TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #6915 4.49K
#bilasizmi #operatsion_tizim #maslahat

↔️ Windows'da ekranni qaynoq klavishlar yordamida ikkiga ajratamiz

Kompyuterdan foydalanuvchilarga tanish bir muammo bor: ba’zida bitta ekranning o‘zi kamlik qiladi: ikki va undan ortiq sonli qo‘shimcha oynalar ochib ishlashga to‘g‘ri keladi. Har bir oyna o‘lchamini qo‘lda sozlab chiqish, sichqoncha yordamida bir-biriga moslashtirish... Yoqimsiz jarayon. Bundan qutulishning juda oson yo‘li bor.

Windows operatsion tizimida ochilgan oynani ekranning kerakli qismida joylashtirib beruvchi Snap funksiyasi bor. U oynaning eni va bo‘yini avtomatik ravishda to‘g‘rilab beradi. Keling, buni parallel ishlab turgan va siz bir paytda ko‘rishni xohlagan brauzer va Word hujjati misolida ko‘rib o‘tamiz.

Birinchidan, brauzer oynasiga o‘tib, ushbu klavishlar birikmasi: WIN + ← (chapga yo‘naltirilgan strelka)ni bosing. Windows avtomatik ravishda brauzer oynasi enini qoq yarmiga o‘zgartirib, uni ekranning chap qismiga suradi.

Ikkinchidan, o‘zingizga kerakli yana bir oynani tanlaysiz (bizning misolda bu Word hujjati) va WIN + → (o‘ngga yo‘naltirilgan strelka)ni bir paytda bosasiz. Shundan so‘ng yuqoridagi kabi o‘zgarishga uchragan Word hujjati brauzerning o‘ng tomonidan o‘rin oladi.

Oynalar kengligini esa xuddi planshetlardagi singari, umumiy chegarani harakatlantirish orqali keraklicha ko‘rinishga keltirish mumkin.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →