TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5016 12.2K
#operatsion_tizim

Windows 10'ni o‘rnatish uchun PowerShell yordamida yuklanuvchi fleshkani yaratish 🖥|💻

Windows'ni o‘rnatishga qaror qilganimizda, ushbu operatsion tizimning muayyan versiyasi asosida yuklanuvchi fleshkani yaratishimizga to‘g‘ri keladi.

Bundan ilgari biz operatsion tizim tarkibida keluvchi Buyruq satri (Командная строка), Rufus yoki UltraISO dasturlari orqali yuklanuvchi (operatsion tizimni o‘rnatish uchun xizmat qiluvchi) fleshkani yaratishni ko‘rib o‘tgandik. Bugun tizimga o‘rnatilgan PowerShell konsoli yordamida shunday fleshkani yaratish usuli bilan tanishamiz.

Boshlanishiga Windows diskining ISO-obrazini yuklab oling va hajmi 8 Gb'dan kam bo‘lmagan USB-saqlash qurilmasini kompyuterga ulang. Пуск menyusining qidiruv satriga powershell so‘zini kiriting va natija panelida odatda birinchi turuvchi PowerShell konsol dasturi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib Запуск от имени администратора'ni tanlang.

So‘ngra ochilgan konsol dasturi oynasiga ushbu buyruqlarni kiriting:

1️⃣. $Results = Get-Disk | Where-Object BusType -eq USB | Out-GridView -Title 'Select USB Drive to Format' -OutputMode Single | Clear-Disk -RemoveData -RemoveOEM -Confirm:$false -PassThru | New-Partition -UseMaximumSize -IsActive -AssignDriveLetter | Format-Volume -FileSystem FAT32.

2️⃣. Ulangan qurilmani formatlash uchun tanlang. OK tugmasini bosing, fleshkangiz FAT32 fayl tizimiga formatlanadi.

3️⃣. Windows disk obrazini virtual qurilmaga ulang. ISO kengaytmasi bilan tugaydigan ushbu fayl Windows 10'da odatda ustiga ikki marta bosilganida alohida virtual diskovodga ulanadi. Foydalanib bo‘lib uni ham haqiqiy disk o‘quvchi qurilmalar bilan bo‘lgandagi kabi Извлечь qilish mumkin.

❗️Windows 7'da fayl ustiga ikki marta bosib virtual diskka ulash imkoniyati qoida bo‘yicha mavjud emas, bu uchun UltraISO, Daemon Tools va shu kabi boshqa dasturlar alohida o‘rnatiladi.

4️⃣. Set-Location -Path "$($ISO):\boot"
bootsect.exe /nt60 "$($Results.DriveLetter):"
Copy-Item -Path "$($ISO):\*" -Destination "($Results.DriveLetter):" -Recurse -Verbose

✅ Fayllarning nusxalanish jarayoni yakunlanishini kuting. Fleshkangiz Windows'ni o‘rnatish uchun tayyor!

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz ushbu ro‘yxatlarda: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 3
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →