TGViewer
JavaHere's Blogs 🚀 JavaHere's Blogs 🚀 @javahereblogs · 2.24K subscribers
Post #1021 6.89K
JavaHere's Blogs 🚀 Missiya a'lo darajada bajarildi. 1-intervyu: Strong hire (DSA) 2-intervyu: Hire (DSA) 3-intervyu: Hire (Googleyness) 4-intervyu: Strong hire (DSA) Keyingi qadam team-matching. Qanday tayyorlanganim va qaysi mavzuga oid savollar tushganini haqida alohida…
Doim tayyor turing

Imkoniyatlarning kelish vaqti juda qiziq. Kelgan payti tayyor bo'lmaysiz, tayyor bo'lgan paytingiz esa kelmaydi.

Davomiylik - bu kalit! (Consistency is the key!)

Kod yozish intervyusi (Coding Interview)

Men ishim bor payti ham, yo'q payti ham, doimiy leetcode masalalarini yechib boraman va boshqa shunday qilayotganlarga ham yordam beraman. Bu esa meni har doim har qanday muammoga tayyor turishimga yordam beradi.

Bu intervyu uchun 1 kun vaqt sarfladim. Xo'sh qanday?

Intervyuda kod yozamiz, ammo u yerda "auto completion" yo'q. Bu degani metod va funksiyalar xotiramizda bo'lishi kerak.

Hozirda asosiy kod yozadigan tilim Golang, lekin Min/Max Heap, Ordered Set/Map va boshqa ma'lumotlar tuzilmalari(Data Structures) bilan ishlash Java yoki Python tillaridagi kabi oson emas.

Shuning uchun Java dasturlash tili sintaksisini va shu ma'lumot tuzilmalarini tayyor funksiyalarsiz qanday yozishni takrorlab chiqdim xolos.

Intervyuda tushgan savollarning mavzulari quydagilar bo'ldi:
- Priority Queue
- Binary Search
- HashMap
- Sorting

Googleyness intervyusi

Bu intervyu uchun quyidagi usullardan foydalanib tayyorlandim:

1. Google'da ishlaydigan tanishim bilan "mock interview" qildim va bu menga juda katta yordam berdi
2. Link 1
3. Link 2
4. Link 3

Team matching Interview

Bu intervyudan so'ng YouTube jamosi bilan "team matching" intervyu bo'lib o'tdi. Lekin menga rad javobini berishdi. Albatta qiziq, ammo sababi noma'lum.

Shunday qilib haligi gap (Google return offer ≠ real work) yana bir bor o'z isbotini topdi.

Xo'sh endi nima bo'ladi?

IELTS sertifikati kabi, "Technical Interview" natijasi ham bir necha oy saqlanib turadi. Biror mos jamoa chiqib qolsa, yana aloqaga chiqishadi va shu jamoa bilan faqatgina "Team matching interview" bo'lib o'tadi. Mos kelsa "Offer", bo'lmasa intervyu natijasi yaroqlilik muddati tugaguncha shu holat takrorlanadi.

Shunaqa sarguzashtlar...

Xulosa

Doim tayyor turing. Imkoniyat kelgani payti ushlab qolishga ham, qo'lingizdan chiqib ketgan payti tik turib, yo'lda davom etishga ham... Albatta sizning nasibangiz boshqasiga ketib qolmaydi. Sizga kelmadimi? Demak shunchaki hali sizniki emas )
  • 👍 66
  • 🔥 14
  • 🏆 7
  • ❤ 4
  • ⚡ 2
More from @javahereblogs
  1. Sep 26, 20261 hafta qoldi… ⏳⚡️🎉
  2. Sep 26, 2026Avtomatlashtirish Oldin: 1. Kurs e'loni 2. Google form orqali ro'yxatdan o'tish 3. Har bir…
  3. Sep 22, 2026Muammo faqat pulda emas… 1. Bo’lib to’lash qo’shilganda odatda narxlari to’liq to’lagandan…
  4. Sep 19, 2026DSA-4 Endi kuchliroq. Tizimli. 3 oy. Yangiliklar: • Platforma (planlar katta) • Kurs uchun…
  5. Aug 28, 2026Yechim 1. aID lardan foydalanib BF (Bloom Filter) qurdim. 2. B table ni BF o'tkazib oldim.…
  6. Jul 23, 2026Join task (updated) Endigi qilishim kerak bo’lgan ish: Table A va B. A table da 50 million…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →