↕️ Windows'ning vazifalar panelidagi oynalar prevyusini kattalashtiramiz
Windows'ning vazifalar panelidagi ishga tushirilgan dasturning belgisi ustiga sichqonchani olib borganingizda – oynaning prevyusi, ya’ni uning kichiklashtirilgan ko‘rinishi paydo bo‘ladi. Qoida bo‘yicha u unchalik katta emas.
Oynaning prevyusini kattalashtirish uchun WIN + R klavishlari birikmasini bosing va ochiluvchi “Выполнить” oynasida
regedit buyrug‘ini kiritib, ENTER klavishi yoki oynachadagi “OK” tugmasini bosish orqali “Редактора реестра”ni ishga tushiring.Ochilgan oynaning chapki kichikroq panelida quyidagi yo‘nalish bo‘ylab ketma-ketlikda o‘ting, yoki ushbu matnni nusxalab olib, oynaning manzil satridagi mavjud matnni to‘liq belgilagan holda, ustidan joylashtiring
(СTRL + V):HKEY_CURRENT_USER\SOFTWARE\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Explorer\Taskband.Oynaning asosiy o‘ng qismining bo‘sh joyida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va Создать → 32 bitlik DWORD parametri'ni yarating. Uni MinThumbSizePx deb nomlang. Ustiga ikki marta bosgan holda unga o‘nlik sanoq tizimida 500 ga qadar, masalan, 400 qiymatini bering.
So‘ngra Диспетчер задач'ni ekranga chaqirish uchun
CTRL + SHIFT + ESC birikmasini bosing. Jarayonlar ro‘yxatidan Проводник (Windows Explorer)ni topib belgilang va oynaning pastki o‘ng burchagidagi Перезагрузить tugmasini bosing va natijani kuzating. Yaratilgan parametrning qiymatini o‘zgartirgan holda prevyu uchun optimal o‘lchamni tanlang.📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows reyestri bilan bog‘liq mavzular ro‘yxati ulashilgan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija