Startapni rivojlantirish uchun 10 ta foydali maslahat1. Ketgan mijozlardan mahsulotdan nega foydalanishni to‘xtatganini bilib oling.
2. Mijoz muammoni hal qilishga qancha sarflayotganini biling
3. Mahsulotni yaratishdan oldin talabni tekshiring
Mahsulot haqida qisqa ma’lumot beruvchi sahifa yarating va undan foydalanish uchun tugma qo‘ying. Qiziqish past bo‘lsa, mahsulotni ishlab chiqishga katta resurs ajratishdan oldin yana bir bor o‘ylab ko‘ring.
4. Raqiblar haqidagi salbiy fikrlarni tahlil qiling.
Mijozlar nimadan norozi ekanini ko‘rib, bozorda hali yechilmagan muammolarni topish mumkin.
5. Foydalanuvchilarga bir xil xabar yubormang
Ro‘yxatdan o‘tib, mahsulotni ishlatmagan foydalanuvchi bilan uzoq vaqt davomida kirmagan foydalanuvchining ehtiyoji bir xil emas. Xabarlarni ularning talabiga qarab moslashtiring.
6. Bepul sinov muddatini aniq ko‘rsating
“14 kun bepul” deyishning o‘zi yetarli emas. Sinov qachon boshlanishi va qachon tugashini foydalanuvchiga aniq qilib bering.
7. Eng faol foydalanuvchilaringizni o‘rganing
Mahsulotdan eng ko‘p foydalanayotgan mijozlarni kuzating. Ular qaysi funksiyalarni ko‘proq ishlatayotgani mahsulotni keyingi bosqichda rivojlantirish uchun foydali bo‘lishi mumkin.
8. Funksiyani emas, natijani soting
“AI asosidagi CRM” deyishdan ko‘ra, uning mijozga nima berishini tushuntirish aniqroq. Masalan: “Hisobot tayyorlashga ketadigan vaqtni qisqartiradi”.
9. Dastlabki mijozlar bilan founderning o‘zi ishlasin
Ilk mijozlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish mahsulotdagi kamchiliklarni va foydalanuvchilarning haqiqiy ehtiyojlarini tezroq aniqlashga yordam beradi.
10. Hammasini bir vaqtda o‘zgartirmang
Agar muammo yangi foydalanuvchilar sonida emas, mavjud foydalanuvchilarning mahsulotdan yetarlicha foydalanmayotganida bo‘lsa, avval shu muammoni hal qiling.
Startapda o‘sish har doim yangi funksiya yoki ko‘proq reklama bilan kelmaydi. Ba’zan eng katta imkoniyat allaqachon mavjud bo‘lgan muammoni yaxshiroq tushunishdan boshlanadi.
@pivotuzbekistan