TGViewer
Channel Public Channel
JavaHere's Blogs 🚀

JavaHere's Blogs 🚀

@javahereblogs

Youtube: youtube.com/@JavaIsHere
Linkedin: linkedin.com/in/javokhirakramjonov
Bored? @javohirakramblog
Contact: @javahere_admin
Subscribers
2.24K
Photos
248
Videos
5
Links
527
Recent Posts 19 shown
Post #1064 1.22K
JavaHere's Blogs 🚀 DSA-4 Endi kuchliroq. Tizimli. 3 oy. Yangiliklar: • Platforma (planlar katta) • Kurs uchun to'lov Click orqali • Uyga vazifalar uchun tracker Bitta bonusi bor, ammo faqat kursga qatnashganlarga aytiladi. MUSTAQILLIK35 promo kodi orqali 35% chegirmada olishingiz…
1 hafta qoldi… ⏳⚡️🎉
  • ⚡ 11
Post #1063 1.26K
Avtomatlashtirish

Oldin:
1. Kurs e'loni
2. Google form orqali ro'yxatdan o'tish
3. Har biriga telegramdan shaxsiydan yozib chiqish
4. Ularning javobini kutish
5. Narxini kelishish
6. Pulini to'lagan bo'lsa chek so'rash
7. Bo'lib to'lashga ruxsat so'rasa o'ylab ko'rish
8. Kurs tugatguncha to'lash sharti bilan qabul qilish
9. Har bir nechta haftada barcha pul to'lamaganlardan xoh-ahvol so'rab kurs pulini to'lashni kutish
10. Ba'zilar kursga kirishga vaqti bo'lmagani uchun pul to'lamasdan kursni tark etishi yoki pulining bir qismini qaytarib olishi
11. Yana bir qancha bosh og'riqlar

Endichi:
1. Kurs e'loni
2. Telegram guruhda puli to'langan va o'qishga shay turgan studentlarni kutib olish
2. Bo'lib to'lash ham avtomatik, pulni qaytarish ham foizsiz

Foydalanuvchiga qanday ko'rinadi:
1. Kurs e'loni
2. Telegram orqali login qilish
3. Telefon raqamni ulashish
4. Click orqali foizsiz to'lov (transfer fee yo'q)
5. Tayyor Telegram guruh uchun link yordamida guruhga qo'shilish

Albatta Click integratsiya va YaTT xizmat haqlari bor, ammo ming marta arziydi.

Avtomatlashtirish qanday ham yaxshi.
  • ⚡ 22
Post #1062 1.95K
JavaHere's Blogs 🚀 DSA-4 Endi kuchliroq. Tizimli. 3 oy. Yangiliklar: • Platforma (planlar katta) • Kurs uchun to'lov Click orqali • Uyga vazifalar uchun tracker Bitta bonusi bor, ammo faqat kursga qatnashganlarga aytiladi. MUSTAQILLIK35 promo kodi orqali 35% chegirmada olishingiz…
Muammo faqat pulda emas…

1. Bo’lib to’lash qo’shilganda odatda narxlari to’liq to’lagandan ko’ra qimmatroq bo’ladi.

Men esa bir xil qilib qo’yibman 🌚😂.

Shundan keyin faqat oylik olishyabdi…

2. Ko’pchiligimiz imkoniyatim yo’q deymiz.

Bu holatda agar yaxshi bitirsangiz pulingizni qaytarib beraman deb aytdim.

Lekin hech kim jur’at qilolmadi.

Sababi yaxshi o’qib ohirigacha borishiga o’zini ko’zi yetmadi. (real case)

Muammo faqat pulda emas…

Bunday qilganimni sababi, bundan oldingi kurslarda bir nechta xohlovchilarga 100% grant berdim lekin 10% ham o’qimadi.

Chunki tekin edi…
  • ⚡ 38
Post #1059 2.5K
DSA-4

Endi kuchliroq. Tizimli. 3 oy.

Yangiliklar:
• Platforma (planlar katta)
• Kurs uchun to'lov Click orqali
• Uyga vazifalar uchun tracker

Bitta bonusi bor, ammo faqat kursga qatnashganlarga aytiladi.

MUSTAQILLIK35 promo kodi orqali 35% chegirmada olishingiz mumkin.

To'liq ma'lumot - https://bilvol.com/kurslar/dsa/

Omad!

Ps: imkoniyati kamlar uchun xushxabar, kursni muvafaqqiyatli tugatsa, kurs yakunida pulini qaytarib beraman.

Savol va izohlar bo'lsa, kommentga marhamat.

JavaHere
  • ⚡ 30
Post #1049 4.09K
JavaHere's Blogs 🚀 Join task (updated) Endigi qilishim kerak bo’lgan ish: Table A va B. A table da 50 million atrofida row. B table da 26 milliard atrofida row. A tabledagi X columnni B tabledagi X column yordamida to’ldirishim kerak. A - aID B - bID Menda C mapping…
Yechim

1. aID lardan foydalanib BF (Bloom Filter) qurdim.

2. B table ni BF o'tkazib oldim.

3. Chiqqan natijani join qildim.

Qiziq narsalar:

1. aID lar 50 million. Bu degani men birma-bir yurib chiqib uni BF ga solib chiqaman deyish xato. A tablni parallel yurib chiqib, ohirida bir nechta BF larni merge qilish kerak bo'ladi.

2. B table ni ham parallel yurib chiqib har bir partition ni parallel BF dan o'tkazib chiqiladi. Bunda BF har bir workerga parameter sifatida berib yuboriladi.

3. BF 100% to'g'ri ishlamaydi. Bunda men 0.001 False Positive ishlatdim. Ya'ni (26B - 50M) * 0.001 = ~26M, 50M+26M = 76Million element qoldi. Bu esa 26B ni join qilishdan ancha yaxshi va oson edi.

#tarjiba

JavaHere
28.08.2026
Uy, Polsha
  • ⚡ 20
Post #1045 6.34K
Join task (updated)

Endigi qilishim kerak bo’lgan ish:

Table A va B.

A table da 50 million atrofida row.
B table da 26 milliard atrofida row.

A tabledagi X columnni B tabledagi X column yordamida to’ldirishim kerak.

A - aID
B - bID

Menda C mapping table bor, yani (aID, bID).

Qiziq task.

Tugatsam qanday qilganimni aytaman.

#tajriba

JavaHere
23.07.2026
Ishxona, Polsha
  • ⚡ 51
Post #1043 7.95K
Optimizatsiya 2 (72h -> 1h)

Pipeline bor. Bu pipeline har kuni bir kunlik ma'lumotlarni process qilib turishi kerak edi. Har safar 8 soat run bo'lardi.

U bir databasedan bir nechta table larni olib, birlashtirib, filterlab, boshqa bir databasedagi bir table ga yozadi.

Menga yangi bir column qo'shib uni kerakli ma'lumot bilan to'ldirishimni so'radi.

Shunday qildim, code ham review va approve bo'ldi.

Lekin kod pre-prod environmentga yetganda, naqd 72 soatdan ko'proq ishlab, time out bo'ldi.

Sababi, menga kerakli ma'lumotni query qilish uslubim xato bo'lgan ekan.

Qanday xato? Agar kerakli ma'lumot juda katta bo'lsa uni bir dona query orqali olib kelmasdan, alohida kichik pipeline bilan olib kelinadi.

Menga kerakli ma'lumot kichik (bir necha yuz megabayt) bo'lgani uchun uni batch emas streaming orqali, ya'ni, bitta queryda olib kelinadigan qildik.

Shunda 72h -> 25h bo'ldi.

Lekin bu ham yaxshi natija emasdi.

Hammani o'zini ishi bor, buniyam kimdir to'g'irlash kerak.

2 ta yo'limiz bor edi,
1. Kompyuterlarni kuchaytirish (cpu, ram)
2. Kodni optimizatsiya qilish

Mendan kodni optimizatsiya qilishimni so'radi.

Muammo - menga kerakli bir necha yuz megabaytli data bilan bir necha terabayatli datani join qilishda edi.

Shu qismini o'zi 17soat olayotgandi.

Men qilgan yechim:
Join qilish o'rniga, haligi kichik datani hashmapga soldim. Terabayt datani parallel yurib chiqib, har bir row uchun o'ziga mos datani hashmapdan olib to'ldirib chiqdim.

Qarasam huddi shunday ishni qilishim mumkin bo'lgan yana bir joy bor ekan. Uniyam shunday qildim.

Natija:
Endi pipeline ~1soat da ishni tugatyabdi, hamma xursand.

Olovni yondirgan menman. Lekin ayb menga yuklanmaydi, sababi jamoam bu kodni review qilib tasdiqlagan. Endi ayb hammaniki.

Optimizatsiyani men qildim, bu jamoaniki emas. Qiziq vaziyat.

Bu ishni qilish davomida Partitioning, Shuffling degan tushunchalar bilan tanishdim.

Balkim bular haqida alohida post yozarman.

Shunday qilib: 72h -> 1h.

Zo'r natija.

#tajriba

JavaHere
17.06.2026
Ishxona, Polsha
  • ⚡ 78
Post #1042 11.7K
Optimizatsiya

Google da milliardlab qator kod bor.

Biror ish qilinganda uni testlash shart.

Testlar esa kompyuterda emas cloud'da run bo'ladi.

Biroz kod yozsangiz va uni merge qilmoqchi bo'lsangiz, sizni kodingiz yozilgan fayl ishlatilgan boshqa fayllarni testlari ham avtomatik ishga tushadi.

Bu juda ko'p testlar run bo'ladi degani.

Bir kuni 20 minut kutdim va testlardan bir nechtasi fail bo'ldi (muvafaqqiyatsiz bo'ldi).

To'g'irlab, yana run qildim va bu safar boshqa birlari fail bo'ldi.

Har safar 20 minut kutish (bazan 30) jonga tegdi.

Nega? degan savol berdim.

Birinchi martasida nima xato ketti ekan deb qaragan bo'lsam, ikkinchi safar nega buncha uzoq vaqt run bo'lyabdi deb qaradim.

AI bilan birga kodni titib, 2-3 ta yaxshilasa bo'ladigan joylar topdim.

1. Juda ko'p query'lar for loop da ketma-ket run bo'layotgan edi.
2. Setup qismida 30 ta table ni test qilish uchun 200 ta table yaratilayotgan edi (30 va 200 nisbatni ifodalash uchun, haqiqiy sonlar emas).

Yechimlar:
1. Parallel testlash
2. Setupni faqat kerakli table'larni yaratadigan qilib o'zgartirish.

Va nihoyat 20-30 minutdan -> 4-5 minutga tushdi.

#tajriba

JavaHere
  • ⚡ 91
Post #1037 5.33K

Forwarded from Javohir Akram

Zo’r bo’p ketganda…

Odam puli ko’payib, mansabi oshganda, qilgan ishlaridan faxrlanib o’zim erishdim deydi.

To’g’ri harakat qilgan, ter to’kkan…

Lekin boshqa tomondan ham bir o’ylab ko’rish kerak.

Hamma hayotini yashashni bir xil sharoitda boshlamagan.

Sizni yoshligizda kompyuteriz bor bo’lgan bo’lsa, kimdirni yoshligi molni tagida o’tgan.

Yomonroq sharoitda boshlab, sizdek natija qila olmaganlarga past nazar bilan qaramang.

Alloh beradi, Alloh oladi.
Hammasi imtihon.

O’rniga, bizda yo’q sharoitlilarga qo’ldan kelgancha yordam berishimiz kerak.

Bilim ulashish, yo’l ko’rsatish, pul bilan ta’minlash …

Hamma yaxshi sharoitda yashashga haqli.

Boshqalarniyam hayotini yaxshilashga hissa qo’shing.

Hayotda ma’no topasiz, iz qoldirasiz, savob olasiz…

Omad!

Ps:
Men hali zo’r bo’p ketmadim deb o’ylamang, millionlab odamlardan yaxshi yashaybsiz, allaqachon kimdirlar uchun zo’rsiz.

Javohir Akram
18.04.2026
Polsha
  • ⚡ 94
Post #1034 5.58K

Forwarded from Javohir Akram

Uyga borasiz 🏡

Ishlar yurishmasa
Kimdir xafa qilsa
Hammasi barbod bo’lib ketsa
Qarzga kirib ketsangiz
….

Qayaqqa borasiz? Kimga dardingizni aytasiz?

Uyingizga borasiz, ota-onangizni oldiga borasiz.

(Albatta uy va ota-ona muammoni yechib bermasligi mumkin, Allohdan yordam so’raysiz)

Nega?

Yashash tekin, mehr to’la, ertalab birga nonushta, kechga esa kechki ovqat.

Yana nima kerak ?!

Men har doim oilam borligi uchun hech nimadan qo’rqmayman.

Nima bo’lsa bo’lsin, eng yomon xohlatda, hech nima o’xshamasa, shartta uyimga ketvoraman, degan fikr bor.

Hammasini boshqatdan va boshqachasiga boshlayman.

Oilangizni qadriga yeting. Uyingizni yaxshi ko’ring.

Nima bo’lgandayam sizni katta qilgan, o’ynatgan, boqqan uy shu.

Yangi narsalar (sayohatlar, bizneslar, ideyalar, …) sinab ko’rishdan esa qo’rqmang, judaa o’xshamasa uyga qaytasiz.

Boshidan boshlaysiz.

Qaytganingizda hech kim ustingizdan kulib kutib olmaydi.

Samalyotda uchish qanday ekan?
Boshqa davlat va shaharlar, uyerdagi odamlar bilan gaplashish zo’r bo’lsa kerak-a?
Biznes qilyabdi degandi, sen ham kuchayib ketding) Nima gaplar endi…
…

Deb havas bilan gaplashishadi.

Qiladigan ish, ko’radigan joy ko’p, birinchi qadamni qo’yish kerak.

Dunyo siz o’ylaganingizchalik xavfli emas.

Javohir Akram
09.04.2026
Ishxona, Polsha
  • ⚡ 60
Post #1033 5.77K
Shogird tayyor bo'lganda ustoz topiladi (mi ?)

Shu gapni juda ko'p marta eshitganman, lekin hech tushunmasdim.

Shogird tayyor bo'lsa, ustozni nima keragi bor? - derdim.

Keyin ustoz topish haqida har xil videolar va ulardan parchalar ko'rdim.

Baribir tushunmadim...

*****

Odatda ustozlar (yaxshi, professional) aqlan va moddiy juda yaxshi holatda bo'lishadi.

Tashqaridan puli kamdek tuyilgani bilan, ular o'zlarida bori bilan qanday qilib baxtli va sokin yashashni bilishadi. Bekorga ustozmi?!

Ular uchun sizning guruhning bir qismi sifatida beradigan oylik 1mln so'm yoki 5mln so'm ularni boyroq qilib qo'ymaydi.

Sababi boy bo'lish qancha puli borligi bilan hisoblanmaydi.

Demak bir narsa oydinlashdi, zo'r ustozli bo'lish uchun ko'p pulli bo'lish shart (prioritet) emas.

*****

Bir qiziqib izlanib ko'ring.

Siz taniydigan eng zo'r ustoz (o'rganmoqchi bo'lgan sohangizdagi biror professional ustoz) ning yonidagi shogirdlari haqida izlanib ko'ring.

Ularda nimasi borki shunday yaxshi ustozi bor?

Ko'rasizki shu ustoz bergan vazifalarni hurmat qilib, qadrlab, mas'uliyat bilan bajarib keladigan kuchi bor.

Ustozi ham ularga ilm berganda, vazifa berganda maza qiladi.

Ularning o'sishini ko'rganda maza qiladi.

Bu mazani nafaqat 1mln yoki 5mln balki 50mln ga ham almashmaydi.

*****

Shunday ekan:

1. shunday ustozlar beradigan ilm va vazifalarga o'zingizni tayyor deb hisoblasangiz
2. bergan vazifalariga past nazar bilan qaramasdan, bir nimasi bo'lsa kerakki shunday vazifa berdi deb pozitivlik bilan qarasangiz
3. 1 oy, 2 oy emas imkon qadar ko'proq birga bo'lishni reja qilsangiz (oldin shogird, keyin sherik, keyin do'st, ...)
4. faqat vazifalarini qilibgina qolmay o'zini hurmat qilib, sha'nini himoya qilsangiz

Shu insonlar nega sizni tekinga shogirdlikka olib, kerak bo'lsa o'zining yonidan siz uchun pul sarflamasin?

*****

Zo'r ustozni tanlang.

Yoniga boring (borishga hecham imkoningiz yo'q bo'lsa [masalan siz O'zbekistonda, u kishi Amerikada, ...], xabar yozing).

Shogird tushmoqchiman, aytganlaringizni qilaman, manashu-manashu narsalarga tayyorman, maqsadim bunday.

Aynan sizga shogird tushmoqchiman, nega chunki ...(bu qismini o'zingiz o'ylab topishingiz kerak).

1. Pulingiz bor
Agar pullik bo'lsa to'lashga ham roziman.

2. Pulingiz bo'lmasa.
Mayli desangiz pulini sekin-sekinlik bilan manashuncha vaqtda uzsam.

desangiz.

Imkon qadar pul oraga aralashishini oldini oling. Biror muammosini yechib berish, takroran qiladigan ishlarini yengillatib berish va hokazolarni taklif qiling...

Juda-juda katta ehtimol bilan shu odam sizga ustoz bo'lishga rozi bo'ladi.

*****

Aytaylik rozi bo'lmadi.

Bu bo'ldi, hammasi tugadi degani emas.

Balkim yana nimadir xohlayotgandir. Shuni so'rang.

Sababini bilsam bo'ladimi? Shu qismlarini to'g'irlab kelaman deng.

Yoki shogird bo'la olishim uchun shartlaringizni aytsangiz albatta bajaraman deng.

Bu sizni shu ustozga rostdan ham shogird bo'lmoqchi ekanligingizni ko'rsatadi.

*****

Xullas nima demoqchi ekanligimni tushundingiz deb umid qilaman.

Shulardan kelib chiqsak asosiy ish shogirdda.

Ichida olovi bor.
Katta maqsadlari bor.
Juratli va shijoatli.

Shuning uchun ham shogird tayyor bo'lganda, ustoz topiladi deyilsa kerak.

*****

Endi navbat sizniki.

Siz hurmat qiladigan, shogird tushmoqchi bo'lgan odamni yoniga boringda, shogird bo'ling.

Ertaga o'lib qolsa, zo'r odam edi, ko'rishish orzuyim edi emas, ustozim yaxshi odam edi, ko'p narsa o'rgatgan edi deysiz.

*****

01:44 tun yarim
05.04.2026
Varshava, Polsha
  • ⚡ 31
Post #1025 12.9K
JavaHere's Blogs 🚀 Doim tayyor turing Imkoniyatlarning kelish vaqti juda qiziq. Kelgan payti tayyor bo'lmaysiz, tayyor bo'lgan paytingiz esa kelmaydi. Davomiylik - bu kalit! (Consistency is the key!) Kod yozish intervyusi (Coding Interview) Men ishim bor payti ham, yo'q…
Alhamdulillah

Google'dan offer oldim 🎉

Jamoa: Salomatlik (Health Platform)
Joylashuv: Varshava, Polsha
  • ⚡ 305
Post #1023 16.9K
🚀 Algoritmlash (DSA) kursi

Kimlar uchun?
– Algoritmik bilimini yuqori darajaga ko‘tarmoqchi bo‘lganlar.
– Texnik intervyuga va FAANG kompaniyalariga tayyorlanayotganlar.

Talablar:
– Biror dasturlash tilini bilish (Java, Python, C/C++…).

❗️ Eslatma:
Samaradorlikni oshirish uchun o‘rinlar soni atigi 10 nafar!

Kurs haqida ko'proq ma'lumot olish uchun havola:
👉
https://dsa.javahere.me
  • 🔥 25
  • 🥴 19
  • 👍 6
  • 🤓 4
  • 💯 3
  • 🗿 3
  • ⚡ 1
Post #1022 6.41K
Dasturlash olamida havas qilinadigan juda ko'p odamlar boryabdi. Tavsiya qilaman...
  • ⚡ 20
  • 👍 2
  • 🔥 2
  • 😍 1
Post #1021 6.89K
JavaHere's Blogs 🚀 Missiya a'lo darajada bajarildi. 1-intervyu: Strong hire (DSA) 2-intervyu: Hire (DSA) 3-intervyu: Hire (Googleyness) 4-intervyu: Strong hire (DSA) Keyingi qadam team-matching. Qanday tayyorlanganim va qaysi mavzuga oid savollar tushganini haqida alohida…
Doim tayyor turing

Imkoniyatlarning kelish vaqti juda qiziq. Kelgan payti tayyor bo'lmaysiz, tayyor bo'lgan paytingiz esa kelmaydi.

Davomiylik - bu kalit! (Consistency is the key!)

Kod yozish intervyusi (Coding Interview)

Men ishim bor payti ham, yo'q payti ham, doimiy leetcode masalalarini yechib boraman va boshqa shunday qilayotganlarga ham yordam beraman. Bu esa meni har doim har qanday muammoga tayyor turishimga yordam beradi.

Bu intervyu uchun 1 kun vaqt sarfladim. Xo'sh qanday?

Intervyuda kod yozamiz, ammo u yerda "auto completion" yo'q. Bu degani metod va funksiyalar xotiramizda bo'lishi kerak.

Hozirda asosiy kod yozadigan tilim Golang, lekin Min/Max Heap, Ordered Set/Map va boshqa ma'lumotlar tuzilmalari(Data Structures) bilan ishlash Java yoki Python tillaridagi kabi oson emas.

Shuning uchun Java dasturlash tili sintaksisini va shu ma'lumot tuzilmalarini tayyor funksiyalarsiz qanday yozishni takrorlab chiqdim xolos.

Intervyuda tushgan savollarning mavzulari quydagilar bo'ldi:
- Priority Queue
- Binary Search
- HashMap
- Sorting

Googleyness intervyusi

Bu intervyu uchun quyidagi usullardan foydalanib tayyorlandim:

1. Google'da ishlaydigan tanishim bilan "mock interview" qildim va bu menga juda katta yordam berdi
2. Link 1
3. Link 2
4. Link 3

Team matching Interview

Bu intervyudan so'ng YouTube jamosi bilan "team matching" intervyu bo'lib o'tdi. Lekin menga rad javobini berishdi. Albatta qiziq, ammo sababi noma'lum.

Shunday qilib haligi gap (Google return offer ≠ real work) yana bir bor o'z isbotini topdi.

Xo'sh endi nima bo'ladi?

IELTS sertifikati kabi, "Technical Interview" natijasi ham bir necha oy saqlanib turadi. Biror mos jamoa chiqib qolsa, yana aloqaga chiqishadi va shu jamoa bilan faqatgina "Team matching interview" bo'lib o'tadi. Mos kelsa "Offer", bo'lmasa intervyu natijasi yaroqlilik muddati tugaguncha shu holat takrorlanadi.

Shunaqa sarguzashtlar...

Xulosa

Doim tayyor turing. Imkoniyat kelgani payti ushlab qolishga ham, qo'lingizdan chiqib ketgan payti tik turib, yo'lda davom etishga ham... Albatta sizning nasibangiz boshqasiga ketib qolmaydi. Sizga kelmadimi? Demak shunchaki hali sizniki emas )
  • 👍 66
  • 🔥 14
  • 🏆 7
  • ❤ 4
  • ⚡ 2
Post #1019 5.71K
JavaHere's Blogs 🚀 Duo qilib turasizlar 🙃 Software Engineer II at Google
Missiya a'lo darajada bajarildi.

1-intervyu: Strong hire (DSA)
2-intervyu: Hire (DSA)
3-intervyu: Hire (Googleyness)
4-intervyu: Strong hire (DSA)

Keyingi qadam team-matching.

Qanday tayyorlanganim va qaysi mavzuga oid savollar tushganini haqida alohida post bo'ladi.

Aniq savollarni esa ommaga ochiqlash mumkin emas, buni NDA(Non-Disclosure Agreement) deyishadi.

Stay tuned...
  • ❤ 63
  • 👏 34
  • 🔥 15
  • 👍 5
  • ⚡ 3
  • 🎉 2
  • 💯 1
Older posts →

About this channel

How can I read @javahereblogs without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for JavaHere's Blogs 🚀: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does JavaHere's Blogs 🚀 have?
JavaHere's Blogs 🚀 (@javahereblogs) has 2.24K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does JavaHere's Blogs 🚀 know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →