TGViewer
IT Park Uzbekistan IT Park Uzbekistan @itpark_uz · 17.6K subscribers
Post #21460 861

Forwarded from StartupBase

🇰🇷 IT Park Uzbekistan va KDDI Korea IT-mahsulotlar eksporti va O‘zbekistondagi faoliyatni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan va KDDI Korea Corporation vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar KDDI’ning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish, mahalliy bozorda ofis ochish, dasturiy mahsulotlarni sertifikatsiyadan o‘tkazish hamda IT-mahsulotlar eksportini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini muhokama qildi.

🏢 Uchrashuvda KDDI Korea’ning O‘zbekistonda ofis ochish imkoniyati ko‘rib chiqildi. Shuningdek, kompaniyaning dasturiy va texnologik mahsulotlarini mahalliy bozorda sertifikatsiyadan o‘tkazish tartibi, jumladan, zarur xavfsizlik va boshqa tegishli sertifikatlar bo‘yicha batafsil ma’lumot taqdim etildi.

Tomonlar Koreya kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirishda duch keladigan amaliy masalalar, mahalliy kompaniya tashkil etish, qo‘shma korxonalar yaratish, davlat xaridlarida ishtirok etish hamda IT Park tomonidan taqdim etilishi mumkin bo‘lgan qo‘llab-quvvatlash choralarini ham muhokama qildi.

🌏 Shuningdek, O‘zbekiston IT-mahsulotlarini Koreya bozoriga olib chiqishda hamkorlik qilish masalasi ko‘rib chiqildi. IT Park Uzbekistan KDDI’ning Yaponiyadagi bosh ofisi va Koreyadagi tarmog‘i orqali IT Park rezidentlari hamda mahalliy IT-mahsulotlarning Yaponiya va Koreya bozorlariga eksportini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini taklif etdi.

KDDI Korea KDDI Group’ning Janubiy Koreyadagi sho‘ba kompaniyasi bo‘lib, data center, cloud, IT-outsourcing, system integration, IoT, network infratuzilmasi va digital transformation yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi. KDDI Group’ning global tarmog‘i 190 dan ortiq mamlakatni qamrab oladi.


🤝 Tomonlar O‘zbekistonni KDDI uchun IT-outsourcing va global delivery markazi sifatida rivojlantirish, o‘zbekistonlik IT-mutaxassislarni xalqaro loyihalarga jalb qilish hamda Koreya va Yaponiya kompaniyalari bilan texnologik hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.

✨ #ICTWEEK2026 | 🧭 Startup Base bilan voqealar markazida bo‘ling.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • ❤ 1
More from @itpark_uz
  1. Sep 26, 2026✨ SaferZone O‘zbekistonni Markaziy Osiyo uchun kiberxavfsizlik xabi sifatida ko‘rib chiqmo…
  2. Sep 26, 2026🌐 Sirdaryoda BPO rivoji: yangi filiallar va yangi ish o‘rinlari Raqamli texnologiyalar va…
  3. Sep 26, 2026🎤 Pitch Point: startaplar va investorlar bir maydonda ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida…
  4. Sep 26, 2026✨ IT Park Uzbekistan va Hi-Tech Park Belarus hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi ICT…
  5. Sep 26, 2026✨ IT Park Uzbekistan va Telecontact biznesni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →