TGViewer
Channel ✦ Verified Channel
Kun.uz | Rasmiy kanal

Kun.uz | Rasmiy kanal

@kunuz

🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Subscribers
70.4K
Photos
83.3K
Videos
12.3K
Links
67.1K
Recent Posts 20 shown
Post #100072 1.9K
Rossiyada saylov: Putinning partiyasi g‘olib

🔘 «Yedinaya Rossiya» rasmiy maʼlumotga ko‘ra 58 foizga yaqin ovoz oldi. Bu urushdan oldingi natijadan salkam 10 foiz ko‘proq degani.

🔘 Ramzan Qodirov Checheniston rahbarligi uchun saylovda 100 foizga yaqin ovoz oldi. Bu uning shaxsiy rekordi.

🔘 Kreml saylovga nega bunchalik jiddiy eʼtibor berdi? Endi navbat safarbarlikkami?

📹 BATAFSIL YOUTUBE‘DA KO‘RING
  • 😁 18
  • 👏 2
  • ❤ 1
Post #100071 4.16K
Tramp Saudiyaning harbiy yordam so‘rovi tufayli dilemmaga duch keldi

Muhammad bin Salmonning ketma-ket qo‘ng‘iroqlaridan so‘ng prezident Tramp uzoq ikkilandi. Biroq Saudiya Arabistoni bilan birga husiylarga qarshi urushga hozircha qo‘shilmaslikka qaror qildi.

Operatsiya haqida maʼlumot bergan New York Times manbalariga ko‘ra, Tramp zarba berish fikridan qaytgan vaqtda qo‘mondonlar allaqachon nishonlar ro‘yxatini tasdiqlab bo‘lgandi. AQSH harbiylari esa qiruvchi samolyotlarga bombalarni yuklayotgandi.

👉 https://kun.uz/uz/98839272

Kun.uz rasmiy kanali
  • ❤ 8
  • 😁 2
  • 🤔 1
Post #100070 5.83K
“Cho‘ntagimga geroin solib qo‘yishdi” – Samarqandda Rossiya armiyasiga yollangan yigit sud zalidan qamoqqa olindi
 
Kattaqo‘rg‘onlik 27 yoshli yigit ishlash maqsadida Rossiyaga borib, narkojinoyatda ayblangan. Ammo u sudda narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanmaganini, cho‘ntagiga geroin solib qo‘yib, keyin go‘yoki unidan giyohvand modda topilgani kabi hujjat qilishganini aytgan.
 
12 yilga qamashdi. Ikki oy davom etgan qiynoqlardan so‘ng ayblovni tasdiqlashga majbur bo‘ldim. So‘ngra Ukrainaga qarshi urushda qatnashsam Rossiya fuqaroligini berishlarini va jazodan ozod qilishlarini aytishdi”, degan yigit.

Urushda Ukraina harbiylarining dron orqali hujumidan og‘ir yaralgan yigit harbiy gospitalga tushgan. So‘ngra u yerdan qochib, O‘zbekistonga qaytgan.

👉 https://kun.uz/kr/01593772

Kun.uz rasmiy kanali
  • 🤯 24
  • 😭 15
  • ❤ 3
  • 😁 1
Post #100069 6.75K
Issiqdan salqinga o‘tyapmiz

21–27 sentyabr kunlari O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi uchun asosiy meteorologik fon quruq va iliq havo bilan, inson salomatligi uchun esa haroratning sezilarli pasayib borishi bilan xarakterlanadi.

Hafta davomida kutilayotgan ob-havo bilan iqlimshunos Erkin Abdulahatov tanishtiradi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
  • 👍 4
  • ❤ 3
  • 🔥 1
  • 😐 1
Post #100068 7.63K
Osiyo o‘yinlaridagi ilk oltin va o‘g‘ri bankirlarning ushlanishi — mahalliy dayjest

▪️O‘zbekiston sportchilari Yaponiyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida dastlabki oltin medalni qo‘lga kiritdi.

▪️Toshkentda bank xodimlari fuqaroning 300 ming dollar omonatini o‘mardi.

▪️Dubaydan qariyb 1,3 mlrd so‘mlik oltin buyumni olib kirishga uringan shaxs ushlandi.

▪️Sakkiz oyda 5,3 mln o‘zbekistonlik turistik maqsadda chet elga chiqdi.

▪️Chirchiqda narkolaboratoriya tashkil qilganlar qo‘lga olindi.

🗓 Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/uz/40257606

Kun.uz rasmiy kanali
  • ❤ 7
  • 😁 2
Post #100067 8.17K
Shaxmat Olimpiadasi. O‘zbekiston Hindistonni ham yengib, 1-o‘rinni mustahkamladi

Hindiston amaldagi chempion va bu safargi olimpiadada ham favoritlar qatorida. 6-tur arafasida Hindiston ham O‘zbekiston-1 jamoasi kabi 100 foizlik natija qayd etib turgandi.

Javohir Sindarov, Nodirbek Abdusattorov va Shamsiddin Vohidov durang o‘ynagandi, bahs taqdirini Nodirbek Yoqubboyevning irodali g‘alabasi hal qildi.

👉 https://kun.uz/uz/83296753

Kun.uz rasmiy kanali
  • 👍 53
  • ❤ 38
  • 🔥 20
  • 👏 5
Post #100065 9.36K
Mashina urib ketgan ona-bola voqeasi: Zangiotadagi YТH tafsilotlari

15 sentyabr kuni Тoshkent viloyati Zangiota tumanidagi 39-maktab qarshisida piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan ona va bolani Chery mashinasi haydovchisi urib yuborgan. Viloyat YHXB voqeaning ertasi kuni «piyodalarning sog‘lig‘i yaxshilangani sababli shifoxonadan ruxsat berilgani» haqida ma’lumot bergan. Biroq ona 16 sentyabr kuni ahvoli og‘irlashgani uchun shifoxonaga yotqizilgan.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
  • ❤ 10
  • 😭 6
  • 🤯 3
Post #100064 9.28K
Germaniyadagi saylovlar: Mers partiyasi hamma yoqda pozitsiyalarni boy bermoqda

«So‘llar» Berlinda g‘alaba qozondi, o‘nglar Meklenburg – Old Pomeraniyani ham o‘ziniki qildi.

👉 https://kun.uz/uz/45243740

Kun.uz rasmiy kanali
  • 😭 3
  • ❤ 2
  • 😁 1
  • 🤯 1
Post #100063 10.1K
Donasi 10 ming so‘mdan: vodiy choyxonalarida pishirilayotgan chumchuqlar haqida

Avvallari osmonni to‘ldirib gala-gala bo‘lib uchadigan chumchuqlar bugun ancha kamayib ketgandek. Qishloq xo‘jaligi ekinlariga kuchli kimyoviy dorilar bilan ishlov berilishi, atrof-muhitning ifloslanishi hamda “erkaklik quvvatini oshiradi”, deya ovlab oshxonalarga tarqatilishi chumchuqlarning qirilib ketishiga sabab bo‘lyapti.

Kun.uz muxbiri chumchuq go‘shtidan turli xil taomlar tayyorlab sotayotgan oshxonalarni aniqlab, ayrim maʼlumotlarni to‘pladi, masala yuzasidan masʼullardan izoh oldi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
  • 😭 32
  • 😐 15
  • 🤯 12
  • ❤ 10
  • 👍 3
  • 🔥 2
  • 🤔 1
Post #100062 10.4K
Pensiya hisoblashda olinadigan ish haqi davrini 5 yildan 20 yilga uzaytirish taklif qilindi. Bu nimani anglatadi?

Pensiya islohoti loyihasiga ko‘ra, pensiya tayinlashda hisobga olinadigan ish haqi davrini bosqichma-bosqich kengaytirish taklif etilmoqda. Pensiya jamg‘armasi mutaxassislari Kun.uzʼga bergan intervyusida bu o‘zgarish fuqarolarning mehnat faoliyatidagi yuqoriroq daromad olgan davrlarini ham pensiya hisob-kitobiga kiritish imkonini berishini ta’kidladi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
  • 😁 19
  • ❤ 9
  • 😭 7
  • 👍 4
  • 🤯 3
  • 👏 2
Post #100061 10.5K
Dubaydan qariyb 1,3 mlrd soʻmlik tilla buyumlarni olib kirishga uringan shaxs ushlandi

Dubaydan Toshkentga kelgan fuqaroning yukidan deklaratsiyada koʻrsatilmagan 141 dona zargarlik buyumi va uchta oltin quymasi topildi. Ularning jami ogʻirligi 921,37 gramm, qiymati 1,293 mlrd soʻmga baholangan. Shuningdek, aksiz markasi boʻlmagan tamaki va snyus ham aniqlangan.

👉 https://kun.uz/uz/54372096

Kun.uz rasmiy kanali
  • ❤ 8
  • 🤯 3
  • 🔥 2
  • 😁 1
Post #100060 10.8K
Rossiya osmonini qoplagan dronlar va AQSHda boshlangan BMT haftaligi – kun dayjesti

• Rossiya kuchlari dam olish kunlari Ukraina tomonidan uchirilgan 1600 dan ortiq dronni tutib qoldi;

• Zelenskiyning aytishicha, Rossiyaga qarshi ilk marta «Pelikan» taktik raketasi ishlatilgan;

• Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasi haftaligi boshlanmoqda: 100dan ortiq davlat rahbarlari chiqish qiladi;

• Shimoliy Koreya yadroviy davlat maqomi «mutlaq» ekanini aytib, yana ballistik raketalarini sinadi;

• AQSH bosimi ostida qolayotgan Kanada Fransiya bilan aloqalarni mustahkamlashga kelishib oldi;

• Rossiya MSKning 21-sentyabr tongidagi hisob-kitoblariga ko‘ra, saylovlarda «Yedinaya Rossiya» yetakchilik qilmoqda.

👉 https://kun.uz/uz/05049376

Kun.uz rasmiy kanali
  • ❤ 15
  • 😁 1
Post #100059 10.9K
O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi

Karate bo‘yicha bahslarda -67 kg vazn toifasida ishtirok etgan Abdulvahob Rashidov finalda yaponiyalik Yugo Kozakidan ustun keldi va O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga dastlabki oltinni olib keldi.

Bungacha o‘zbekistonliklar karate va aralash jang san’atlari bo‘yicha bittadan kumush va bronza medallarga ega bo‘lib turgandi.

👉 https://kun.uz/uz/62787195

Kun.uz rasmiy kanali
  • 👍 46
  • ❤ 18
  • 🔥 6
  • 👏 4
  • 😭 1
Post #100058 11.4K
Тrampning 76 metrlik Zafar arkasi yangi bahslarga sabab bo‘ldi

AQSH prezidenti Donald Тramp Vashingtonda qurishni rejalashtirayotgan ulkan Zafar arkasidan harbiy obyekt sifatida ham foydalanish mumkinligini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, inshootda dronlar va o‘q-dorilar saqlanishi, zarurat tug‘ilganda esa snayperlar joylashtirilishi mumkin.

👉 https://kun.uz/uz/75831312

Kun.uz rasmiy kanali
  • 😁 28
  • ❤ 13
Post #100057 11.9K
Mourinio derbidan keyin shou uyushtirdi: u jurnalistlarga bahsli epizodlar fotosini ko‘rsatdi va hakamlarni ayovsiz tanqid qildi

«Real» bosh murabbiyi hisoblashicha, raqib birinchi bo‘limdayoq to‘qqiz kishi bo‘lib qolishi kerak edi.

👉 https://kun.uz/uz/34062398

Kun.uz rasmiy kanali
  • 👍 32
  • 😁 17
  • 🔥 4
  • ❤ 3
Post #100056 11.9K
Toshkentda bank omonati bilan bog‘liq yirik talon-torojlik holati fosh etildi

Tijorat banklaridan birining mas’ul shaxslari fuqaroning 500 ming dollarlik omonatidan 300 ming dollarni qalbaki hujjatlar orqali o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda.

Holat yuzasidan ikki modda bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

👉 https://kun.uz/uz/12471140

Kun.uz rasmiy kanali
  • 😐 14
  • ❤ 7
  • 😁 7
  • 🔥 3
  • 😭 2
  • 👍 1
Post #100055 11.9K
«Siti» yakkapeshqadamga aylandi, «Real» derbida yutqazdi

Abduqodir Husanov tushmagan o‘yinda «Manchester Siti» «Sanderlend»ga 5 ta gol urdi, ammo 3 ta o‘tkazib yubordi. «Shaharliklar» bu g‘alabadan keyin xalqaro tanaffusga turnir jadvali peshqadami sifatida yo‘l oldi. Madrid derbisi esa hakamlik mojarosiga aylandi.

Yakshanba oqshomida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat.

📹 👉 https://kun.uz/uz/61957822

Kun.uz rasmiy kanali
  • ❤ 7
  • 🔥 4
  • 🤯 3
  • 👍 2
Post #100054 12.3K
Namanganda talabalarga nisbatan talonchilik qilgan talabalar ushlandi

Namangan shahridagi texnikumning 7 nafar talabasi 4 nafar talabaning yonidagi pul, soat va telefonlarini zoʻrlik ishlatib olib qoʻyishgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 https://kun.uz/uz/50740691

Kun.uz rasmiy kanali
  • 👍 55
  • ❤ 11
  • 🔥 5
Post #100053 12.1K
Mers saylov natijalarini «halokat» deb atadi

Germaniyaning Meklenburg — Old Pomeraniya federal yeri va Berlin shahrida o‘tkazilgan saylovlar kansler Fridrix Mers boshchiligidagi Xristian-demokratik ittifoq uchun kutilganidan ham og‘ir yakunlandi.

XDI tarixda ilk bor federal yerlardan birining parlamentiga kira olmadi, biroq Mers iste’foga chiqish niyati yo‘qligini bildirdi.

👉 https://kun.uz/uz/35935948

Kun.uz rasmiy kanali
  • ❤ 7
  • 🤯 3
  • 😭 3
  • 👍 1
  • 🔥 1
Post #100052 13.7K
AQSHda «reperlar isyoni», husiychilar yana “trendda” – hafta dayjesti

🔘 Rossiyada urush davridagi ilk parlament saylovi o‘tkazilmoqda. Chegara hududlari va o‘zbekistonliklar yaxshi ko‘radigan Chechenistonda hududiy rahbarlar ham saylanadi.

🔘 Husiychilar “trendda”! Tramp va Netanyahu Eronda urush boshlaganining yettinchi oyiga kelib Tehron taʼsiridagi Yamandagi shialar guruhi dunyodagi eng muhim savdo yo‘laklaridan birini nazoratga oldi.

🔘 AQSHda «reperlar isyoni»! Amerikalik reper Amerikadagi konsertda Falastinni qo‘llab chiqqach, turnedan chetlashtirildi. Boshqa reperlar ham birdamlik o‘laroq guruhni tark etmoqda.

🔘 Tramp Rossiyaga qarshi «jahannam sanksiyalari»ni imzoladi. Endi Rossiyadan neft sotib olganlanga 100 foiz boj qo‘llanishi mumkin.

📹 BATAFSIL YOUTUBEDA KO‘RING
  • ❤ 23
  • 👍 4
Older posts →

About this channel

How can I read @kunuz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Kun.uz | Rasmiy kanal: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Kun.uz | Rasmiy kanal have?
Kun.uz | Rasmiy kanal (@kunuz) has 70.4K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Kun.uz | Rasmiy kanal know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →