Shogird tayyor bo'lganda ustoz topiladi (mi ?)
Shu gapni juda ko'p marta eshitganman, lekin hech tushunmasdim.
Shogird tayyor bo'lsa, ustozni nima keragi bor? - derdim.
Keyin ustoz topish haqida har xil videolar va ulardan parchalar ko'rdim.
Baribir tushunmadim...
*****
Odatda ustozlar (yaxshi, professional) aqlan va moddiy juda yaxshi holatda bo'lishadi.
Tashqaridan puli kamdek tuyilgani bilan, ular o'zlarida bori bilan qanday qilib baxtli va sokin yashashni bilishadi. Bekorga ustozmi?!
Ular uchun sizning guruhning bir qismi sifatida beradigan oylik 1mln so'm yoki 5mln so'm ularni boyroq qilib qo'ymaydi.
Sababi boy bo'lish qancha puli borligi bilan hisoblanmaydi.
Demak bir narsa oydinlashdi, zo'r ustozli bo'lish uchun ko'p pulli bo'lish shart (prioritet) emas.
*****
Bir qiziqib izlanib ko'ring.
Siz taniydigan eng zo'r ustoz (o'rganmoqchi bo'lgan sohangizdagi biror professional ustoz) ning yonidagi shogirdlari haqida izlanib ko'ring.
Ularda nimasi borki shunday yaxshi ustozi bor?
Ko'rasizki shu ustoz bergan vazifalarni hurmat qilib, qadrlab, mas'uliyat bilan bajarib keladigan kuchi bor.
Ustozi ham ularga ilm berganda, vazifa berganda maza qiladi.
Ularning o'sishini ko'rganda maza qiladi.
Bu mazani nafaqat 1mln yoki 5mln balki 50mln ga ham almashmaydi.
*****
Shunday ekan:
1. shunday ustozlar beradigan ilm va vazifalarga o'zingizni tayyor deb hisoblasangiz
2. bergan vazifalariga past nazar bilan qaramasdan, bir nimasi bo'lsa kerakki shunday vazifa berdi deb pozitivlik bilan qarasangiz
3. 1 oy, 2 oy emas imkon qadar ko'proq birga bo'lishni reja qilsangiz (oldin shogird, keyin sherik, keyin do'st, ...)
4. faqat vazifalarini qilibgina qolmay o'zini hurmat qilib, sha'nini himoya qilsangiz
Shu insonlar nega sizni tekinga shogirdlikka olib, kerak bo'lsa o'zining yonidan siz uchun pul sarflamasin?
*****
Zo'r ustozni tanlang.
Yoniga boring (borishga hecham imkoningiz yo'q bo'lsa [masalan siz O'zbekistonda, u kishi Amerikada, ...], xabar yozing).
Shogird tushmoqchiman, aytganlaringizni qilaman, manashu-manashu narsalarga tayyorman, maqsadim bunday.
Aynan sizga shogird tushmoqchiman, nega chunki ...(bu qismini o'zingiz o'ylab topishingiz kerak).
1. Pulingiz bor
Agar pullik bo'lsa to'lashga ham roziman.
2. Pulingiz bo'lmasa.
Mayli desangiz pulini sekin-sekinlik bilan manashuncha vaqtda uzsam.
desangiz.
Imkon qadar pul oraga aralashishini oldini oling. Biror muammosini yechib berish, takroran qiladigan ishlarini yengillatib berish va hokazolarni taklif qiling...
Juda-juda katta ehtimol bilan shu odam sizga ustoz bo'lishga rozi bo'ladi.
*****
Aytaylik rozi bo'lmadi.
Bu bo'ldi, hammasi tugadi degani emas.
Balkim yana nimadir xohlayotgandir. Shuni so'rang.
Sababini bilsam bo'ladimi? Shu qismlarini to'g'irlab kelaman deng.
Yoki shogird bo'la olishim uchun shartlaringizni aytsangiz albatta bajaraman deng.
Bu sizni shu ustozga rostdan ham shogird bo'lmoqchi ekanligingizni ko'rsatadi.
*****
Xullas nima demoqchi ekanligimni tushundingiz deb umid qilaman.
Shulardan kelib chiqsak asosiy ish shogirdda.
Ichida olovi bor.
Katta maqsadlari bor.
Juratli va shijoatli.
Shuning uchun ham shogird tayyor bo'lganda, ustoz topiladi deyilsa kerak.
*****
Endi navbat sizniki.
Siz hurmat qiladigan, shogird tushmoqchi bo'lgan odamni yoniga boringda, shogird bo'ling.
Ertaga o'lib qolsa, zo'r odam edi, ko'rishish orzuyim edi emas, ustozim yaxshi odam edi, ko'p narsa o'rgatgan edi deysiz.
*****
01:44 tun yarim
05.04.2026
Varshava, Polsha
Post #1033
5.77K
- ⚡ 31