TGViewer
Kun.uz | Rasmiy kanal Kun.uz | Rasmiy kanal @kunuz · 70.5K subscribers
Post #100484 8.45K
Erkinjon Turdimov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi. Saida Mirziyoyeva sohadagi vazifalar ijrosini nazorat qiladi
 
Prezident farmoni bilan, Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Uning vazirlikka nomzodi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullandi.
 
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri ijro organlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalaridagi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va ularni muvofiqlashtiradi.
 
Bu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish Prezident administratsiyasi rahbari S.Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi.

👉 https://kun.uz/uz/27425793

Kun.uz rasmiy kanali
  • 👍 81
  • 🔥 51
  • ❤ 33
  • 👏 19
  • 😁 1
  • 🤯 1
More from @kunuz
  1. Oct 9, 2026Rossiyadagi harbiy mavzudagi eng yirik telegram-kanal asoschisi Chernogoriyada qo‘lga olin…
  2. Oct 9, 2026Xususiylashtirilgan davlat mulki qaytarib olinmaydimi? Davaktiv yangi qonunga izoh berdi O…
  3. Oct 9, 2026Metroda tushirib qoldirilgan $10 ming: pulni ichki ishlar xodimi emas, yo‘lovchi topib olg…
  4. Oct 9, 2026Qirg‘izistonda Atambayevning o‘g‘li 4 yilga qamaldi Sud kichik Atambayevni ommaviy tartibs…
  5. Oct 9, 2026UzAuto Motors'ni sotib olishga 3 ta davlat kompaniyasi qiziqish bildiryapti Davlat aktivla…
  6. Oct 9, 2026«Yo‘lni surishdi, demak bu yerda nimadir quriladi»: Toshkent tumanida aholi nimadan xavoti…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →