“Cho‘ntagimga geroin solib qo‘yishdi” – Samarqandda Rossiya armiyasiga yollangan yigit sud zalidan qamoqqa olindi
Kattaqo‘rg‘onlik 27 yoshli yigit ishlash maqsadida Rossiyaga borib, narkojinoyatda ayblangan. Ammo u sudda narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanmaganini, cho‘ntagiga geroin solib qo‘yib, keyin go‘yoki uning yonidan giyohvand modda topilgani kabi hujjat qilishganini aytgan.
“12 yilga qamashdi. Ikki oy davom etgan qiynoqlardan so‘ng ayblovni tasdiqlashga majbur bo‘ldim. So‘ngra Ukrainaga qarshi urushda qatnashsam Rossiya fuqaroligini berishlarini va jazodan ozod qilishlarini aytishdi”, degan yigit.
Urushda Ukraina harbiylarining dron orqali hujumidan og‘ir yaralgan yigit harbiy gospitalga tushgan. So‘ngra u yerdan qochib, O‘zbekistonga qaytgan.
👉 https://kun.uz/kr/01593772
Kun.uz rasmiy kanali
Post #100070
12.6K

- 🤯 39
- 😭 27
- ❤ 8
- 😁 1