UzAuto Motors'ni sotib olishga 3 ta davlat kompaniyasi qiziqish bildiryapti
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Sohibjon Murodovga ko‘ra, UzAuto Motors va UzAuto Powertrain korxonalarini sotib olishga AQSH, Janubiy Koreya va Xitoydan investorlar qiziqish bildiryapti.
«Bu qiziqishlar muayyan kompaniyaga aktiv sotilishi haqida qaror qabul qilinganini anglatmaydi. Bunaqa signal ketmasligi kerak, chunki raqobatga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ochiq savdo o‘tkazamiz», dedi Davaktiv rahbari.
👉 https://kun.uz/uz/20976354
Kun.uz расмий канали
Post #100480
9.74K

- 😁 21
- ❤ 7
- 😐 2