Sevganining yoniga borish uchun qo‘shnisining mashinasini minib ketgan yigit 6 yilga qamaldi
Qiziltepalik 22 yoshli yigit Qarshi davlat texnika universitetining 4-bosqich talabasi bo‘lgan. U tunda yaxshi ko‘rgan qizining yoniga borish uchun qo‘shnisining Nexia mashinasini ruxsatsiz haydab ketgan.
“Mashinamni u minib ketganini bilganimda "102" qilmasdim”, degan Nexia egasi sudda. Chunki, yigit avvaldan mashinani egasining ruxsati bilan mahalla ichida boshqarib yurgan. Hatto qo‘shni erkak ishonib, mashinasining ikkinchi kalitini unga berib qo‘ygan.
Sud hay’ati yigitni “jamiyatdan ajratmagan holda axloqan tuzatish mumkin emas”, degan qat’iy xulosaga kelgan hamda “jazo tayinlashda adolat, insonparvarlik, qonuniylik tamoyillariga rioya qilib”, 6 yil ozodlikdan mahrum qilgan.
👉 https://kun.uz/uz/53596600
Kun.uz rasmiy kanali
Post #100490
13.9K

- 😁 64
- 😐 52
- 😭 20
- ❤ 13
- 🤯 12
- 🤔 7
- 👏 5