TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7466 14.6K
#operatsion_tizim

🖥 Ekran ortida g‘oyib bo‘lgan oynani ko‘rinadigan joyga olib chiqamiz

Odatda bizning barcha ochilib turgan oynalarimiz qarshimizda yoki vazifalar paneliga tushirilgan holida joylashgan bo‘ladi. Ammo Windows – sirli narsa bo‘lib, u ham kamchiliklardan holi emas, ba’zida unda ham sodir bo‘lishi lozim bo‘lmagan vaziyatlar yuzaga keladi.

Juda kam hollarda ochilgan oynalar ko‘rinib turgan ekran doirasidan tashqarida joylashib qoladi yoki ba’zi hollarda oyna shu qadar chetga suriladiki, uni u yerdan sichqoncha yordamida qayta tortib, ko‘rinadigan joyga chiqarishning imkoni bo‘lmaydi. E’tiboringizga Windows'da berkinib qolgan oyna bilan bog‘liq muammoni hal qilishga doir bir nechta usulni keltirib o‘tamiz.

1️⃣. Oynani butun ekranga yoyish (Развернуть окно). Sichqoncha kursorini ochilgan dastur yoki oynaning vazifalar panelidagi belgisi ustiga olib boring – oyna prevyusi yuzaga keladi. Belgi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochilgan kontekstli menyudan “Развернуть” bandini tanlang. Tayyor.

2️⃣. Oynalarni kaskad bo‘yicha joylashtirish (Расположить окна каскадом). Vazifalar panelining bo‘sh joyiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochilgan kontekstli menyudan “Расположить окна каскадом” bandini tanlang. Barcha ochilib turgan dasturlar va oynalar ustma-ust ko‘rinishda ekranda taxlanadi va ularni saralash mumkin bo‘ladi.

3️⃣. Qaynoq klavishlardan foydalanish. ALT + TAB klavishlari birikmasini bosing va ALT'ni qo‘yib yubormagan holda TAB klavishini bosish yordamida kerakli oynani tanlang. So‘ngra oynani ekranning chap yarmiga joylashtirish uchun WIN + ← klavishlari birikmasini bosing. Bunday hotkey'lar haqida batafsil ushbu postimizda so‘z yuritganmiz.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10'da bir nechta oynalar bilan ishlash
• Windows'da ekranni qaynoq klavishlar yordamida ikkiga ajratamiz
• Windows 10'da oyna elementlarini boshqarish uchun foydali klavishlar birikmalari
• Windows'ning vazifalar panelidagi oynalar prevyusini kattalashtiramiz
• Faol oynadan tashqari qolgan barchasini vazifalar paneli (Панель задач)ga tushirish
• Ekrandagi ochilib turgan ilova/o‘yin oynasini bir zumda berkitamiz
• Faqat faol turgan oynani ekranda qoldirish
• Windows 10’da barcha oynalarni pastga tushirish va joyiga qaytarish
• Ekranda ochilib turgan hujjat oynalari o‘rtasida tezkor o‘tish
• Windows 10'da sichqoncha kursori ko‘rinishini o‘zgartirish
Dasturlar:
• Icecream Screen Recorder Pro
• Movavi Screen Recorder
• TechSmith SnagIt
• Bandicam
• FastStone Capture
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 10
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →