ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan vakillari Princeville Capital hamkori Antoni Doe va Hypernova Capital asoschi hamkori Tugche Ergul bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazdi.
💼 Muzokaralarda O‘zbekiston startaplari uchun erta bosqichdan growth-stage’gacha bo‘lgan investitsiya imkoniyatlari, mahalliy venchur fondlari bilan ko-investment mexanizmlari, xalqaro investorlar tarmog‘iga chiqish va texnologik kompaniyalarni yangi bozorlarga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.
Princeville Capital bilan, xususan, O‘zbekistondagi AI yo‘nalishidagi istiqbolli startaplar oqimini shakllantirish, ularni fondning investitsiya oqimiga olib kirish va keyingi bosqichlarda xalqaro investorlar bilan bog‘lash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
🌱 Hypernova Capital bilan esa Osiyodagi LP investorlar kapitalini O‘zbekiston venchur ekotizimiga jalb qilish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar mahalliy venchur fondlarini xalqaro LP tarmog‘i bilan bog‘lash va O‘zbekistonni Osiyo kapitali uchun yanada jozibador investitsion yo‘nalishga aylantirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.
Tomonlar O‘zbekiston startaplarini Silikon vodiysi, Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyo investor hamda mentorlar tarmog‘i bilan bog‘lash, cross-border expansion’ni qo‘llab-quvvatlash va sanoat, AI, barqarorlik hamda raqamli transformatsiya yo‘nalishlaridagi loyihalarga kapital jalb qilish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqdi.
📈 Uchrashuv yakunida tomonlar AI-startaplar uchun xalqaro investitsiya oqimini kengaytirish, Osiyodagi LP kapitalini O‘zbekistonga jalb qilish hamda mahalliy venchur ekotizimini global investorlar tarmog‘i bilan yanada yaqinroq bog‘lash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website


