TGViewer
Channel Public Channel
Mabrur | Dasturlash va AI

Mabrur | Dasturlash va AI

@mabrur_dev

💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Subscribers
5.02K
Photos
857
Videos
108
Links
558

Showing posts older than #1819 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #1818 4.07K
Post #1817 3.99K
Saud Abdulwahed Dictator kechirmaydi. Kim yutishi aniq. Qudratimga shubha qilsang men urgan gollarga boq. - Kylian Dictator
Demokratiya turganda Diktaturagayam muxlislik qiladimi odam )

Keyingi safar komanda tanlashda tekin maslahat beraman bro😂
  • 😁 58
  • 💯 5
  • ❤ 3
  • 🔥 1
  • 👨‍💻 1
Post #1816 4.32K
Mabrur | Dasturlash va AI Spain or Spain?
Nuqta!
  • 🔥 22
  • 👨‍💻 6
  • 💯 5
  • ❤ 2
Post #1815 14.4K
Spain or Spain?
  • 👎 49
  • 🔥 45
  • 😁 10
  • ❤ 6
  • 👍 2
Post #1814 3.8K
Kontent qiladiganlarni og'rig'i )

Palon pulga studiyaga borasan, video olasan, $150-200 berib montaj qildirasan, asablaringni buzib Uztelecomni interneti bilan videoni upload qilasan.

Keyin shunaqa kommentlar seni kutib turadi😂
  • 😁 62
  • 👍 7
  • ❤ 2
Post #1813 3.79K
Baribir Shin Ramyun zo'r! Doshirak bo'midi )

Buldak one love
  • 😁 60
  • ❤ 5
Post #1812 4.53K
Mabrur | Dasturlash va AI Codexni bosib ishlatvolilar, yaqin soatlarda reset berishadi usagelarga
OpenAI oxirgi paytlarda ChatGPT appida ancha yaxshi yurishlar qilyapti. Hozir ular GPT-5.6 Sol uchun inference optimizatsiya qilganini va bu bizga tahminan oldingiga nisbatan 10% ko'proq foydalanish imkonini berishini aytib chiqishdi. Bundan tashqariyam, aytishlaricha ortiqcha usage ketishiga sabab bo'layotgan ba'zi narsalarni aniqlab, optimizatsiya qilib chiqishipti.

Anthropic oxirgi paytlar shu narsalarda juda "ziqna" bo'lib ketgandi. Limit, usage tarafdan iloji boricha siqishga urinyapti va ko'pchilikda e'tirozlar kuchayib ketyapti. Raqibi shu nuqtadan unumli foydalanyapti.

Hullas, OpenAI hozircha foydalanuvchilarga nisbatan ancha friendly yurish qilyapti.

@mabrur_dev
  • 🔥 24
  • 👍 2
  • 👏 2
  • ❤ 1
Post #1811 3.54K
Codexni bosib ishlatvolilar, yaqin soatlarda reset berishadi usagelarga
  • 😁 33
  • 🔥 6
  • ❤ 5
Post #1810 4.85K
Codex ChatGPT app bo’lib ketti

gpt-5.6 oilasiyam chiqdi
Sol, Terra, Luna

Hozircha nomlari yoqyapti )
  • 👍 34
  • 😁 8
  • ❤ 6
Post #1809 4.69K
Cloudflare'imda bir nechta domain, 4-5 ta app, telegram botlar, turli workerlar deploy qilib qo'yganman. Akkauntimni Codexga ulab olganman va hamma narsani chatda yozib o'tiraman, ishlatish supereasy bo'lib ketgan.

Topingchi har oy qancha invoice kelyapti?

0$. Tuuuut Supabase! Long Live Cloudflare
  • 👨‍💻 30
  • 🔥 13
  • ❤ 3
  • 👍 2
Post #1808 4.63K
Ertalabdan beri miyada Claude's Plaaan aylanib yotipti )
  • 😁 40
  • 👍 1
Post #1807 5.26K
Oxirgi paytlardan beri ishlatayotgan va men topgan eng top AI tool: napkin.ai

Tekin reklama bu. O'zimga videolarim va kontentim uchun slaydlar, vizuallar yasashda juda katta yordami tegyapti.

@mabrur_dev
  • ❤ 24
  • 👍 10
Post #1806 4.33K
Yaxshi kayfiyatda ishni boshlemiz

Ispaniya yutdi
Argentina yutdi
Bugun gpt-5.6 ni test qilamiz

Upd: gptni ertaga sinaymizakan
  • 🔥 53
  • 👎 21
  • 😁 11
  • 👍 5
Post #1805 4.06K
Mabrur | Dasturlash va AI “Enshittification” degan termin bor. Qisqa qilib tushuntirganda, bir product boshida sizni quchoqlab oladi. Arzon, tez, bepul, qulay. “User first” degan gaplar bilan. Hamma narsa siz uchun qilingandek. Keyin siz o‘rganasiz. Undan keyin ikkinchi tomon kiradi:…
Ertaga Claude yoki boshqa AI toolar subscriptionini $500 qilib qo'ysa ishlatgan bo'larmdingiz va nimaga?
  • 👎 37
  • 👨‍💻 11
  • ❤ 3
Post #1804 5.5K
“Enshittification” degan termin bor.

Qisqa qilib tushuntirganda, bir product boshida sizni quchoqlab oladi. Arzon, tez, bepul, qulay. “User first” degan gaplar bilan. Hamma narsa siz uchun qilingandek.

Keyin siz o‘rganasiz.

Undan keyin ikkinchi tomon kiradi: driver, seller, creator, advertiser, business. Platforma endi ularga ham xizmat qiladi.

Keyin esa oxirgi bosqich boshlanadi: ham userdan, ham providerdan maksimal pul siqish.

Misol uchun buni Yandex Taxida ko'rganmiz.

Boshida userga discount. Keyin haydovchiga bonus. Keyin hamma o‘rganib bo‘lgach:

narx oshadi, komissiya ko‘payadi, eski “bepul qulayliklar” premium bo‘ladi, support yomonlashadi, lekin app ichida “biz siz uchun yaxshilandik” degan banner turadi.

Telegram ham shunga o‘xshash yo‘ldan o‘tdi.

Boshida tez, toza, reklamasiz, bepul messenger edi. Keyin ads chiqdi. Keyin Premium keldi. Keyin ayrim oddiy qulayliklar premium feature bo‘lib ketdi.

Telegram hali ham yaxshi product. Lekin pattern tanish.

Endi savol:

AI toolarda ham shu narsa boshlanmayaptimi?

Oldin tool bitta ishni yaxshi qilardi.

Search - natija topardi.
Map - yo‘l ko‘rsatardi.
Email - xat yozish va o‘qishni osonlashtirardi.
Docs - hujjat bilan ishlardi.
Code editor - kod yozdirardi.

Hozir esa hamma joyga AI tiqilyapti.

Podcast qo‘yasiz - AI summary beradi.
Map ochasiz - siz bilan gaplashgisi keladi.
Search qilasiz - oddiy linklar o‘rniga hallucination aralash “smart answer” chiqadi.
Yaxshi ishlayotgan productga AI yopishtirishadi, lekin product yaxshilanmaydi. Aksincha sekinlashadi, chalkashadi, ishonchsizroq bo‘ladi.

Eng qizig‘i, bularning hammasi “user experience” nomi bilan sotiladi.

Lekin ko‘p joyda motivatsiya boshqa:

investor ko‘rsin,
retention oshsin,
subscription sotilsin,
“AI strategy” bor bo‘lsin,
valuation chiroyli ko‘rinsin.

Men AI’ga qarshi emasman. Umuman.

Aksincha, har kuni ishlataman. AI menga real leverage beradi. Vaqt tejaydi. Ishni tezlatadi. Ba’zi joylarda zo‘r.

Lekin AI har doim ham kerakli narsa emas.

Meni o‘ylantirayotgan joy shu:

AI bizga rostdan ham ko‘proq value beryaptimi?

Yoki kompaniyalar bizni sekin-sekin yana bir subscription, yana bir token limit, yana bir premium plan tomonga olib ketyaptimi?

Chunki tarix bitta narsani ko‘p marta ko‘rsatgan:

avval product siz uchun ishlaydi.

Keyin siz product uchun ishlay boshlaysiz.

@mabrur_dev
  • 🔥 31
  • ❤ 10
  • 👍 7
Post #1803 3.99K
Post #1801 5.08K
Instagramda o'zimga yoqqan postlarni kontent qilish uchun doim save qilib qo‘yaman, lekin keyin deyarli qaytib ochib ko'rmiman.

Hozir futbol ko‘rib o‘tirib, AI bilan shu save qilingan postlarni bitta Notion bazaga yig‘adigan avtomatizatsiya qildim. Keyin u postlarni analiz qiladi: qaysi biri ko‘p ko‘rilgan, qaysi biri ko‘p like olgan, hooki nimada, formati qanaqa, men o'zimi kontentimga qanaqa qilib moslashtirsam bo‘ladi, hammasini chiqarib beradi.

Endi save qilib qo‘ygan kontent ideyalarim bekorga yotmidi. AI har kuni o‘sha postlardan kelib chiqib menga 5–10 ta yangi kontent ideya tayyorlab o'tiradi endi.

@mabrur_dev
  • 👍 32
  • 🔥 22
  • ❤ 4
  • 💯 3
  • 👨‍💻 2
Post #1800 4.63K
Mabrur | Dasturlash va AI Oh nooo😭 Qayerga qarab ketyapmiz🥲 @mabrur_dev
Telefonim qizib ketyapti shu dizayndagi paymeni ishlatsam.

Yana kimda shunaqa?
  • 😁 37
  • 🔥 6
  • ❤ 3
Post #1799 4.88K
Bugungi mag’lubiyatimizga Milesimni (ai agentim) reaksiyasini o’qimoqchimisilar?
Yorvordi divanniy analitikim😂

Kommentga tashab qo’ydim yozganlarini )
  • 🔥 21
  • 😁 7
  • ❤ 4
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →