TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5711 11.1K
#operatsion_tizim #security

🚫 Windows 10'da tashqi saqlash qurilmalaridan foydalanishni cheklash

Foydalanuvchi USB-razyomiga yangi qurilmani ulaganida, Windows avtomatik ravishda uni aniqlaydi va mos keluvchi drayverni o‘rnatadi, shundan keyin qurilma darhol foydalanish uchun tayyor holatga keladi.

Bu juda qulay, biroq korporativ kompyuterlarda tashqi saqlash qurilmalarini ulashdagi ushbu qulaylik xavfsizlik va maxfiylikka nisbatan tahdid solishi mumkin.

Agarda sizda ShK'ga tashqi saqlash qurilmalarini ulash imkoniyatini cheklash zarurati bo‘sa, u holda WIN + R birikmasi yordamida “Выполнить” oynasini ekranga chaqirib, unga gpedit.msc buyrug‘ini kiritgan holda ENTER klavishini bosing, bu “Редактор локальной групповой политики” (Lokal guruh siyosati muharriri) oynasini ochish uchun xizmat qiladi.

Oynaning chapki panelida Конфигурация компьютера - Административные шаблоны - Система - Доступ к съёмным запоминающим устройствам yo‘nalishi bo‘ylab o‘ting. So‘nggi bo‘limda u yoki bu turdagi tashuvchi qurilmani bloklash imkonini beruvchi 20 ga yaqin siyosat mavjud.

Agarda barcha turdagi saqlash qurilmalarining ulanishini cheklash lozim bo‘lsa, u holda Съемные запоминающие устройства всех классов bandi ustiga sichqonchaning chap tugmasi bilan ikki marta bosib, ochilgan navbatdagi oynada Включено bandi tanlanadi.

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• O‘z kompyuterimizda USB portlarni bloklash
• Windows reyestrida USB fleshkalar haqidagi ma’lumotlarni tozalash
• Windows 10'ni o‘rnatish uchun PowerShell yordamida yuklanuvchi fleshkani yaratish
• Windows’ni o‘rnatmasdan turib fleshkadan ishga tushirish
• USB Safely Remove dasturi
• USB-fleshkani kompyuterdan qanday chiqarib olish kerak?
• Layfxak: USB-kabel va fleshkani bir urinishdayoq to‘g‘ri kiritishni o‘rganamiz!
• USB standartlari va ulardagi ma’lumot almashish tezliklari
• Avtomobilda smartfonni zaryadlash uchun xizmat qiluvchi kabelning ko‘p joy egallamasligi uchun layfxak
• Android smartfoniga periferik qurilmalar qanday ulanadi?
• Kompyuterni Android-qurilma orqali internetga ulaymiz
• Har qanday Windows o‘rnatilgan kompyuterda Android telefoni ekranini aks ettirish va boshqarish
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →