TGViewer
O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi @kazan_mfa · 2.53K subscribers
Post #301 1.06K

Forwarded from 🇺🇿 TIV matbuot kotibi

Soʻnggi jabrlangan yurtdoshimiz Vatanga eson-omon qaytarildi

Oʻzbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi samolyotida joriy yilning avgust oyida Nijnekamsk shahrida sodir boʻlgan fojiali voqealar chogʻida jabrlangan fuqarolar orasidan respublikamizning soʻnggi fuqarosi Vatanga tibbiy repatriatsiya qilindi.

2001-yilda tugʻilgan fuqaro S.A.S. dastlab Nijnekamsk shahridagi Markaziy shifoxonaning jonlantirish boʻlimida davolangan. Keyinchalik Tatariston mahalliy hokimlik organlarining koʻmagida vertolyotda Qozon shahridagi ixtisoslashtirilgan shifoxonaga olib kelinib, davolanishni davom ettirgan hamda ikki murakkab jarrohlik amaliyotini boshidan kechirgan.

Oʻzbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi tomonidan vatandoshimizni keyinchalik Vatanga evakuatsiya qilish maqsadida zarur reabilitatsiya jarayonlari va chora-tadbirlar tashkil etildi. Unga konsullik-huquqiy va amaliy yordam koʻrsatilib, Vatanga qaytarish bilan bogʻliq barcha zarur tartib-taomillar yakunlandi.

Oʻzbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi vakolatxonasi va Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan samarali chora-tadbirlar natijasida jabrlangan Oʻzbekiston Respublikasining soʻnggi fuqarosi “Qozon–Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha Vatanimizda davolanishni davom ettirish uchun eson-omon qaytarildi.

@TIVmatbuot
  • 👍 10
  • ❤ 5
  • 🙏 1
More from @kazan_mfa
  1. Sep 17, 2026🇺🇿 Vatanga qaytish guvohnomalarini rasmiylashtirish tartibi qanday? O‘zbekiston Respubli…
  2. Sep 15, 2026Ҳурматли фуқаролар! Бош консулхона иловада маълумотлари кўрсатилган фуқароларнинг хорижга…
  3. Sep 14, 2026Oʻzbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan uzoq vaqt davomi…
  4. Sep 13, 2026Rossiyada jazo o‘tayotgan vatandoshlarning voyaga yetmagan uch farzandi O‘zbekistonga qayt…
  5. Aug 28, 2026⚠️ Ҳурматли фуқаролар! БПЛА (дрон) ҳужуми пайтида ҳаракат қилиш ва хавфсизлик чораларига р…
  6. Aug 19, 2026Ҳурматли фуқаролар! Бош консулхона иловада маълумотлари кўрсатилган фуқароларнинг хорижга…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →