TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #3880 11.3K
#maslahat #operatsion_tizim #hardware

Layfxak: USB-kabel va fleshkani bir urinishdayoq to‘g‘ri kiritishni o‘rganamiz! ✅

Bugungi kunda turli gadjetlarda asosiy portlardan biri bo‘lgan USB tirqishi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda bo‘lgani bilan, USB Type-C kabi simmetrik emas. Unga kabelni yoki fleshkani ulayotib, siz ham aksariyat hollarda adashib teskari tiqishga urinasiz-a?

USB standartining yaratuvchilaridan biri Ajay Bhatt ham tirqishni nosimmetrik qilish yechimini ahmoqona, deb atagan. Lekin o‘shanda bu – iqtisodiy jihatdan eng maqbul yo‘l bo‘lgan. Zero, simmetrik, ya’ni ikki tomonidan ham bir xil ishlaydigan bo‘lishi uchun ko‘proq simlar va mikrosxemlar talab etilar, bu esa ishlab chiqarishda qimmatga tushar edi.

Xo‘sh, fleshka yoki kabelni USB-tirqishga to‘g‘ri kiritishning eng sodda usulini bilib qo‘yishga nima deysiz?

Buning uchun fleshkani yoki kabel boshchasini qo‘lingizga olib qarasangiz, har ikki tomonida bir xilda – ikkitadan kvadrat teshikchalarni ko‘rasiz. Bir tarafidagi juft teshikchadan uning ichidagi plastikni, ikkinchi tarafida esa – ichidagi kontaktlarni ko‘rish mumkin. USB ichidagi plastik har xil rangda bo‘lishi mumkin, ko‘pincha qora, oq yoki ko‘k ranglarni ishlatishadi.

Kompyuter va boshqa qurilmalardagi USB-tirqishlar shunday o‘rnatilganki, unga kiritiladigan fleshka (yoki kabel) USB-ulagichida o‘sha bir juft teshikchadan plastik emas, aynan kontaktlar ko‘rinadigan tomoni yuqoriga qilib tiqiladi. Ayni shu tomoni fleshkaning “old” tomoni hisoblanib, unga ishlab chiqaruvchi logotipi tushirilgan bo‘ladi. Kabel boshchasining esa shu tomonida USB belgisi ham mavjud.

Agarda kompyuterda USB-tirqish tikka holatda o‘rnatilgan bo‘lsa ham shu tamoyilga asoslanasiz: USB-ulagichining “old” tomonini yuqoriga qaratgan holda ushlab, soat mili yo‘nalishida 90 darajada aylantirasiz.

Agar USB-boshchaning “old” tomonini farqlashga odatlansangiz, yuqoridagi layfxak orqali uni doim birinchi urinishdayoq to‘g‘ri kiritadigan bo‘lasiz.

📌 P.S.: USB fleshkalarni kompyuterga ulash bo‘yicha kanaldagi so‘rovnoma.

📝 DiMaX @terabaytuz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 2
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →