TGViewer
Mabrur | Dasturlash va AI Mabrur | Dasturlash va AI @mabrur_dev · 5.02K subscribers
Post #1804 5.5K
“Enshittification” degan termin bor.

Qisqa qilib tushuntirganda, bir product boshida sizni quchoqlab oladi. Arzon, tez, bepul, qulay. “User first” degan gaplar bilan. Hamma narsa siz uchun qilingandek.

Keyin siz o‘rganasiz.

Undan keyin ikkinchi tomon kiradi: driver, seller, creator, advertiser, business. Platforma endi ularga ham xizmat qiladi.

Keyin esa oxirgi bosqich boshlanadi: ham userdan, ham providerdan maksimal pul siqish.

Misol uchun buni Yandex Taxida ko'rganmiz.

Boshida userga discount. Keyin haydovchiga bonus. Keyin hamma o‘rganib bo‘lgach:

narx oshadi, komissiya ko‘payadi, eski “bepul qulayliklar” premium bo‘ladi, support yomonlashadi, lekin app ichida “biz siz uchun yaxshilandik” degan banner turadi.

Telegram ham shunga o‘xshash yo‘ldan o‘tdi.

Boshida tez, toza, reklamasiz, bepul messenger edi. Keyin ads chiqdi. Keyin Premium keldi. Keyin ayrim oddiy qulayliklar premium feature bo‘lib ketdi.

Telegram hali ham yaxshi product. Lekin pattern tanish.

Endi savol:

AI toolarda ham shu narsa boshlanmayaptimi?

Oldin tool bitta ishni yaxshi qilardi.

Search - natija topardi.
Map - yo‘l ko‘rsatardi.
Email - xat yozish va o‘qishni osonlashtirardi.
Docs - hujjat bilan ishlardi.
Code editor - kod yozdirardi.

Hozir esa hamma joyga AI tiqilyapti.

Podcast qo‘yasiz - AI summary beradi.
Map ochasiz - siz bilan gaplashgisi keladi.
Search qilasiz - oddiy linklar o‘rniga hallucination aralash “smart answer” chiqadi.
Yaxshi ishlayotgan productga AI yopishtirishadi, lekin product yaxshilanmaydi. Aksincha sekinlashadi, chalkashadi, ishonchsizroq bo‘ladi.

Eng qizig‘i, bularning hammasi “user experience” nomi bilan sotiladi.

Lekin ko‘p joyda motivatsiya boshqa:

investor ko‘rsin,
retention oshsin,
subscription sotilsin,
“AI strategy” bor bo‘lsin,
valuation chiroyli ko‘rinsin.

Men AI’ga qarshi emasman. Umuman.

Aksincha, har kuni ishlataman. AI menga real leverage beradi. Vaqt tejaydi. Ishni tezlatadi. Ba’zi joylarda zo‘r.

Lekin AI har doim ham kerakli narsa emas.

Meni o‘ylantirayotgan joy shu:

AI bizga rostdan ham ko‘proq value beryaptimi?

Yoki kompaniyalar bizni sekin-sekin yana bir subscription, yana bir token limit, yana bir premium plan tomonga olib ketyaptimi?

Chunki tarix bitta narsani ko‘p marta ko‘rsatgan:

avval product siz uchun ishlaydi.

Keyin siz product uchun ishlay boshlaysiz.

@mabrur_dev
  • 🔥 31
  • ❤ 10
  • 👍 7
More from @mabrur_dev
  1. Sep 26, 2026Nima uchun O’zbekistonda taxilarda kamera oldinam, orqadanam salonni videoga olsa va audio…
  2. Sep 25, 2026ChatGPT yangi Pro Max tarifini chiqarmoqchi va obuna oyiga $500 bo‘lishi mumkin. - Plus —…
  3. Sep 24, 2026Shokdaman😬 @mabrur_dev
  4. Sep 23, 2026https://www.instagram.com/reel/DdoWmaeKIsG/?stkn=MXZtczc5ZmdhY3lxYw== Shu videoimni 20 daq…
  5. Sep 23, 2026Opus 5.5 judayam barakali va tez ishlayapti ko'z tegmasin. Max effort bilan ishlatsamam en…
  6. Sep 22, 2026Wishlist https://www.youtube.com/watch?v=RG0ppccMJ8w
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →