Har doimgi o'sha tan olish oson lekin amalda qo'llash qiyin bo'lgan mavzulardan biri)
Tunov kuni kechasi opam yonimga keldilar. Keyin "Ma'rifat vizez chiqadiyu lekin agar chiqmasayam umuman siqilmen" dedilar. Hayron bo'ldim nimaga unaqa deyotganlariga. Keyin 1.5 soatcha gaplashdik.
Suhbatimiz hayron qolish bilan boshlanib, yig'lash bilan davom etib, oxiri shukur qilish bilan tugadi. Detallarini aytmayman, chunki bu bir inson hayoti haqida, lekin xulosa qilib beraman. Bu mavzuda oldinam gapirganman.
Biror narsani qattiq niyat qildingizu lekin nasib qilmasa katta ishonch bilan aytolamanki sizni Hudo himoyalabdi. Va bu himoya har doim "siz qolib ketgan reysingiz falokatga uchradi va Hudo aynan sizni saqlab qoldi" kabi aniq bo'lmasligi mumkin. Ba'zi hollarda o'zingiz o'tirib tafakkur qilishingiz kerak.
Buni qanaqa bilamiz, balki o'zimizni yupatayotgandirmiz?
Umuman olganda bu meni falsafam emas, Qur'onda aniq aytilgan. "Shoyadki yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladi, siz bilmaysiz" (2:216).
Oyat "balki" yoki "ehtimol" bilan cheklanib qolmaydi. U to'g'ridan-to'g'ri aytadi, siz yuragiz ezilib so'rayotgan narsangiz zarar bo'lishi mumkin, yoqtirmagan narsangiz esa yaxshilik. Va oxiri bizmas u biladi. Va mana shu bizning chegaramiz. Biz hozirni ko'ramiz, U butun yo'lni ko'radi.
"Masalan, men 5 oy tayyorlangan imtihondan o'tolmadim. Hudo meni nimadan himoyalayotgan bo'lishi mumkin?"
Savol judayam haqli. Va aynan shu yerda boyagi aqlimiz ishlamay qoladi, chunki sabab bittada ko'rinmaydi.
Rostini aytsam, menam sizga "Hudo sizni falonchidan himoyalagan" deb aniq javob berolmayman. Buni faqat o'zi biladi. Lekin savolni boshqacha qo'yish mumkin, o'sha imtihon o'tganingizda hayotingiz qanday davom etardi?
Balki o'sha kursga, o'sha ishga, o'sha odamlarga bog'lanib qolardiz, va balki keyinroq bu sizga to'g'ri kelmasligi ma'lum bo'lar. Balki 5 oylik tayyorgarlik sizga keyinroq boshqa joyda kerak bo'ladigan bilim va sabr berdi, va siz buni hali ko'rmayotgandirsiz. Balki o'sha muvaffaqiyatsizlik sizni ahmoqona g'ururdan saqladi, chunki oson kelgan narsa ko'pincha qadrsizlanadi.
Bularning hech biri isbot emas. Men "aniq shuning uchun bo'ldi" deb aytmayabman. Lekin oyat aynan shuni o'rgatadi, siz bilmasligingiz mumkinligini tan olish, va shu bilan birga Allohga ishonch qo'yish.
Post #612
11.5K
- ❤ 251
- 🔥 34
- 🤩 26
- 👍 20
- 😢 12
- 👏 7
- 🎉 5
- 🥰 3