TGViewer
Channel Public Channel
O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi

O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi

@kazan_mfa

✍️мурожаат учун: @kazan_mfa_uz
✍️по всем вопросам: @kazan_mfa_uz
Subscribers
2.53K
Photos
141
Videos
31
Links
67
Recent Posts 11 shown
Post #303 987

Forwarded from 🇺🇿 TIV matbuot kotibi

🇺🇿 Vatanga qaytish guvohnomalarini rasmiylashtirish tartibi qanday?

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Vatanga qaytish sertifikatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha konsullik xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

Mazkur xizmat xorijda bo‘lib turgan fuqarolarimizning O‘zbekistonga qaytishiga ko‘maklashishga qaratilgan.

Ushbu lavhada batafsil bilib oling!

@TIVmatbuot
  • 👍 4
  • ❤ 2
  • 💯 1
Post #302 1.1K
Ҳурматли фуқаролар! Бош консулхона иловада маълумотлари кўрсатилган фуқароларнинг хорижга чиқиш биометрик паспортлари тайёр эканлигини маълум қилади.

Тайёр бўлган ҳужжатлар Бош консулхонанинг фуқароларни қабул қилиш вақти (душанбадан жумагача соат 10:00 дан 17:00 гача, 13:00 дан 14:00 гача тушлик) мобайнида берилади.

Маълумот учун алоқа рақамлари: +7-843 526-55-63
  • ❤ 5
  • 🔥 3
  • 🎉 2
  • ❤‍🔥 1
Post #301 1.05K

Forwarded from 🇺🇿 TIV matbuot kotibi

Soʻnggi jabrlangan yurtdoshimiz Vatanga eson-omon qaytarildi

Oʻzbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi samolyotida joriy yilning avgust oyida Nijnekamsk shahrida sodir boʻlgan fojiali voqealar chogʻida jabrlangan fuqarolar orasidan respublikamizning soʻnggi fuqarosi Vatanga tibbiy repatriatsiya qilindi.

2001-yilda tugʻilgan fuqaro S.A.S. dastlab Nijnekamsk shahridagi Markaziy shifoxonaning jonlantirish boʻlimida davolangan. Keyinchalik Tatariston mahalliy hokimlik organlarining koʻmagida vertolyotda Qozon shahridagi ixtisoslashtirilgan shifoxonaga olib kelinib, davolanishni davom ettirgan hamda ikki murakkab jarrohlik amaliyotini boshidan kechirgan.

Oʻzbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi tomonidan vatandoshimizni keyinchalik Vatanga evakuatsiya qilish maqsadida zarur reabilitatsiya jarayonlari va chora-tadbirlar tashkil etildi. Unga konsullik-huquqiy va amaliy yordam koʻrsatilib, Vatanga qaytarish bilan bogʻliq barcha zarur tartib-taomillar yakunlandi.

Oʻzbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi vakolatxonasi va Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan samarali chora-tadbirlar natijasida jabrlangan Oʻzbekiston Respublikasining soʻnggi fuqarosi “Qozon–Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha Vatanimizda davolanishni davom ettirish uchun eson-omon qaytarildi.

@TIVmatbuot
  • 👍 10
  • ❤ 5
  • 🙏 1
Post #299 936

Forwarded from 🇺🇿 TIV matbuot kotibi

Oʻzbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan uzoq vaqt davomida olib borilgan maqsadli muzokaralar natijasida Rossiyaning Volgaboʻyi federal okrugi hududidagi Mordoviya Respublikasi va Samara viloyatidagi jazoni ijro etish muassasalarida jazo oʻtayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan ayollarning voyaga yetmagan farzandlarini Vatanga qaytarish jarayoni muvaffaqiyatli yakunlandi.

Oʻzbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari tomonidan amalga oshirilgan konsullik-huquqiy tadbirlar doirasida voyaga yetmagan bolalarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi, Vatanida qarindoshlari mavjudligi va ularni qaytarish uchun zarur boʻlgan boshqa masalalar oʻrganib chiqildi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasining vakolatli idoralariga tegishli hujjatlar taqdim etilib, zarur tartib-taomillar amalga oshirildi.

Natijada Mordoviya Respublikasidagi jazoni ijro etish muassasasi hududida joylashgan bolalar uyidan voyaga yetmagan bolalar Bosh konsulxona diplomatlari hamda Oʻzbekistondan safarbar etilgan Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamrohligida eson-omon qabul qilib olindi va Vatanga qaytarish jarayoni taʼminlandi.

Alohida taʼkidlash joizki, Bosh konsulxona tomonidan Rossiya Federatsiyasidagi jazoni ijro etish muassasalari hududida joylashgan bolalar uylarida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolarining voyaga yetmagan farzandlarini repatriatsiya qilish boʻyicha tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Ushbu saʼy-harakatlar natijasida yosh fuqarolarimiz bosqichma-bosqich Vatanga qaytarilmoqda.

@TIVmatbuot
  • ❤ 7
  • 🙏 4
  • 👍 3
  • 🔥 1
Post #294 1.99K
⚠️ Ҳурматли фуқаролар!

БПЛА (дрон) ҳужуми пайтида ҳаракат қилиш ва хавфсизлик чораларига риоя этиш бўйича йўриқнома илова қилинмоқда.
Ўзингиз ва яқинларингизни асранг!
Маълумот учун алоқа рақами:
+7-843 526-55-63

⚠️ Уважаемые граждане!
Прилагаем инструкцию о порядке действий и мерах безопасности при атаке БПЛА (дронов).
Берегите себя и своих близких!
  • ❤ 4
  • 👍 2
  • 👏 1
Post #293 2.35K
Ҳурматли фуқаролар! Бош консулхона иловада маълумотлари кўрсатилган фуқароларнинг хорижга чиқиш биометрик паспортлари тайёр эканлигини маълум қилади.

Тайёр бўлган ҳужжатлар Бош консулхонанинг фуқароларни қабул қилиш вақти (душанбадан жумагача соат 10:00 дан 17:00 гача, 13:00 дан 14:00 гача тушлик) мобайнида берилади.

Маълумот учун алоқа рақамлари: +7-843 526-55-63
  • ❤ 4
  • 👍 4
  • 🔥 3
  • 😁 1
Post #291
O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi pinned «Ўзбекистон Республикасининг Қозон шаҳридаги Бош консулхонаси хабари   Жорий йилнинг 10 август куни Татаристон Республикасининг Нижнекамск шаҳрида жойлашган қатор объектларга учувчисиз учиш аппаратлари орқали ҳужум содир этилган. Татаристон Республикасининг…»
Post #284 2.73K

Forwarded from Консульский отдел Посольства Узбекистана в РФ

⚠️ Ҳурматли фуқаролар!

БПЛА (дрон) ҳужуми пайтида ҳаракат қилиш ва хавфсизлик чораларига риоя этиш бўйича йўриқнома илова қилинмоқда.
Ўзингиз ва яқинларингизни асранг!


⚠️ Уважаемые граждане!
Прилагаем инструкцию о порядке действий и мерах безопасности при атаке БПЛА (дронов).
Берегите себя и своих близких!
  • 🙏 5
  • 👍 3
Post #283 8.56K
Ўзбекистон Республикасининг Қозон шаҳридаги Бош консулхонаси хабари
 
Жорий йилнинг 10 август куни Татаристон Республикасининг Нижнекамск шаҳрида жойлашган қатор объектларга учувчисиз учиш аппаратлари орқали ҳужум содир этилган.
Татаристон Республикасининг ҳуқуқни муҳофаза қилувчи идоралари маълумотига кўра, ҳодиса оқибатида 13 киши ҳалок бўлган, 39 киши турли даражада жароҳат олган.
Мазкур мудҳиш воқеа оқибатида, афсуски, Ўзбекистон Республикасининг 7 нафар фуқароси (А.Д.К., У.С.А., Б.О.М., А.Р.Э., Х.Д.Р., Х.Ф.Ф. ва И.Д.Ф.) ҳалок бўлган.
Бош консулхона ҳалок бўлган фуқароларнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдиради.
Ҳозирда мазкур ҳолат Бош консулхона томонидан назоратга олинган. Ҳодисага аниқлик киритиш мақсадида маҳаллий масъул ваколатли идоралар ва тергов органлари билан зарур алоқалар ўрнатилган.
Вафот этган фуқароларнинг жасадларини суд-тиббий экспертиза ва зарур расмий жараёнлар якунланганидан сўнг Ватанга қайтариш бўйича тегишли ишлар амалга оширилишини маълум қиламиз.
 
  • 💔 105
  • 🙏 23
  • 🕊 23
  • ❤ 12
  • ⚡ 1
Older posts →

About this channel

How can I read @kazan_mfa without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi have?
O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi (@kazan_mfa) has 2.53K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →