤭



Tugadi😂
  • 😁 642
  • ❤ 87
  • 🔥 45
  • 🥰 19
  • 👏 6
  • 🤩 1
Post #613 12.9K
Ketvommiza shekilli))
  • 🎉 420
  • ❤ 155
  • 🔥 74
  • 🥰 23
  • 👏 16
  • 😢 15
  • 🤩 11
  • 👍 5
Post #612 11.5K
Har doimgi o'sha tan olish oson lekin amalda qo'llash qiyin bo'lgan mavzulardan biri)

Tunov kuni kechasi opam yonimga keldilar. Keyin "Ma'rifat vizez chiqadiyu lekin agar chiqmasayam umuman siqilmen" dedilar. Hayron bo'ldim nimaga unaqa deyotganlariga. Keyin 1.5 soatcha gaplashdik.

Suhbatimiz hayron qolish bilan boshlanib, yig'lash bilan davom etib, oxiri shukur qilish bilan tugadi. Detallarini aytmayman, chunki bu bir inson hayoti haqida, lekin xulosa qilib beraman. Bu mavzuda oldinam gapirganman.

Biror narsani qattiq niyat qildingizu lekin nasib qilmasa katta ishonch bilan aytolamanki sizni Hudo himoyalabdi. Va bu himoya har doim "siz qolib ketgan reysingiz falokatga uchradi va Hudo aynan sizni saqlab qoldi" kabi aniq bo'lmasligi mumkin. Ba'zi hollarda o'zingiz o'tirib tafakkur qilishingiz kerak.

Buni qanaqa bilamiz, balki o'zimizni yupatayotgandirmiz?

Umuman olganda bu meni falsafam emas, Qur'onda aniq aytilgan. "Shoyadki yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladi, siz bilmaysiz" (2:216).

Oyat "balki" yoki "ehtimol" bilan cheklanib qolmaydi. U to'g'ridan-to'g'ri aytadi, siz yuragiz ezilib so'rayotgan narsangiz zarar bo'lishi mumkin, yoqtirmagan narsangiz esa yaxshilik. Va oxiri bizmas u biladi. Va mana shu bizning chegaramiz. Biz hozirni ko'ramiz, U butun yo'lni ko'radi.

"Masalan, men 5 oy tayyorlangan imtihondan o'tolmadim. Hudo meni nimadan himoyalayotgan bo'lishi mumkin?"

Savol judayam haqli. Va aynan shu yerda boyagi aqlimiz ishlamay qoladi, chunki sabab bittada ko'rinmaydi.

Rostini aytsam, menam sizga "Hudo sizni falonchidan himoyalagan" deb aniq javob berolmayman. Buni faqat o'zi biladi. Lekin savolni boshqacha qo'yish mumkin, o'sha imtihon o'tganingizda hayotingiz qanday davom etardi?

Balki o'sha kursga, o'sha ishga, o'sha odamlarga bog'lanib qolardiz, va balki keyinroq bu sizga to'g'ri kelmasligi ma'lum bo'lar. Balki 5 oylik tayyorgarlik sizga keyinroq boshqa joyda kerak bo'ladigan bilim va sabr berdi, va siz buni hali ko'rmayotgandirsiz. Balki o'sha muvaffaqiyatsizlik sizni ahmoqona g'ururdan saqladi, chunki oson kelgan narsa ko'pincha qadrsizlanadi.

Bularning hech biri isbot emas. Men "aniq shuning uchun bo'ldi" deb aytmayabman. Lekin oyat aynan shuni o'rgatadi, siz bilmasligingiz mumkinligini tan olish, va shu bilan birga Allohga ishonch qo'yish.
  • ❤ 251
  • 🔥 34
  • 🤩 26
  • 👍 20
  • 😢 12
  • 👏 7
  • 🎉 5
  • 🥰 3
Older posts →

About this channel

How can I read @marifatjamal without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Marifat Jamal | Fikrlar (Uzbek): recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Marifat Jamal | Fikrlar (Uzbek) have?
Marifat Jamal | Fikrlar (Uzbek) (@marifatjamal) has 14.4K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Marifat Jamal | Fikrlar (Uzbek) know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →